Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlari
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Nima uchun moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy elementlardan biri hisoblanadi? Moliyaviy siyosatning ta’rifini aytib bering. Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik qanday elementlardan tarkib topadi? Moliyaviy siyosatga oid uch mantiqiy xulosalarni tushuntirib bering. Moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan eng asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadi bo‘lib nimalar hisoblanadi? Korxona moliyaviy siyosatining maqsadini aytib bering. Moliyaviy siyosat nima orqali amalga oshiriladi va uning faoliyati qanday tamoyillar asosida tashkil etiladi? bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos bo‘lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YaIMni yaratishga, uni korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va YaIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular hududlar, tarmoqlar va aholining turli ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida davlat byudjeti o‘z ichiga quyidagilarni oladi: respublika byudjeti; Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar. O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi. Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida davlat byudjeti o‘z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak: daromadlar asosini mustahkamlash; byudjet daromadlari va xarajatlari ochiq va shaffof bo‘lishini ta’minlash; modernizatsiya qilish va zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish negizida davlat xarajatlari tarkibida iqtisodiyotni innovatsion usulda rivojlanish xarajatlariga ustuvorlik berish; soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘lish tartibini qayta ko‘rib chiqish negizida mahalliy byudjetlar daromad bazasini kengaytirish; byudjet defitsiti darajasini kamaytirish; 91
tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi; • moliyaviy vositachilar moliyasi; notijorat tashkilotlari moliyasi. Yuqorida keltirilganlarni chizmali ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin: 3.1.1-chizma. Moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlari
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik tamoyillarini aytib bering. Moliyaviy siyosatning natijaliligi qanday sabablarga bog‘liq? Moliyaviy siyosat, eng avvalo, nimaga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak va nima uchun? Moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari nimalar orqali namoyon bo‘ladi? Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo‘lgan A.Smit va D.Rikardolar moliyaviy siyosatga oid konsepsiyalarining mohiyatini tushuntirib bering. XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy konsepsiyasiga muvofiq moliyaviy siyosatning asosiy yo‘nalishlarini aytib bering. XX asrning 70-yillarida iqtisodiy nazariyaning neoklassik yo‘nalishi moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan qanday xususiyatlarini belgilab berdi? Sho‘rolar davlatida va sotsialistik orientatsiyada bo‘lgan mamlakatlarda moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan belgilari nimalardan iborat bo‘lgan? II jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining moliyaviy siyosatini tushuntirib bering. Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlashning negizida qanday prinsiplarning yotishi muhim ahamiyatga ega? Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlariga (yo‘nalishlariga) nimalar kiradi? Qanday besh yo‘nalishlarning yig‘indisi (majmui) davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida xizmat qiladigan moliyaviy siyosatni aniqlab beradi? Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida davlatning byudjet siyosati qanday aniqlanadi va uning mazmuni nimalardan iborat? Zamonaviy moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bo‘lgan. Bu munosabatlar nimalardan tashkil topadi? Moliyaviy siyosatning yo‘nalishlaridan yana biri bo‘lgan pul siyosatining o‘ziga xos bo‘lgan xarakterli xususiyatlarini tushuntirib bering. Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi bo‘lgan kredit siyosatining mazmunini va uning amalga oshirilish yo‘lini aytib bering. Amalga oshirilayotgan kredit siyosatiga muvofiq foiz stavkasi asossiz darajada yuqori bo‘lsa, u qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin? Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida davlatning baho siyosati nimalar orqali ifodalanadi? Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatning yo‘nalishlaridan biri sifatida qanday tadbirlar kompleksidan iborat bo‘lishi mumkin? Moliyaviy siyosatning yo‘nalishi sifatida ijtimoiy siyosat yana siyosatning qanday ko‘rinishlarini o‘z ichiga oladi? Boj siyosatining mazmuni va uning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari nimalardan iborat? Sobiq Ittifoq moliyaviy siyosatning mohiyati nimada edi? O‘zbekistonda mustaqil moliyaviy tizimni tashkil etish qanday amalga oshirildi? Milliy valyutani muomalaga kiritish tarixini aytib bering. Valyuta konvertatsiyasining ilk va chegaralangan tartibi qanday amal qildi? “Yagona rubl hududi”ni tashkil etish g‘oyasi nega amalga oshmadi? 1993-1994-yillarda amalga oshirilgan milliy valyutani joriy etish qanday tashkil etilgan? 1992-2016-yillar mobaynida amal qilgan moliyaviy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering. 2003-2017-yillar davrida amal qilgan valyuta konvertatsiyasining yutuq va kamchiliklari nimalarda edi? “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da ishlab chiqilgan davlat moliyaviy siyosatning maqsadi va vazifalarini nimalar tashkil etadi? 2016-yildan boshlangan iqtisodiy taraqqiyotning yangi davrida moliyaviy siyosatning vazifalari va o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2017-yil 2 sentyabrda imzolagan “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmunini gapirib bering. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling