Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Pensiya, nafaqa va to‘lov xarajatlarini moliyalashtirish tartibi
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
Pensiya, nafaqa va to‘lov xarajatlarini moliyalashtirish tartibi. Amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq Pensiya jamg‘armasi quyidagi yo‘nalishlarga xarajat qilinadi98.
ishlamaydigan fuqarolarga: davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari); qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun; ishlaydigan fuqarolarga: davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari); dafn marosimi uchun nafaqalar (ushbu nafaqalarni moliyalashtirish 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan amalga oshiriladi99); 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lovlar; qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar uchun sarflanadi. Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaning hududiy bo‘linmalari tomonidan G‘aznachilikning bo‘linmalarida hisob raqamlari ochiladi. Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari to‘lov to‘lanadigan har bir oyning 15-kunigacha ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar to‘lash uchun mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj hajmini belgilaydi hamda Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga buyurtmanoma taqdim etadi. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati Jamg‘arma xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda: joriy to‘lov oyining 15-kunigacha — o‘tgan oyning ehtiyoji hisob-kitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani; joriy to‘lov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi. Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘larni aloqa tashkilotlari va banklarning hisob raqamlariga o‘tkazadi. Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar, dafn marosimi uchun nafaqalar (mablag‘lari davlat byudjetidan qoplanadi), 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga qo‘shimcha dam olish kunlari uchun va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lashga mablag‘larni moliyalashtiradi. Jamg‘armaning hisob raqamlaridan mablag‘larni qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda o‘tkazish va vaqtincha olib qo‘yish taqiqlanadi. Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari har yili 15-iyundan kechikmay Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga joriy yil uchun xarajatlarning kutilayotgan ijrosini va kelgusi yilga Jamg‘arma xarajatlari prognozini taqdim etadi. Kelgusi yilga manbalar va foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozlari Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati tomonidan ishlab chiqiladi va Jamg‘armaning Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti belgilangan tartibda qabul qilingandan va kelgusi yilga uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati besh kun muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga — mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Jamg‘arma daromadlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini; Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlariga — turlar va mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Jamg‘arma xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini (yo‘nalishlarini) etkazadi. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlarini bajarish: yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar tushishining va yig‘ilishining to‘liqligi yuzasidan — davlat soliq xizmati organlari tomonidan; Jamg‘arma mablag‘larini belgilangan tartibda o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish, o‘z vaqtida tayinlash, to‘lash va manzilli ravishda sarflash, shuningdek Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish yuzasidan — Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi. Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga: 505 Uning daromadlari qanday manbalar hisobidan tashkil topadi? Jamg‘armada shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan qanday chora-tadbirlar moliyalashtiriladi? Jamg‘arma moliyaviy resurslarining to‘liq shakllanishi va maqsadli foydalanishi uchun qaysi organlar javobgar hisoblanadi? Ish beruvchilar tomonidan majburiy ajratmalarni to‘liq jamg‘arma daromadiga o‘tishini nazorat qilish kimlarning zimmasiga yuklatilgan? Jamg‘armaning asosiy maqsadi nimalardan iborat? Uning asosiy vazifalari qilib nimalar belgilangan? Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish qanday asosiy moliyaviy manbalar hisobidan vujudga keladi? Jamg‘arma mablag‘larini sarflash qanday yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi? Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasining asosiy maqsadi nimalardan iborat? Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari nimalardan iborat? Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlash qanday amalga oshiriladi? Respublika yo‘l jamg‘armasining faoliyatida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi? Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining asosiy vazifalari nimalardan iborat? Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining asosiy funksiyalari nimalardan iborat? Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari nimalardan iborat? Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat? “El-yurt umidi” jamg‘armasi qachon tashkil etildi? Jamg‘arma mablag‘lari qanday manbalar hisobiga shakllanadi? Jamg‘arma ta’limning qanday yo‘nalishlarini moliyalashtirishda ishtirok etadi? 2018-yilga nisbatan 2019-yilda jamg‘armaga necha foiz ortiq mablag‘ yo‘nalitirsh ko‘zda tutilgan? 528 maqsadli jamg‘armasi hisoblanilib, uning asosiy vazifasi mablag‘larni xususiylashtirilgan korxonalarni amaliy ravishda qo‘llab-quvvatlashga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga va tadbirkorlarning biznes yuritish asoslariga o‘qishini tashkil etishga yo‘naltirish hisoblanadi. Jamg‘armani boshqarish Davlat raqobat qo‘mitasining Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi, boshqarma Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari prognozini manbalar, hududlar va choraklar bo‘yicha tayyorlaydi, uning bajarilishini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi, shuningdek, Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va taqsimlanishi hisobini yuritadi qonunchilikda ko‘zda tutilgan xarajatlarni amalga oshiradi, Jamg‘arma byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzadi hamda Jamg‘arma byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling