Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Davlat byudjeti qanday omillarga bog‘liq holda vujudga keladi va rivojlanadi? Davlat byudjeti o‘zida qanday munosabatlarni ifodalaydi? Davlat byudjeti uchun qanday xarakterli xususiyatlar xos? “Davlat byudjeti” tushunchasiga terminologik jihatdan yana qanday tushunchalar qo‘shiladi? Mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti davlat byudjeti orqali taqsimlanganda qanday bosqichlarni bosib o‘tadi? Davlat byudjeti fondini shakllantirishda qanday ikki tushunchalardan foydalaniladi? Qanday davlat byudjeti kategoriyalarini bilasiz? 365 davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar; davlat zaxiralari va rezervlar bo‘yicha daromadlarning xarajatlardan o‘sgan qismi summasi; davlat byudjeti mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldig‘ining o‘zgarishi; va boshqalar. Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar kiradi: mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari; xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari. Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo‘yicha majburiyatlarni qo‘shgan holda) mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat byudjetini tashkil yetadigan davlat mulki bilan to‘liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak. Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini shakllantirish bo‘yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar. Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari; mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari; mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to‘g‘risidagi shartnomalar; o‘tgan yillardagi mamlakatning qarz majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish va muddatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar; 364 boshqa xarajatlar. Davlat byudjetining xarajat qismi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg‘armalari hisobga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog‘langandir. Bunday o‘zaro bog‘liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, davlat byudjeti xarajatlarining hajmi davlat byudjeti daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. O‘z navbatida, davlat byudjeti daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu yerda davlat byudjeti xarajatlarining shunday hajmini va milliy xo‘jalikda pul fondlarini shakllantirishda davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishning shunday muddatlarini o‘rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasin. Boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning o‘sishiga ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va milliy xo‘jalikdagi proporsiyalarni optimallashtirish orqali davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari darajasining ortishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy xo‘jalikning samaradorligi nuqtayi nazaridan baholashni dolzarb muammoga aylantirib qo‘yadi. Bunda milliy xo‘jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli bo‘lgan daromadlarning qo‘shimcha ravishda o‘sganligiga e’tibor berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bunda, bir vaqtning o‘zida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak. Albatta, milliy xo‘jalikning yakuniy natijasi davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmiga, ularning tarkibiy tuzilishiga, davlat byudjeti mablag‘laridan to‘g‘ri, tejamli va samarali foydalanishga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat byudjeti xarajatlarining ilmiy asoslangan holda rejalashtirilishiga, davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish ustidan o‘rnatilgan moliyaviy nazorat tizimiga alohida e’tibor berish lozim. Milliy xo‘jalikni moliyaviy tartibga solishning muhim vositalaridan biri ham davlat byudjetining xarajatlaridir. Moliyaviy tartibga solish deyilganda, milliy xo‘jalikdagi oqilona nisbat (proporsiya)larni ta’minlash maqsadida davlat byudjeti mablag‘larini tarmoqlar va hududlar bo‘yicha taqsimlash va qayta taqsimlashning shakllari va metodlari majmui tushuniladi. Milliy xo‘jalikni moliyaviy tartibga solishning obyektiv zarurligi katta o‘zgaruvchanlik bilan xarakterlanadigan, uning murakkab organizmi turli qismlarida moliyaviy resurslarni jamg‘arish sur’atlarining turlichaligi bilan izohlanadi. Davlat byudjeti resurslarini sarf qilish orqali davlat pul mablag‘larini taqsimlashda vujudga kelgan proporsiyalarni o‘zgartirishi va buning oqibatida ba’zi bir tarmoqlarning (hududlarning) rivojlanishini tezlashtirishi va boshqalarining rivojlanishini rag‘batlantirmasdan, milliy xo‘jalikning rivojlanishini tartibga solishi mumkin. Davlat byudjeti mablag‘larining katta qismini muhim ishlab chiqarish-hududiy komplekslarni rivojlantirishga sarflash sekin-astalik bilan chuqur sifat o‘zgarishlarining sodir bo‘lishiga – ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasining o‘zgarishiga olib keladi. Mamlakat iqtisodiyotini moliyaviy jihatdan tartibga solish davlat byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o‘zidayoq davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga (tarmoq, vazirlik va maqsadli yo‘nalishlarga) va vertikaliga (boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda) taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o‘zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag‘larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng xarajat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Mablag‘larni konkret taqsimlovchilarga davlat byudjeti kreditlarini ochish, davlat byudjeti mablag‘larini berish va ulardan samarali foydalanishni nazorat qilib, moliya organlari iqtisodiyotning rivojlanishi ustidan kuzatuv olib boradilar va zarur holatlarda taqsimlanayotgan davlat byudjeti mablag‘larining proporsiyalarini o‘zgartiradilar. moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri davlatning qarz olishidir. Davlatning qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo‘lib, hukumat oldida qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarishi bo‘yicha kafolatchi sifatidagi majburiyatlari vujudga keladi. Davlatning ichki qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo‘lib, ular bo‘yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo‘yicha ham kafolatchi sifatida hukumatning o‘z milliy valyutasida ifodalangan qarz majburiyatlari paydo bo‘ladi. Davlatning tashqi qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo‘lib, ular bo‘yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo‘yicha kafolatchi sifatida hukumatning xorijiy valyutada ifodalangan qarz majburiyatlari vujudga keladi. Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari jalb qilingan mablag‘larning asosiy turlari bo‘yicha navbatdagi moliyaviy yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunda qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan albatta tasdiqlanishi kerak. Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning manbai sifatida mamlakat Markaziy bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidan hukumatning sotib olingan qarz majburiyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas. Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga bo‘lish qabul qilingan: 1) ichki manbalar; 2) tashqi manbalar. Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar; mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari; 363 davlat byudjetining balansliligi, daromadlarning xarajatlardan ko‘pligi ba’zan iqtisodiyotning sog‘lom va uzluksiz rivojlanayotganligidan dalolat bermaydi; davlat byudjeti defitsitining darajasi, odatda, mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti miqdorining 2-3%idan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq kamaytirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko‘rish kerak; davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat qimmatbaho qog‘ozlarini moliyaviy bozorga joylashtirish ham maqsadga muvofiq. Muomalaga ko‘proq miqdorda pul chiqarish yo‘lidan esa foydalanmaslik kerak; davlat byudjeti defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish uchun, birinchi navbatda, iqtisodiyotning o‘zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana shu maqsadga erishish uchun ko‘zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Davlat byudjeti defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choratadbirlarning eng asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: davlat byudjeti mablag‘larining investitsion yo‘nalishini o‘zgartirish, ularni eng ko‘p samara beradigan tarmoq va sohalarga sarflash; xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy imtiyoz va jazolardan keng foydalanish; Davlat byudjetidan moliyalashtirish va davlat iqtisodiyoti sohasini qisqartirish; harbiy xarajatlar miqdori ni kamaytirish; eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik davlat byudjeti xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to‘xtatib turish; Markaziy bankning qarzlarni davlat qimmatbaho qog‘ozlari shaklida rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kredit berishini taqiqlab qo‘yish; • xorijiy sarmoyalarni jalb etish; va boshqalar. Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelgan paytda uni moliyalashtirish manbalarini aniqlab olmoq zarur. Uni 362 Daromadlarni davlat byudjetidagi xarajatlarning aniq turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha biriktirilishi prinsipi bo‘lmaganligi uchun bu yerda davlat byudjeti resurslarini keng miqyosda o‘tkazish va shunga muvofiq ravishda davlatning ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘laridan har qanday zarur yo‘nalishlarda foydalanilishi mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy xo‘jalikning ehtiyojlariga bog‘liq hamda davlat byudjeti mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi. Davlat byudjetining xarajatlaridan foydalanish byudjetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun subyektlarga byudjetdan mablag‘larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag‘larini taqdim etishning o‘ziga xos bo‘lgan shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir prinsiplarga tayanadi. Byudjetdan moliyalashtirishning prinsiplari, shakllari va metodlari bu tizimning tarkibiy elementlari bo‘lib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilayotgan paytda byudjetdan oqilona va samarali moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi. Byudjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo, moliyalashtirish prinsiplari muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi amaliyotda foydalanilayotgan byudjetdan moliyalashtirishning prinsiplarini umumiy va xususiy guruhlarga bo‘lish mumkin. Umumiy prinsiplar byudjetdan mablag‘ oladigan barcha subyektlarning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy prinsiplar esa subyektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog‘liq ravishda davlat byudjeti mablag‘larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi. Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy prinsiplari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: minimum xarajatlardan maksimum samara olish; davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishning maqsadli xarakterdaligi; ko‘zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan mablag‘lardan foydalanilganligini inobatga olgan holda davlat byudjeti mablag‘larini taqdim etish. Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy tamoyillar bilan birgalikda xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat byudjeti mablag‘larini faqat ishlab chiqarishni kengay-tirish xarajatlariga ajratish; davlat byudjeti mablag‘larining miqdorini aniqlashda “qoldiq” yondashuvidan foydalanish; byudjetdan moliyalashtirish rejalashtirilayotgan xarajatlardan kredit metodini ta’minlash bilan birgalikda foydalanish; korxonalarning moliyaviy holatini byudjetli tartibga solish prinsipi va boshqalar. Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirishning turli shakllaridan foydalaniladi. Smetali moliyalashtirish, dotatsiya, subvensiya, subsidiya, davlat byudjeti ssudalari, baholardagi farqni qoplash va boshqalar byudjetdan moliyalashtirishning shakllaridir67. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling