Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:
vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallikda (shikastlanishda); sanatoriy-kurortlarda davolanganda; kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda; karantinda; sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda; mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos bo‘ladi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mehnat qobiliyati yo‘qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiymehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, hatto bu davrda xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham beriladi. Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaxslarga nafaqa ular ishga chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi. Ish haqi, sutkalik va ko‘chish bo‘yicha xarajatlarni olish huquqiga ega bo‘lgan xodimga ish joyiga borayotgan davrda boshlangan mehnatga qobiliyatsizlik kunlari uchun nafaqa to‘lanadi. Xodimning mehnatga qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va qo‘shimcha) ta’til davriga to‘g‘ri kelgan hollarda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa to‘lanadi. 553 Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunida davlat qarziga “davlat qarzi – davlat tomonidan ichki mablag‘ni va xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi”dir deb, ta’rif berilgan. Joylashtirilish joyiga qarab davlatning qarzlari ikkiga bo‘linadi: davlat ichki qarzlari; davlatning tashqi qarzlari. Davlat tomonidan ichki mablag‘larni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisiga davlat ichki qarzlari deyiladi. Davlat tashqi qarzlari deyilganda esa davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi tushuniladi. Bu qarzlar qarziy instrumentlari, joylashtirilish shartlari, kreditorlarining tarkibi va qarzning valyutasiga nisbatan bir-biridan farq qiladi. Davlatning ichki qarzlari davlat tomonidan ichki mablag‘larni jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tomonidan ichki mablag‘larni jalb qilish aktivlarni ichki manbalardan (rezidentyuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishini anglatadi. Odatda, davlat o‘z rezidentlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida bajara olmagan davrda ham ichki qarz vujudga keladi. Masalan, biror bir korxona ijtimoiy obyektni o‘zining yoki jalb qilingan mablag‘lari hisobiga quradi. Ammo, davlat u korxonani o‘z vaqtida moliyalashtirib bera olmaydi. Shuningdek, byudjet muassaslarida faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlarga ish haqi bir, ikki oylab berilishi kechikadi. Mana shunday vaziyat qaror topgan sharoitda ham davlatning vaqtinchalik ichki qarzi payda bo‘ladi. Bunda noxush holatlar O‘zbekistonda 1994-2000 yillarda qisman qaror topgan edi. Shunga o‘xshash, davlatning tashqi qarzlari ham davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish aktivlarni xorij manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro moliya tashkilotlaridan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishini bildiradi. 576 ishtirok etsa qonuniy hisoblanadi. Fuqarolar yig‘ini tomonidan ehtiyojmand deb e’tirof etilgan oila nafaqa yoki moddiy yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega. Quyidagilar bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar va moddiy yordam to‘lovlarini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi: mahalliy byudjetlar mablag‘lari; byudjetdan tashqari manbalar (jamoat va xayriya jamg‘armalari, korxonalarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari va boshqalar). Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo‘lmagan oilalarga tayinlanadi. Quyidagilar bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega: ota-onasining ikkisini ham yo‘qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug‘ullanayotgan oilalar; ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar; • 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar); nogiron bolasi (bolalari) bo‘lgan oilalar; bolani (bolalarni) to‘liq bo‘lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar). Bunda bolaning amalda to‘liq bo‘lmagan oilada ona (ota) tomonidan tarbiyalanishini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi belgilaydi; ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko‘maklashish markazlarida hisobda turgan oilalar; yolg‘iz pensionerlar. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi. Bola parvarishi bo‘yicha nafaqani kelgusida ham olishga muhtojligi bo‘lgan taqdirda uni olgan shaxs to‘lovlarning avvalgi o‘n ikki oylik muddati tugashidan bir oy oldin, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar ushbu nafaqani uzluksiz to‘lanishini davom ettirish masalasini hal etish uchun belgilangan tartibda fuqarolar yig‘iniga takroran murojaat etish huquqiga ega. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam to‘lashning belgilangan muddati tugagandan so‘ng ariza beruvchi nafaqa va moddiy yordam to‘lashni yangi muddatga davom ettirilishini so‘rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda tayinlangan nafaqa va moddiy yordam to‘lash muddati tugayotgan oydan keyingi oyga beriladi. Takroriy murojaatlarni ko‘rib chiqish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy yashash (ro‘yxatdan o‘tish) joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig‘i yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. Alohida hollarda, oilada muomalaga layoqatli a’zolar bo‘lmagan taqdirda nafaqa va moddiy yordam oila a’zolarining yozma arizasisiz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisining taqdimnomasi bo‘yicha tayinlanishi mumkin. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy yashash (ro‘yxatdan o‘tish) joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig‘i yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. Alohida hollarda, oilada muomalaga layoqatli a’zolar bo‘lmagan taqdirda nafaqa va moddiy yordam oila a’zolarining yozma arizasisiz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisining taqdimnomasi bo‘yicha tayinlanishi mumkin. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to‘g‘risidagi ariza uch bosqichda ko‘rib chiqiladi. Birinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan sanadan boshlab uch kun muddatda ariza beruvchi tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida oilaning a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad miqdorini aniqlaydi. bo‘yicha umumdavlat dasturlarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini aniqlaydi. Davlat byudjetining doimiy yoki xronologik tarzda defitsitliligi va yuqori darajadagi davlat qarzlarining mavjudligi hozirgi sharoitda sanoati rivojlangan barcha davlatlarga xosdir. Davlatning kredit ekspansiyasi natijasida boshqa qarz oluvchilar moliyaviy bozordan siqib chiqarilayapti, kreditga nisbatan bo‘lgan yuqori foiz stavkalari hamon saqlanib qolmoqda. Davlat qarzlariga xizmat qilish bo‘yicha katta xarajatlar soliq tushumlarining katta qismini o‘ziga tortayapti. Shuning uchun ham byudjet defitsiti va davlat qarzini qisqartirish sanoati rivojlangan mamlakatlar boshqaruv organlari tomonidan eng dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etilayapti. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling