Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet262/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Soliq kvotasi – soliqqa tortishning ma’lum birligidan olinadigan soliqning miqdori, hajmi, o‘lchami.
Soliqqa tortish – qonuniy ravishda o‘rnatilgan soliq undirish (olish) tartibi. Iqtisodiyotni tartibga solish soliqqa tortishning asosiy funksiyasidir. Soliq siyosatining richaglari yordamida davlat xo‘jalik konyunkturasining xolatiga ta’sir ko‘rsatadi va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi. Soliqqa tortishning boshqa bir funksiyasi pul mablag‘larini qayta taqsimlashdir. Soliqqa tortishning bir-biridan farq qiluvchi digressiv, progressiv, proportsional va regressiv turlari mavjud.
Soliqqa tortish manbai - soliqlarni to‘lash uchun foydalaniladigan rezerv, odatda, soliq to‘lovchining daromadi va kapitali. Eng umumiy shaklda soliqqa tortish manbai bo‘lib soliqqa tortish obyektidan qat’iy nazar ijtimoiy takror ishlab chiqarish asosiy qatnashchilarining va davlatning birlamchi pul daromadlarini shakllantiruvchi yalpi ijtimoiy (ichki) mahsulot hisoblanadi.
Soliqqa tortish normasi – soliqqa tortiladigan qiymatning haqiqiy qiymatga nisbati.
Soliqqa tortish obyektlari – qonunga muvofiq foyda (daromad), ma’lum bir mahsulotlar qiymati, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, molmulkni berish (meros, hadya etish), qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalar, faoliyatning ayrim turlari va boshqalardan iborat. Soliqqa tortishning bir obyekti bir turdagi soliq bilan belgilangan muddatda (oy, chorak, yarim yil, yil) bir marta soliqqa tortilishi mumkin.
Soliqqa tortish prinsiplari (tamoyillari) – soliq siyosatini amalga oshirishni belgilab beradigan va soliqlar bo‘yicha byudjet topshiriqlarini tuzish orqali realizatsiya qilinadigan mustahkam o‘rnashib qolgan qoidalar yig‘indisi. Ularning eng muhimlari qatoriga quyidagilar kiradi: 1) adolatlilik. Bu prinsip fuqarolar o‘rtasida ularning daromadlariga mos ravishda soliqlarning bir tekis taqsimlanishini va soliqqa tortishning hammaga (eng umumiyligini) tegishli ekanligini taqoza etadi; 2) aniqlilik. Bu prinsip soliqning summasi, uni hisoblash tartibi (uslubi) va to‘lov vaqti soliq to‘lovchiga oldindan aniq ma’lum bo‘lishi kerakligini talab qiladi; 3) qulaylilik. Bu prinsip soliq to‘lovchilar uchun soliqning olinish uslubi (tartibi) va vaqti eng qulay bo‘lishi kerakligini anglatadi; 4) iqtisod qilish, tejab tergash. Bu prinsipning mazmuni soliqqa tortish tizimini oqilonalashtirish va soliqlarni undirish xarajatlarini kamaytirishdan iboratdir. Vaqt o‘tishi bilan soliqqa tortishning bu prinsiplari qatoriga soliqlarning harakatchanligi va etarliligini ta’minlash (davlatning obyektiv ehtiyojlari va imkoniyatlariga muvofiq soliq oshirilishi yoki qisqartirilishi (kamaytirilishi) mumkin), soliqqa tortishning zaruriy manbasi va obyektini tanlash, soliqqa tortishning bir martaliligi kabi prinsiplar ham qo‘shildi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling