6.Jarayonning fizik-kimyoviy asoslari.
Ammiakli selitraga modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar sifatida qo‘llanilgan dastlabki materiallarning kimyoviy, dispers va mineralogik tarkibi, fizik-mexanik xossalari, dastlabki xom ashyo va mahsulotlarni kimyoviy va fizik-kimyoviy tahlil o‘tkazish uslublari keltirilgan. Modifikatsiyalangan selitra namunalarini olish uchun asosiy komponent sifatida «toza» markali NH4NO3 va sanoat mahsuloti – 34,6% N va 0,28% MgO tutgan B markali AS xizmat qildi.
Kristal ko‘rinishdagi monokalsiyfosfat va kukunsimon di- va trikalsiyfosfat kimyoviy tarkibi 6-jadvalda keltirilgan.
6-Jadval.
Kalsiy fosfatlarning kimyoviy tarkibi
|
P2O5umum., %
|
P2O5o‘zl. lim.
k-tasi, %
|
P2O5o‘zl.
tr. B. %
|
P2O5suv.eruv %
|
CaO umum.%
|
CaO o‘zl.,
%
|
Ca(H2PO4)2·H2O
|
55,75
|
55,48
|
54,76
|
54,39
|
22,16
|
21,82
|
CaHPO4
|
51,03
|
49,43
|
47,54
|
Qoldiq
|
40,04
|
37,51
|
Ca3(PO4)2
|
45,3
|
36,75
|
28,95
|
Qoldiq
|
53,46
|
39,45
|
Monokalsiyfosfat qishloq xo‘jaligida oddiy va qo‘sh superfosfat, dikalsiyfosfat – pretsipitat, trikalsiyfosfat – suyak uni yoki faollashtirilgan fosforit uni ko‘rinishida qo‘llaniladi.
“Farg‘onaazot” AJ mahsuloti – donadorlangan AFO‘ (og‘ir.%): P2O5umum. – 45,51; P2O5o‘zl. – 44,25; P2O5suv.eruv. – 41,82; SO3 – 6,02; CaO – 0,58; MgO – 1,29; Fe2O3 – 1,15; Al2O3 – 1,44; N – 11,2. Ularni AS suyuqlanmasiga qo‘shishdan oldin zarrachalari 0,25 mm o‘lchamgacha maydalandi.
Selitraga modifikator-qo‘shimchalar sifatida zarrachalari 0,25 mm o‘lchamgacha maydalangan Qoraqalpoq jelvakli fosforit uni ham tanlandi, ularning tarkibi 7-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |