Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet110/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

16.2. Davlat byudjetining daromadlari
Davlat byudjetining daromadlari65 mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo‘lib, ular oraliq (tranzit) xaraktyerga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan daromadlar va jamg‘armalarning bir qismini byudjetga o‘tkazilishi natijasida vujudga keladi. Davlat byudjeti daromadlarining moddiybuyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag‘lari tashkil etadi. Bu moliyaviy (byudjet) kategoriyaning namoyon bo‘lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to‘lovlar, yig‘imlar, bojlar va ajratmalardan iborat.
Miqdoriy jihatdan davlat byudjetining daromadlari yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulotda (milliy daromadda) davlatning ulushini ko‘rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog‘i mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq davlat byudjetida mablag‘larni yig‘ish miqdori va ularni undirishning shakl va usullari aniqlanadi.
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonining quyidagi prinsiplarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir:
345
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog‘langanmi?

  • Hozirgi sharoitda davlat byudjeti xarajatlarining konkret tarkibi va ularning tuzilmasi qanday?

  • Byudjetdan moliyalashtirishning mazmunini aytib bering.

  • Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy prinsiplarini aytib bering.

  • Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirishning qanday shakllaridan foydalanilmoqda?

  • “Davlat byudjetining xarajatlari” va “Davlat xarajatlari” iboralari bir xil ma’noni anglatadimi?

  • Davlat byudjeti defitsitini qanday tushunasiz?

  • Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablarini bilasizmi?

  • Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan strategik yondashuv (strategiya) nimalarga alohida e’tibor berishni taqozo etadi?

  • Davlat byudjeti defitsiti darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choratadbirlarning asosiy yo‘nalishlarini aytib bering.

  • Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning asosiy manbalarini aytib bering.

  • Davlatning ichki va tashqi qarzlarini qanday tushunasiz?

  • Davlat ichki qarzlarining tarkibini tushuntirib bering.

  • Davlat tashqi qarzlari tarkibiga nimalar kiradi?

  • Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari qanday guruhlardan tashkil topadi?

  • Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalarini aytib bering.

  • Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari nimalardan iborat?

  • Mamlakatning qarz majburiyatlari qanday shakllarda bo‘lishi mumkin?

  • “Davlat byudjeti defitsiti”, “Davlat byudjeti kamomadi”, “Davlat byudjeti taqchilligi”, “Davlat byudjeti yetishmovchiligi” iboralarining ma’nosi bir xilmi?

368
Davlat byudjetining kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo‘naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:

  1. tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xarajatlar;

  2. yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun davlat

byudjeti kreditlari sifatida beriladigan mablag‘lar;

  1. kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar;

  2. amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mulk miqdorini oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar;

  3. davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar.

Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti shakllantirilishi mumkin.
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari, davlat byudjeti tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat byudjeti xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyotning alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subvensiya shaklida ko‘rsatiladigan, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar va davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar davlat byudjetining joriy xarajatlari deyiladi.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra davlat byudjetining xarajatlari iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga bo‘linadi. Bu xarajatlarga, dastlab, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo‘lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini yaratish xarajatlari kiradi.
Davlat byudjetining ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llabquvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo‘lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining shaxsiy, boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan. Bunda davlat byudjetining xarajatlari ijtimoiy iste’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni to‘liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa qisman (markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, davlat byudjeti mablag‘larining katta qismidan shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosi o‘rtasidagi farqlarni qoplash, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli bo‘lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha guruhlarga ajratishga asos qilib milliy iqtisodiyotning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo‘linishi qabul qilingan. Shunga muvofiq ravishda davlat byudjeti xarajatlari sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k. xarajatlariga bo‘linishi mumkin.
Davlat byudjeti xarajatlari milliy iqtisodiyot (xo‘jalik) tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam moliyaviy asosni yaratish bilan birgalikda, xarajatlarning tarmoqlararo bo‘linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarini aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo‘jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo‘nalishga o‘zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi davlat byudjeti mablag‘larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish imkonini berayapti. Bir vaqtning o‘zida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, elektroenergetika va boshqalar) keng ko‘lamlarda byudjetdan moliyalashtirilishi ham ta’minlanmoqda.
Ijtimoiy yo‘nalishi bo‘yicha davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarni o‘zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
– ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;

  • Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat byudjetining daromadlari qanday ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin?

  • Subyektlarning daromadlari qanday metodlarni qo‘llash evaziga davlat byudjeti ixtiyoriga olinayapti?

  • Hozirgi sharoitda davlat byudjeti daromadlarining tarkibi nimalardan iborat va uning tuzilmasi qanday?

  • Mamlakatimizda qo‘llanilayotgan davlat byudjeti daromadlari tizimining samaradorligi bevosita nimaga bog‘liq va u o‘z ichiga nimalarni oladi?

  • “Davlat byudjeti daromadlari” va “Davlat daromadlari” tushunchalari o‘rtasiga barobarlik (tenglik) belgisini qo‘yish mumkinmi?

  • Davlat byudjetining xarajatlari qanday xarakterli belgilarga ega?

  • Davlat byudjeti xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi nimalar bilan izohlanadi?

  • Davlat byudjetining xarajatlari qanday belgilarga ko‘ra turkumlashtiriladi?

  • Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat byudjetining xarajatlari qanday xarajatlarga bo‘linadi?

  • Davlat byudjetining kapital xarajatlari deyilganda nimalar tushuniladi va ularning tarkibi nimalardan iborat?

  • Davlat byudjeti joriy xarajatlarining mazmuni va tarkibini bilasizmi?

  • Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra davlat byudjetining xarajatlari qanday guruhlarga bo‘linadi?

  • Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha guruhlarga ajratishning asosida nimalar yotadi?

  • Ijtimoiy yo‘nalishi bo‘yicha davlat byudjetining xarajatlari qanday guruhlardan tashkil topgan?

  • Davlat byudjeti xarajatlarining konkret turlari tarkibini aytib bering.

  • Davlat byudjetining xarajatlari tashkiliy jihatdan qanday guruhlarga ajratiladi?

  • Davlat byudjetining xarajatlari hududiy belgilariga muvofiq qanday guruhlardan tashkil topadi?

  • Faqat Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan xarajatlar tarkibini bilasizmi?

367
Davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni nimalardan iborat?

  • Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi deyilganda nima nazarda tutiladi?

  • Davlat byudjetining ta’rifini ayting.

  • Davlat byudjetining mohiyatini tushuntirib bering.

  • Davlat byudjeti boshqa iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalar bilan qanday bog‘langan?

  • Davlat byudjeti qanday funksiyalarni bajaradi?

  • Davlat byudjetining taqsimlash va nazorat funksiyalari qanday xarakterli xususiyatlarga ega?

  • Davlat byudjetining taqsimlash va nazorat funksiyalarining miqdoriy va sifat tomonlari nimalardan iborat?

  • Davlat byudjeti mexanizmini qanday tushunasiz?

  • Davlat byudjetining ahamiyatini tushuntirib bering.

  • Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida qanday o‘rinni egallaydi?

  • Davlat byudjetining daromadlari nima uchun oraliq xaraktyerga ega?

  • Davlat byudjeti daromadlarining moddiy-buyumlashgan shaklini nimalar tashkil etadi?

  • Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?

  • Davlat byudjetining daromadlari qanday mezonlar asosida tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin?

  • Davlat byudjetining daromadlari o‘z manbalariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?

  • Davlat byudjetining soliq daromadlari tarkibini bilasizmi?

  • Davlat byudjetining soliq bo‘lmagan daromadlari tarkibiga nimalar kiradi?

  • Tushumlarning qanday turlari (ko‘rinishlari) davlat byudjeti daromadlarining tarkibi hisobiga olinishi mumkin?

  • Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari qanday tartibda tasniflanadi?

  • To‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarning tarkibini aytib bering.

  • O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko‘ra davlat byudjetining daromadlari qanday guruhlarga bo‘linishi mumkin?

366

  • milliy xo‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar; – mudofaa xarajatlari;

  • boshqaruv xarajatlari.

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari o‘z tarkibiga maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini o‘zida aks ettirib, bu guruhdagi davlat byudjetining xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan talabini qondirishga, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yo‘l ochib beradi.
Iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xo‘jalik yurituvchi asosiy subyektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar keng miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industriya asosida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnika vositalari bilan qayta ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyot va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida o‘rin egallaydi.
Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi zarurligi bilan bog‘liqdir. Qurolli Kuchlarning barcha turlari davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga oshirilishi, uning xo‘jalik-tashkilotchilik funksiyasi davlat byudjetidan boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlar ajratilishini taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqaruv organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi.
Davlat byudjetining barcha xarajatlari yuqoridagi to‘rtta guruhdan qaysi biriga kirishidan qat’iy nazar, ular o‘zlarining aniq maqsadlarga mo‘ljallanganligi bo‘yicha ham bir necha qismlarga bo‘linadi. Bu qismlar davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlaridan tarkib topadi. Kapital qo‘yilmalar, dotatsiyalar, subvensiyalar, subsidiyalar, davlat byudjeti ssudalari, ish haqi, ovqatlanish xarajatlari, kapital va joriy remont, kanselyariya va xo‘jalik xarajatlarini davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlari sifatida ko‘rsatish mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining ma’lum aniq maqsadlarga mo‘ljallanganligi bo‘yicha turkumlanishi davlat byudjeti mablag‘laridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan moliyaviy nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi.
Davlat byudjetini iqtisodiy nuqtayi nazardan turkumlarga ajratish bilan birga xarajatlarning tashkiliy jihatidan ham guruhlarga ajratish mumkin. Buning asosida yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar, assotsiatsiyalar, birlashmalar, konsernlar, kompaniyalar va h.k.), davlat byudjeti xarajatlari va hududiy belgilar yotishi mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining yuqori tashkilotlar bo‘yicha guruhlanishi davlat byudjeti mablag‘larini aniq oluvchilarni ko‘rsatadi va ular tarmoq ichida pul fondlarini shakllantirishda mas’ul bo‘lib, ajratilgan davlat byudjeti mablag‘laridan o‘z vaqtida, samarali va qonuniy foydalanish ustidan javobgardirlar.
Davlat byudjeti xarajatlarini hududiy belgiga mos holda bo‘linishi ular markazlashuvining turli darajalarini o‘zida aks ettiradi. Shu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining xarajatlari respublika va mahalliy byudjetlarning xarajatlaridan tarkib topadi.
Davlat byudjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat66:

  • ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;

  • nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;

  • iqtisodiyot xarajatlari;

  • markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;

  • sudlarni saqlab turish xarajatlari;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;

  • va boshqalar.

Mamlakatning qarz majburiyatlari o‘zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo‘lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda (zayom shartlarini, jumladan, to‘lov muddatlari, foiz to‘lovlarining miqdori, muomala muddatlarini o‘zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

  • hukumatning davlatni qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha qarzining asosiy nominal summasi;

  • hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarzning hajmi;

  • mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo‘yicha majburiyatlar hajmi;

  • va boshqalar.

O‘z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:

  • xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari bo‘yicha majburiyatlar hajmi;

  • xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz hajmidan iborat bo‘ladi.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling