Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar. Ushbu nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-aprel kuni qabul qilingan
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga asosan tayinlanadi. Nafaqa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek‚ O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi Nafaqa yoshga doir nafaqa, nogironlik nafaqasi (bolalikdan nogironlardan tashqari) hamda boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi bo‘yicha farqlanadi. Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo bo‘lgandan so‘ng biron-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin. Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Nafaqalarni tayinlash va to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Yoshga doir nafaqa ish stajiga ega bo‘lmagan, bugungi kunda 7 yildan kam ish staji mavjud bo‘lib, yoshga doir pensiya tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi. Yoshga doir nafaqa erkaklarga 65 yoshga yetganlarida, ayollarga — 60 yoshga yetganlarida tayinlanadi. Haq to‘lanadigan ish bajarayotgan yoki boshqa daromad manbaiga ega bo‘lgan (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) shaxslarga yoshga doir nafaqa tayinlanmaydi. Ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlari, qarindoshlari yoki O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashga majbur bo‘lgan boshqa shaxslar bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tekshirishda ish stajiga ega bo‘lmagan va yoshga doir nafaqa so‘rab murojaat etgan shaxsni ta’minlashga majbur bo‘lgan qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning moddiy nochorligi aniqlangan hollarda yoshga doir nafaqa yoshga doir nafaqa so‘rab murojaat qilgan shaxsga moddiy yordam bera olmaydigan qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bor bo‘lgan taqdirda ham yoshga doir nafaqa tayinlanishi mumkin. Nogironlik nafaqasi nogironlik sodir bo‘lgan hollarda, yoshidan qat’iy nazar, ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga tayinlanadi va to‘lanadi. Mehnat faoliyatiga layoqati cheklanganligi darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirish (mehnatga layoqati doimiy yoki uzoq muddat yo‘qotilganda) Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari yo‘llanmalari bo‘yicha tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Qabul qilingan xulosa asosida TMEK yetti kun muddatda tibbiy tekshirish dalolatnomasidan ko‘chirmani Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboradi. Ishlayotgan yoki hayot kechirishning boshqa manbalariga (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) ega bo‘lgan I guruh nogironlarga va II guruh nogironlarga nafaqa tayinlanmaydi. Nogironlik nafaqasi mehnatga layoqat yo‘qotilishining butun davri uchun tayinlanadi. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi. Davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi vafot etganning oila a’zolariga vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo‘lgan nafaqaga foiz nisbatida quyidagi miqdorlarda belgilanadi: oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga — nafaqaning 100 foizi; oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga — nafaqaning 75 foizi; oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga — nafaqaning 50 foizi. Agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfini oldini olish maqsadida ishdan chetlatilgan bo‘lsa nafaqa beriladi. Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalingan xodim davolanish qoidasini buzmagan holda boshqa ishni bajarish imkoniga ega bo‘lib, u tibbiy-maslahat komissiyasi (TMK) xulosasi (bunday komissiyalar bo‘lmagan joylarda esa davolovchi shifokorning, davolash muassasasining bosh shifokori tomonidan tasdiqlangan xulosasi) asosida vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin. Xodimga, vaqtinchalik kamroq haq to‘lanadigan ishga o‘tgan vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddat davomida kasallik varaqasi bo‘yicha yangi ishda beriladigan ish haqiga qo‘shilganda avvalgi ishidagi to‘liq ish haqidan oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to‘lanadi. Bunda kasb kasalligi oqibatida boshqa ishga o‘tkazilgan shaxslarga nafaqa, agar u amaldagi qonun hujjatlariga binoan avvalgi ish haqi bilan yangi ish haqi o‘rtasidagi farqni korxonadan olish huquqiga ega bo‘lmasa beriladi. Basharti, kasallik varaqasida ko‘rsatilgan muddatda ish beruvchi xodimga boshqa ish topib berolmagan bo‘lsa, u holda shuning oqibatida bekor o‘tgan ish kunlari uchun nafaqa umumiy asoslarda to‘lanadi. Reabilitatsiya muassasalarida bo‘lgan barcha vaqt uchun va unga kelib-ketish vaqti uchun nafaqa to‘lanadi. Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan xodimlarga mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa umumiy asoslarda, boshqa sabablar oqibatidagi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish to‘g‘risida tuzilgan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan ish kunlari doirasida to‘lanadi. Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi. Ishlayotgan 1941-1945 yillardagi urush nogironlariga va imtiyozlari jihatdan ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AESdagi falokat yoki uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni bajarish bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan shaxslarga 555 Sanatoriy-kurortda davolanishda, agar asosiy va qo‘shimcha ta’til xodimning sanatoriyda davolanishi uchun yetarli bo‘lmasa, nafaqa beriladi. Bunday holda sanatoriy-kurortda davolanishning barcha davri uchun (yo‘llanma, davolanish muddati) sanatoriyga borish-kelish vaqtini qo‘shib, ammo xodimning yillik ta’tilini chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi. Asosiy va qo‘shimcha ta’tildan sanatoriyga borishdan oldin foydalangan bo‘lsa ham nafaqa uni chiqarib tashlagan holda beriladi. Bunda ish beruvchi ta’tilning yetmaydigan vaqti uchun xodim bilan kelishib, unga ish haqi saqlanmagan ta’til beradi. 1941-1945-yillardagi urush nogironlariga, baynalminal jangchilarga, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga, shuningdek, sanatoriyga davolanishni davom ettirish uchun davolash muassasalaridan o‘tkir miokard infarkti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan yurakning aortakoronar shuntrovkasi va anevrizmlari, oshqozonning yaralik kasalligi, o‘n ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va o‘t pufagini olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga, shuningdek‚ sil kasalligi bilan og‘riganlarga nafaqa sanatoriyda bo‘lgan barcha vaqt uchun beriladi. O‘n olti yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha davri uchun (sanatoriyga boribkelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda nafaqa beriladi. Uch yoshgacha bo‘lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo‘lgan ona kasal bo‘lib, bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo‘lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi. Oilaning kasal bo‘lgan a’zosiga qarash bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muhtoj bo‘lgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi. O‘n to‘rt yoshga yetmagan bemor bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo‘lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi. 554 Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot etganning oila a’zolariga nafaqa pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega bo‘lgan oila a’zolarining barchasiga bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Oila a’zosining talabiga ko‘ra uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida to‘lanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga bo‘linadi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling