Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyutaviy cheklanmalar
Boj deklaratsiyasi – milliy qonunchilikning talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan, o‘zida chegaradan o‘tayotgan yuklar (eksport yoki import qilinayotgan mahsulotlar, passajir yuki, uning qo‘lidagi yuki, boyliklar va valyutalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirgan hujjat. Bu hujjat yukni davlat chegarasi orqali o‘tkazib yurishda asos bo‘lib hisoblanadi. Deklaratsiya bojxonaga qonunda belgilangan muddatlarda (bir kundan ikki haftagacha mahsulot bojxonaga etib kelgan kunni ham hisobga olgan holda) taqdim etilishi lozim. Deklaratsiyada bojxonaga qabul qilingan mahsulotning yuk hujjati nomeri, mahsulotning tarif nomi yoki boj tarifining tegishli moddasiga asoslanish (suyanish), mahsulot partiyasining qiymati va bahosi hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kabilar o‘zining aksini topishi shart. Boj deklaratsiyasining shakli mahsulotning bojga tortilish yoki tortilmasligiga bog‘liqdir.
V Valyuta kursi – bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro valyuta birliklarida ifodalangan bahosi. Eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining ahvoli bilan belgilanadi, shuningdek, turli mamlakatlardagi inflyatsiyaning nisbiy sur’atlariga, mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari va uning mamlakatlar o‘rtasidagi nisbatiga, YaMMning o‘sish sur’atlariga (pulning tovar bilan to‘ldirilish asoslariga), xalqaro savdodagi mamlakatning o‘rni va roliga, kapitalning mamlakatdan chiqarilishiga bog‘liq. Mamlakat to‘lov balansining ahvoli, turli mamlakatlar pul bozorlaridagi foiz stavkalarining mamlakatlar o‘rtasidagi farqlari, shu mamlakat valyutasining evrobozorlarda va xalqaro hisob-kitoblarda foydalanish darajasi, mamlakat valyutasiga bo‘lgan ishonch va boshqa omillar valyuta kursiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Valyutaviy cheklanmalar – valyuta, oltin va boshqa valyutaviy boyliklar bilan operatsiyalarning cheklanishiga yo‘naltirilgan, qonuniy yoki ma’muriy tartibda o‘rnatilgan tadbirlar va me’yoriy qoidalar majmui. Joriy to‘lov balansi operatsiyalari bo‘yicha ularerkin konvertatsiya qilinadigan valyutalarga (AQSh dollari, Yevropa ittifoqi evrosi, ingliz funtsterlingi, Shveytsariya franki va boshqalarga) nisbatan qo‘llanilmaydi. 752 xorijiy investitsiyalar jalb qilish orqali amalga oshirilayotgan sanoat loyihalarning bir-biriga bog‘liqligini ta’minlash, ular o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va ishlab chiqarish hamkorlik va infratuzilmani rivojlantirish va bu orqali import o‘rnini bosuvchi va eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va etishtirishga erishish; olib borilayotgan islohotlarda hududiy diversifikatsiya siyosatini yanada kuchaytirish, nafaqat markaziy hududlarda balki chekka tumanlarda ham yirik sanoat obyektlarini qurishni keng yo‘lga qo‘yish; tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari majmuini ixtisoslashtirilgan tashqi savdo, lizing, konsalting va sug‘urta firmalari, tashqi aloqalarni rivojlantirish manfaatlari va shartlariga mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiyalar tizimlarini vujudga keltirish;. xalqaro xuquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi, hisob-kitob va statistik hisob sohasida malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish. Tashqi iqtisodiy faoliyatning mazkur yo‘nalishlarini izchil tarzda amalga oshirish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon iqtisodiy hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga imkon beradi. O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish buyicha yaqin kelajakka mo‘ljallangan strategiyasining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: birinchidan, eksportni rag‘batlantirish uchun avvalo, barqaror makroiqtisodiy sharoit yaratish, inflyatsiya sur’atini prognoz darajasida ushlab turish, valyuta almashtirish kurslarining keskin tebranishlariga yo‘l qo‘ymaslik; ikkinchidan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mulk shaklidan qat’iy nazar, import qilinayotgan ishlab chiqarish vositalarini olish uchun bir xil imkoniyatga ega bo‘lishlarini ta’minlash; uchinchidan, yetuk mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasidagi islohotlarni davom ettirish; to‘rtinchidan, eksport salohiyatini rag‘batlantirish maqsadida ishlab chiqarish tarmoqlarida yuqori texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish; beshinchidan, mamlakatda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va rivojlantirish asosida eksport salohiyatini oshirish. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach erkin ochiq bozor iqtisodiyotini shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarni barpo etish yillari sifatida munosib tarixiy voqelikka aylandi. Shuningdek, mamlakatimizda barqaror bank tizimi yaratilishi bilan xalqaro moliyaviy munosabatlar ko‘lami yanada kengayib bordi, bu holat o‘z navbatida xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratdi. Hozirgi kunda mamlakatimiz tijorat banklari hamda xalqaro moliya institutlari o‘rtasida bir qator samarali loyihalar amalga oshirilmoqda, bu esa respublikamiz iqtisodiyotini taraqqiy etishida mustahkam rol o‘ynamoqda. Bugungi kunda xalqaro moliyaviy institutlarning amaliy aloqalariga qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, ulardan Xalqaro Valyuta Fondi (XVF), Jahon banki, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (ETTB), Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) kabi yirik moliyaviy tashkilotlar bilan juda izchil va faol ishlar olib borilmoqda. Mazkur tashkilotlar biz tanlagan yo‘l va amalga oshirilayotgan islohotlarning to‘g‘ri ekanligiga qat’iy ishonch hosil qilganliklari uchun ham yaqin hamkorlik aloqalarini olib bormoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2- iyulda O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro valyuta fondi (XVF)ga a’zolik to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 21-sentyabrda XVFga a’zo bo‘lib kirdi hamda Vazirlar Mahkamasining 93-F raqamli 1993-yil 27martdagi Farmoyishiga muvofiq respublikaning XVF imzo kvotasiga to‘lov amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki xalqaro moliya tashkilotlarining aloqa agentligi va avuarlar depozitariysi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining mazkur muassasalarga a’zoligi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish vakolatiga ega. oshirishga (yuqori byudjetlardan byudjet ssudalari olish bundan mustasno); v) o‘z byudjetlari xarajatlariga tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan ortiqcha mablag‘ sarflashga (qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno); g) byudjet mablag‘lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar ka kafilliklar berishga; d) yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling