Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar


Download 1.86 Mb.
bet154/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
        1. Davlat byudjeti jarayoni tushunchasining ma’nosi nima?


        2. Davlat byudjeti jarayonining mazmuni qanday omillar bilan belgilanadi va ularning eng muhimlari qaysilar?


        3. Davlat byudjeti jarayoni davlat byudjeti faoliyatining qanday bosqichlarini qamrab oladi?


        4. Davlat byudjeti jarayonining oldiga qanday muhim vazifalar qo‘yiladi?


        5. Umumiy tarzda, davlat byudjeti jarayonining ishtirokchilari kimlar (qanday subyektlar) hisoblanadi?


        6. Davlat byudjeti jarayonini tashkil etishda qanday prinsiplarga rioya qilinadi?


        7. Davlat byudjeti so‘rovining tarkibini aytib bering.


        8. Davlat byudjeti loyihasini tuzish jarayonida qanday masalalar yechiladi yoki ularga aniqlik kiritiladi?


        9. Davlat byudjeti loyihasini tuzishda qanday maqsadlar kun tartibiga qo‘yiladi?


        10. Davlat byudjeti loyihasini tuzishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga qanday organlarga davlat byudjeti so‘rovini yuborishi kerak?


        11. O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi byudjet loyihasini tayyorlashning qanday muddatlarini belgilaydi?


        12. Kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan davlat byudjetining loyihasini kim tayyorlaydi va u qaysi muddatgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishi kerak?


        13. Kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan davlat davlat byudjeti loyihasi o‘z ichiga qanday ko‘rsatkichlarni oladi?


        14. Byudjetnoma loyihasini kim ishlab chiqadi va unda nimalar aks ettiriladi?


        15. Davlat byudjeti loyihasini tuzishda qanday holatlar hisobga olinadi?


        16. Davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqishda qanday metodlardan foydalaniladi?


        17. Davlat byudjetining loyihasi muhokama qilish (ko‘rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish) uchun qanday organga taqdim etiladi?


        18. Davlat byudjeti kim tomonidan qabul qilinadi?


        19. Davlat byudjetiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlari, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlari va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlari qanday organlar tomonidan qabul qilinadi?


        20. Davlat byudjeti qabul qilingandan so‘ng uning mablag‘lari byudjetdan mablag‘ oluvchilarga qanday tartibda va muddatlarda yetkazilishi kerak?


        21. Byudjetni ijro etish qachondan boshlanadi?


        22. Davlat byudjeti jarayonining bu bosqichi qanday vazifalarning bajarilishini qamrab oladi?


        23. Byudjetni ijro etishning muhim vazifasi ikki-yoqlamalik xarakteriga egaligi qanday holatlarda namoyon bo‘ladi?


        24. Davlat byudjetining ijrosini ta’minlashda qanday masalalarning hal etilishiga jiddiy e’tibor bermoq lozim?


        25. Davlat byudjeti ijrosiga oid bevosita ishlar qanday organlar tomonidan amalga oshiriladi?


        26. Davlat g‘aznachilik tizimi davlat byudjeti ijrosi bo‘yicha qanday vazifalarni amalga oshiradi?


        27. Davlat byudjetining daromadlar bo‘yicha ijro etilishining mazmuni nimada?


        28. Davlat byudjeti xarajatlarining ijrosi davomida sanksiyalashtirishning asosiy bosqichlarini aytib bering.


        29. Tayinlash sertifikati nima?


        30. Davlat byudjeti qabul qilinmagan davr ichida davlat xarajatlari qanday shartlarga rioya etilgan holda amalga oshirilishi mumkin?


        31. Davlat byudjetining ijrosi davomida byudjetdan ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirishlar kiritish tartiblari qanday?


        32. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat byudjeti ijrosining nazorat qilinishi davomida qanday ishlarni amalga oshiradilar?


        33. Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot o‘zida qanday ko‘rsatkich va xulosalarni ifoda etadi?


        34. Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni qachon taqdim etishi kerak?


        35. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan hamda mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni kimlarga taqdim etmoqlari lozim?


489
auditorlar yoki auditor firmalarni jalb etib, moliyaviy resurslardan qonunga mos ravishda foydalanilayotganligini tekshirish mumkin.



Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling