Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
N = E x U x B
Bu yerda: N – aylanma mablag‘larning normativi; E – aylanma mablag‘larga bo‘lgan kunlik ehtiyoj; U – o‘rtacha interval uzoqligi; resurslarni tejaydigan innovatsion texnologiyalarni qo‘llash; mehnat unumdorligini oshirish; ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sifatini yaxshilash; kadrlarning malakaviy darajasini oshirish; XYuS taraqqiyotining strategik maqsadlarini asoslash va qabul qilingan strategiyani aniq ijro etish; XYuSni boshqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirish, qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligini ta’minlash; xomashyo va material xarajatlarining salmog‘ini pasaytirish, ta’minlovchi xizmatlarning uzluksiz ishlashiga erishish; marketing xizmatining samarali ishlashi, XYuSning marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; XYuSdagi yo‘qotmalarning barcha ko‘rinishlarini qisqartirish, chiqindilar, ikkilamchi materiallar va energoresurslardan, yo‘lovchi mahsulotlardan va h.k.lardan foydalanish. XYuS xarajatlarini tahlil qilish uchun asos bo‘lib byudjet tuzish (smetalarni ishlab chiqish, xarajatlarni rejalashtirish va farqlanishni nazorat qilish) xizmat qiladi. Bu xarajatlarni qisqartirishdagi uzilishlarni amalga oshirish bo‘yicha XYuS turli bo‘linmalarining harakatini aniqlashga imkon beradi, bu ishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlaydi. Moddiy xarajatlar (FIFO, LIFO, qiymatning o‘rtacha tortiluvchanligiga ko‘ra baholash), mehnat xarajatlari, amortizatsiya ajratmalari va ularning boshqa ko‘rinishlarini hisoblash metodikasi tahlil jarayonida muhim tarkibiy qism sifatida maydonga chiqadi. XYuS xarajatlarini samarali boshqarish uchun zarur bo‘ladigan yuqorida bayon etilgan tarkibiy qismlardan (rejalashtirish, hisob-kitob metodlari, byudjetlashtirish, tahlil) tashqari yana boshqaruv hisobini ham ta’kidlab o‘tish kerakki, uni yo‘lga qo‘ymasdan turib, xarajatlarni samarali boshqarishning iloji yo‘q. Boshqaruv hisobi xarajatlarning doimiy (o‘zgarmaydigan) va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘linishiga, XYuSning xo‘jalik yuritish sharoitlariga bog‘liq ravishda ularning xususiyatlariga asoslanadi. Mahsulot ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish XYuSning mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarini rivojlantirish va optimallashtirish (oqilonalashtirish) bo‘yicha rejali ishiga, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishiga, 271 mashina va dastgohlarni saqlash xarajatlari; umumishlab chiqarish xarajatlari; umumxo‘jalik xarajatlari; • boshqa ishlab chiqarish xarajatlari; tijorat xarajatlari. Xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha (klassifikatsiya qilinishi) mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha uning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu belgiga ko‘ra XYuSlarning xarajatlari ikkiga bo‘linadi: • to‘g‘ri (bevosita) xarajatlar; egri (bilvosita) xarajatlar. To‘g‘ri (bevosita) xarajatlarga mahsulotning aniq bir turini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi. Ular shu mahsulotning tannarxiga bevosita kiritiladi. Masalan, xomashyo, asosiy material xarajatlari, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va mahsulotning ma’lum bir turi bo‘yicha butlovchi buyumlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ana shunday xarajatlar hisoblanadi. Egri (bilvosita) xarajatlar butun XYuSda ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish yoki mahsulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, binolar va dastgohlarni saqlash, ularni ta’mirlash xarajatlari, boshqaruv apparatiga tegishli bo‘lgan ish haqi xarajatlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu xarajatlar konkret turdagi buyumlarning tannarxiga qandaydir bir shartli asosga ko‘ra proporsional ravishda, ko‘p hollarda, to‘g‘ri (bevosita) xarajatlarga nisbatan to‘g‘ri proporsional ravishda kiritiladi. Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar ikkiga bo‘linadi: norma (me’yor)lashtiriladigan xarajatlar; norma (me’yor)lashtirilmaydigan xarajatlar. Xarajatlarning bunday bo‘linishi, odatda, soliqqa tortish sohasida tegishli qaror qabul qilinayotgan paytda qo‘llaniladi. Norma (me’yor)lashtiriladigan xarajatlarga soliqqa tortiladigan foydani hisoblash maqsadida o‘rnatilgan (belgilangan) norma (me’yor)lar doirasidagi xarajatlar kiradi. Chiqimlarni kamaytirish XYuS ishi samaradorligini oshirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Odatda, chiqimlarni kamaytirishning quyidagi asosiy yo‘llari ajratilib ko‘rsatiladi: 270 B – aylanma mablag‘ birligining bahosi. Masalan, faraz qilaylik, qandaydir bir xomashyoning zaxira normasi 15 kunga, kunlik ehtiyoj 10 tonnaga va bir tonnaning bahosi 20 ming so‘mga teng bo‘lsa, u holda pulda ifodalangan normativning darajasi 600 ming so‘mga (15 x 10 x 20 000) teng bo‘ladi. Umuman olganda, aylanma mablag‘lar normativi mol yetkazib berishlar o‘rtasidagi o‘rtacha intervalni hisobga olgan holda quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:y Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling