Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Xo‘jalik yurituvchi subyekt marketing strategiyasining moliyaviy jihatlari
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
13.3. Xo‘jalik yurituvchi subyekt marketing strategiyasining moliyaviy jihatlari
Agar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yoki 10 yilga mo‘ljallangan ilmiy asoslangan istiqboli oldindan oqilona tarzda aniqlangan bo‘lsa, baho strategiyasini mustahkam egallash mumkin. Aks holda faqat hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning emas, balki ilmiy-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasidagi ilg‘or o‘zgarishlar ta’siri ostida yaratilishi lozim bo‘lgan yangi barcha buyumlar bahosining dinamikasini ham ko‘proq yoki ozroq aniqlikda ko‘rish imkoniyati murakkabligicha qolaveradi. Ma’lumki, iqtisodiy jihatdan yuqori sur’atlarda taraqqiy etgan mamlakatlarning barchasida erkin baholar, odatda, davlat tomonidan tartibga solinadigan baholar bilan oqilona uyg‘unlashgan holda ishlatiladi. XYuSlar marketing strategiyasining moliyaviy jihatlari raqobat sharoitida bozordagi baho bozor iqtisodiyotining asosiy bo‘g‘iniga bog‘liq bo‘lmagan omillar asosida ustuvor ravishda shakllanishini va u uchun, asosan, topshirilgan (berilgan) miqdor ekanligini nazarda tutadi. XYuSning bozor muhiti bozor tashqi omillari va shart-sharoitlari hamda bozordan tashqari xo‘jalik aloqalar majmuidan iborat bo‘lib, ular iqtisodiyot asosiy bo‘g‘ini faoliyatining samaradorligini, uning maqsadli strategiyasi va tadbirkorlik muhitidagi xatti-harakati taktikasining amalga oshirilishini ko‘zda tutadi. Baholarni shakllantirish masalalarini hal etish uchun raqobat muhitini tahlil qila borib, XYuSning tegishli xizmatlari mahsulotlarni yetkazib berish va ularni sotish baholarini o‘rganishi (1), soliqlar va boshqa to‘lovlarni inobatga olgan holda XYuSning ishlab chiqarish va sotish chiqimlari, mol yetkazib berish shartlari va XYuSni ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlashga baho berishi (2), amalga oshirilayotgan tadbirlar va faoliyat samaradorligini aniqlashi (3) kerak. Ana shu yuqoridagi uch yo‘nalishlar XYuS faoliyat ko‘rsatishining mikromuhitini xarakterlab, u biroq XYuS faoliyatining umumiy sharoitlarini cheklamaydi. XYuS faoliyatining umumiy sharoitlarini makromuhit deb e’tirof etish qabul qilingan bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagi omillarni qamrab oladi: inflyatsion omillar, shu jumladan inflyatsion kutilishlar; ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarishlar (mehnat, shu sohadagi beqarorlashtiruvchi holatlar, siyosiy omillarni ham qo‘shib hisoblaganda); davlat va mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy, soliq va pul-kredit siyosati; baholarni davlat tomonidan tartibga solish sohasida ko‘riladigan choralar; XYuSning bozorda faoliyat ko‘rsatishini qonuniy ta’minlashga qaratilgan o‘zgarishlar. Xo‘jalik yurituvchi subyekt, mulkdorning bozor vakili yoki uning vakolatchisi sifatida iqtisodiy mustaqillik va XYuS o‘z xattiharakatini tanlash erkinligi bozor baholarini shakllantirishning zaruriy shartlari hisoblanadi. O‘zaro manfaatli, xususan, og‘zaki bitimlar, shartnomalar, oldi-sotdi shartnomalari ko‘rinishidagi shartnomalar vositasida amalga oshiriladigan xo‘jalik subyektlarining tijorat munosabatlari ham shunga kiradi. Bu yerda yo‘qotmalar, zararlar va qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatlar (foydalar)ni qoplash kafolatini beruvchi shartnoma-bitim munosabatlari, boshqa xo‘jalik munozaralariga ta’sir ko‘rsatish va ularni himoya qilish muhim rolynaydi. Raqobat muhitining mavjudligi va monopolizmga barham berish ham bu yerda kerakli sharoit sifatida maydonga chiqib, ular xo‘jalik yuritish subyektlarini, bozor vakillarini xatti-harakatni tanlash imkoniyatlari bilan ta’minlaydi. Bularning qatoriga muvozanat baholar evaziga talab va taklif nisbatlarining tenglashuvi oqibatida vujudga keladigan bozor muvozanatini ham kiritish kerak. Bozor iqtisodiyotida baholarni shakllantirish jarayoni, boshqa holatlardan tashqari, yana bahoni o‘rnatish xususida kim qaror qabul qilganligiga va uni kim tayyorlaganligiga ham bog‘liq. Shuning uchun ham baholar qay hollarda direktorlar kengashi, hissadorlik jamiyatining prezidenti, XYuSning bosh direktori, uning o‘rinbosarlari va qay hollarda esa ta’minot bo‘limining boshlig‘i, uning joylardagi vakillari tomonidan tasdiqlanishini bilish juda muhimdir. Shuningdek, bahoni asoslash bilan shug‘ullanadigan ma’muriyat xizmatlari va bo‘linmalarining aniq funksiyalarini belgilash ham kerak. Bu faoliyat XYuS markaziy xizmatlari tomonidan qat’iy muvofiqlashtirilgan asosda amalga oshirilmog‘i lozim. 297 Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling