Mavzu: Fosforitli ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologiyasi. Mundarija


Download 230.1 Kb.
bet1/11
Sana05.05.2023
Hajmi230.1 Kb.
#1428168
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
amaliyot xisoboti


Mavzu: Fosforitli ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologiyasi.

MUNDARIJA
1.Kirish…………………………………………………………………………4-7
2.Texnika xavfsizligi qoidalari…………………………………………………8-10
3.Asosiy homashyo tavsifi……………………………………………………...11
4.Tayyor mahsulot tavsifi………………………………………………………12-13
5.Ishlab chiqarish usullari………………………………………………………14-15
6.Jarayonning fizik-kimyoviy asoslari………………………………………….16-18
7.Eksperimental qism…………………………………………………………....19-21
8.Xulosa………………………………………………………………………….23
9.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………….24


1.Kirish.
Yer sharida insonlarning soni ortib borgan sari ularning extiyojlari ham ortib boradi. Bu extiyojlarni qondirish uchun tabiiy resurslar va unumdor yer maydonlari miqdori chegaralangan. Bu esa yer yuzidagi aholisi ko‘p bo‘lgan mamlakatlarda to‘yib ovqatlanmaslik, ocharchilik va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Shu sababli bu muammolarni bartaraf qilish uchun mavjud chegaralangan resurslardan samarali va unumli foydalanish yo‘llarini ixtiro qilish va tatqiqotlar olib borish zarur. Insonlar qadim zamonlardanoq ayrim tabiatda keng tarqalgan tuzlardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanishni bilishgan. Keyinchalik tabiatdagi tabiiy tuz va minerallarni qayta ishlash natijasida olinadigan tuzlarni ishlatish muntazam yo‘lga qo‘yila boshlandi. Bunday qayta ishlash usullari dastlab juda ham sodda bo‘lgan bo‘lsa, sekin-asta texnika madaniyatining o‘sishi bilan rivojlana bordi. Turli maqsadlar uchun ishlatiladigan tuzlar assortimenti muntazam kengayib bordi va ayniqsa sanoat rivojlangan davrda yanada ortdi. Hozirgi paytda bu assortimentga yuzdan ortiq nomdagi mahsulotlar kiradi va ko‘payishi davom etmoqda.
Barcha noorganik moddalar ham xalq ho‘jaligida bir xil ahamiyatga ega emas. Ulardan ayrimlari anchagina cheklangan miqdorda ishlatilsa, qolganlarining dunyo bo‘yicha qazib olinishi va ishlab chiqarilishi yiliga millionlab va xattoki o‘n millionlab tonnani tashkil etadi.
Mamlakatimiz xalq ho‘jaligini mineral xomashyoga bo‘lgan talabini amalda to‘la ta’minlanishga imkoniyati bo‘lgan qudratli xomashyo bazasiga egadir. O‘zbekiston hududida tabiiy gaz, neft, ko‘mir, oltingugurt, rangli metallar rudali va boshqa xomashyolar bo‘lganligi uchun mamlakatimizda yirik kimyo sanoatlari mavjud. Prezidentimiz: Shavkat Mirziyoyevning kimyo sanoatiga qaratayotgan e’tiborlari natijasida bugungi kunda bu soxada katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari mamlakatimiz hududida topilgan. Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo‘yicha O‘zbekiston tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatdan MDHdagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o‘rinni egallaydi.
Hozirgi paytda Respublikamizdagi «Maksam-Chirchiq» AJda ammiakli selitra, karbamid, KAS, ammiak, nitrat kislota, kaliy sulfat va boshqalar, «Farg‘onaazot» AJda ammiakli selitra, karbamid, KAS, NPK, ammiak, nitrat kislota, va boshqalar, «Ammofos-Maksam » AJda ammofos, superfos va boshqalar, «Samarqandkimyo» AJda nitrofos va boshqalar, «Qo‘qon superfosfat zavodi» AJda ammoniylashgan oddiy superfosfat, Navoiy «Elektrokimyosanoat» YOAJda oddiy superfosfat, «Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi» korxonasida kaliy xlorid mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.[1]
O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida mineral o‘g‘itlarni sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish, kimyo sanoati korxonalarining qarzdorliklarini restruktrizatsiya qilish yuzasidan ko‘rilgan choralar ularni moliyaviy sog‘lomlashtirishga va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirishga imkon beradi.
Shu bilan birga, kimyo tarmog‘ini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarini moderinizatsiya qilish va yangilarini qurish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda eksport hajmini kengaytirishga yo‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Kimyo sanoati tarmog‘ini yanada diverifikatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda ichki va tashqi bozorlarlarda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, yetakchi xorijiy institutlarni jalb qilgan holda zamonaviy ilmiy va loyiha bazasini yaratish, shuningdek “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida kimyo sanoati korxonalarining ustav kapitalida davlat ishtirokini qisqartirish, tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, tarmoq korxonalari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish orqali bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni rivojlantirish, loyiha-injiniring ishlari va diagnostika tadqiqotlari sifatini oshirish, kimyo va kimyo texnologiyalarinig barcha yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimlarini tashkil qilish, 2019-2030 yillar davomida “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va moderinizatsiya qilish, bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish, mavjud aktivlardan oqilona foydalanish va boshqarishning zamonaviy usullarini joriy qilishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va qator qarorlar qa`bul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “kimyo sanoatini yanada rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga muvofiq “O‘zkimyosanoat” AJ ning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Tashqi Sanoat Vazirligi bilan birgalikda optimallashtirilgan va yangi istiqbolli loyihalar bilan to‘ldirilgan, xisoblangan qiymati 12.1 milliard AQSH dollariga teng, shu jumladan, 1.7 milliard AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar xisobiga 31 ta investitsiya loyixasini amalga oshirishni nazarda tutuvchi 2019-2030 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Ushbu dasturga muvofiq quyidagilar ham amalga oshiriladi.

  • Azotli, fosforli, kaliyli va murakkab mineral o‘g‘itlarni, shu jumladan, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi “Navoiyazot”AJ, “Farg‘onaazot” AJ, “Samarqandkimyo” AJ, “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJ, “Ammofos-Maksam” AJ, ”Dehqonobod kaliy zavodi” MChJ negizida, shunigdek Sirdaryo viloyatining Yangiyer shaxri va Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ishlab chiqarish bo‘yicha amaldagi quvvatlarni moderinizatsiya qilish, kengaytirish hamda energiya jixatdan samarador yangi quvvatlarni barpo etish;

  • Tarmoq korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini, ularning negizida iqtisodiyot tarmoqlarida talab etilayotgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini, shu jumladan, melamin, metilamin, formaldegidli, karbomidformaldegidli va melaminfarmaldegidli saqichlar, etilatsetat, ozuqa tuzi, natriy bikarbonati, xlorsirka kislotasi, natriy nitrati, butilatsetat, trinatriy fosfat, nitroseliloza, metallurgiya, neftgaz va to‘qimaqchilik sanoatlari uchun reagentlar, katalizatorlar va kimyoviy qo‘shilmalar, shuningdek polimer fitinglar, biaksil yo‘naltirilgan polipropilen plyonkasi (BOPP), o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositasi va ularni ishlab chiqarish uchun amaldagi moddalarni chiqarish, ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etishdan iborat.

  • Tarmoqning ayrim korxonalari aktivlarini mahalliy va horijiy investorlarga sotish orqali amaldagi ishlab chiqarishlarni moderinizatsiya qilish va kengaytirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish.

  • “O‘zkimyosanoat” AJ tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va jamiyat boshqaruvi organlarining mustaqilligi va ma’sulyatini oshirishga qaratilgan korparativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish.

  • Ilmiy izlanishlar va tadqiqot-tajribalar, kashfiyotlarni sanoat korxonalariga qo‘llash, fan-texnika yutuqlaridan unumli foydalanish, amaliyotga qo‘llanilish ko‘lamini kengaytirish orqali yangi mahsulotlar ishlab chiqarish va mavjudlarini takomillashtirish. Ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda kimyo sanoati korxonalarini hamjixatligi va axborot almashinuvi orqali soxani va kadrlar malakasini oshirish, yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ularni tajriba va malakalarini mustaxkamlashdan iborat.

Yuqoridagilarni amaliyotga qo‘llash orqali kimyo sanoati tarmog‘i korxonalarining faoliyati samaradorligini oshirish va moliyaviy holatini yanada yaxshilash amalga oshiriladi. Albatta bu isloxatlar bilan birgalikda ilmiy izlanishlar, soxaga chuqur ilmiy-nazariy yondashuv orqali bundan ham ijobiy bo‘lgan ko‘rsatgichlarga erishish mumkin.

Download 230.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling