Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi


Download 1.86 Mb.
bet155/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

21.4. Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi
Bungacha ushbu jamg‘arma o‘z faoliyatini turli nomlarda (Davlat mulki jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi, Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar jamg‘armasi) o‘z faoliyatini amalga oshirib kelgan bo‘lib, dastavval 1992-yilda tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” gi 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmonini ijro etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 19-iyunida “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 391sonli Qarori qabul qilindi. Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar jamg‘armasi sifatida o‘z faoliyatini amalga oshirib kelgan. Yangi tashkil etilgan jamg‘armaning avvalgisidan tubdan farq qiladigan jihati shundan iboratki, Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar jamg‘armasining asosiy maqsadi xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni Davlat byudjeti daromadiga yo‘naltirish bo‘lgan, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari esa ustuvor ravishda xususiylashtirilgan korxonalarni amaliy qo‘llabquvvatlashga va investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etishga qaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladigan davlat
512
yo‘llari davlat Qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi va uning asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga o‘tkazildi), O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi va boshqalardan iborat.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari huquqiy maqomiga muvofiq ham klassifikatsiyalanadi. Odatda, ular federativ siyosiy tuzumga asoslangan davlatlarda 3 taga, unitar siyosiy tuzumga asoslangan mamlakatlarda esa 2 taga bo‘linadi. Jumladan, Federativ mamlakatlarda Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalar quyidagilardan iborat:
        1. Federal boshqaruv mulkida bo‘lgan Davlat jamg‘armalari;


        2. Federatsiya tarkibida bo‘lgan shtat, respublika, yer, kantonlar va boshqalar mulkidagi mintaqaviy jamg‘armalar;


        3. Mahalliy (munitsipal) boshqaruv va ixtiyorida bo‘lgan mahalliy ahamiyat kasb etuvchi jamg‘armalar.


Unitar siyosiy tuzumga asoslangan davlatlarda esa bu jamg‘armalar:


        1. respublika tasarrufida bo‘lgan jamg‘armalardan;


        2. mahalliy hokimiyat ixtiyorida va boshqaruvida bo‘lgan jamg‘armadan tashkil topadi.


Bundan tashqari dunyoning juda ko‘p davlatlarida idoralar, vazirliklar va yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlar ixtiyorida ham ko‘plab jamg‘armalar tashkil etilishi mumkin.


O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil etish va ularni davr talabidan kelib chiqqan holda davrga moslashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. 2002- moliya yiliga qadar bunday jamg‘armalarning alohida moliyaviy resurslarini shakllantirish va ulardan maqsadli yo‘nalishlarda foydalanish keng qo‘llanilib kelinar edi. Ammo ayrim byudjetdan tashqari jamg‘armalarda o‘z vaqtida va to‘liq moliyaviy resurslarni shakllantirmaslik, aholiga berilayotgan va tarqatilayotgan moliyaviy resurslarda kechikish, uzilish hollari tez-tez uchray boshladi.
Buning oldini olish maqsadida 2002-yildan boshlab umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ayrim davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufida bo‘lishi ma’qul deb topildi. Ammo shuni alohida qayd etish lozimki, ularning muxtoriyatliligi to‘liq saqlanib qolindi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida bir qator Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar:
        1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi;


        2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi;


        3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi;


        4. O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi;


        5. O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi;


        6. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat Qo‘mitasi ixtiyoridagi Respublika Yo‘l jamg‘armasi (ushbu jamg‘arma 2019yil 1- yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil yo‘llari davlat Qumitasi ixtiyoriga o‘tkazildi va uning asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga o‘tkazildi);


        7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiytexnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi (ushbu jamg‘arma 2019-yildan boshlab o‘z faoliyatini tugatdi).


        8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (ushbu jamg‘arma 2019-yildan boshlab o‘z faoliyatini tugatdi).


        9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi va boshqalar.


Mablag‘lari soliqlar, majburiy to‘lovlar va jarimalar, shuningdek byudjet transfertlaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamg‘armalari davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini sarflashning asosiy yo‘nalishlari:


        1. mehnat bozorini barqaror va balanslashgan holda rivojlantirish, aholi bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash;


        2. ishsizlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, ish topishda qiyinchiliklarga uchrayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobat qilaolmayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlarni amalga oshirish;


        3. ishsizlar va band bo‘lmagan aholiga, birinchi navbatda yoshlarga, ayollarga va nogironlarga kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha sifatli xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtirish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, mehnat bo‘yicha organlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.


O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tasarrufida bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘linmalari hamda ularning tumanlardagi mehnat bo‘limlari jamg‘armaning moliyaviy resurslarini to‘liq shakllanishi va maqsadli foydalanishi uchun javobgardirlar.


Ish beruvchilar tomonidan majburiy ajratmalarni to‘liq jamg‘arma daromadiga o‘tishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tasarrufida bo‘lgan bo‘linmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yuklatilgan.
Bandlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga topshirilgan. Zarurat tug‘ilganda, mustaqil
511

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling