Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini
Download 36.5 Kb.
|
21 30
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini tashkil etish tartibi va shakllantirish metodlari .
Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan daromadlar va jamg’armalarning bir qismini byudjetga o’tkazilishi natijasida vujudga keladi. Davlat byudjeti daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’-lari tashkil etadi. Bu moliyaviy kategoriyaning namoyon bo’lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat. Miqdoriy jihatdan davlat byudjetining daromadlari yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulotda (milliy daromadda) davlatning ulushini ko’rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog’i mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq davlat byudjetida mablag’larni yig’ish miqdori va ularni undirishning shakl va usullari aniqlanadi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonining quyidagi prinsiplarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir: soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi kerak; soliqlar ularni to’lovchilar o’rtasida teng taqsimlanmog’i lozim; soliqlarni ishlab chiqaruvchilarning aylanma fondlari hajmiga ta’sir ko’rsatmasligi; soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi; davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha kam xarajat bo’lishi lozim; Davlat byudjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo’lgan davlat byudjetiningko’rinishlaridan biri bo’lib, unga tegishli bo’lgan umumiy xususiyatlarga egadir. Ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog’langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda davlat byudjetining xarajatlari bir butunning o’ziga xos qismi bo’lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag’laridan foydalanish va tegishli fond-larni shakllantirish bilan bog’liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat byudjetining xara-jatlari kapital va joriy xarajatlarga bo’linadi. Davlat byudjetiningkapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo’naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga: a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan xarajatlar; b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun davlat byudjeti kreditlari sifatida beriladigan mablag’lar; c) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar; d) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo’lgan mulk miqdorini oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar; e) davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq davlat byudjetiningkapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar. Nazariy jihatdan olib qaralganda davlat byudjetining sog’lom (normal) faoliyat ko’rsatishi unga tegishli bo’lgan daro-madlar va xarajatlarning tengligini taqozo etadi. Haqi-qatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun davlat byudjeti shu miqdordagi daromadlarga ega bo’lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni to’la amalga oshirishning iloji bo’lmaydi. Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari miqdorlarining o’zaro tengligi davlat byudjetining muvozanatlashtirilganligidan (balanslashtirilganligidan) dalolat beradi. Boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, davlat byudjeti defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik hajmdagi davlat kapital qo’yilmalarini ishlatish amaliyotining mavjudligi; favqulodda hodisalar yuz berishi; iqtisodiyotdagi inqiroz holatlar, uning emirilishi; moliya-kredit tizimlarining etarli darajada samarali emasligi; hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni etarli darajada nazorat qilolmasligi; ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi nisbatan pastligi; tashqi iqtisodiy aloqalarning natijasi nomaqbul ekanligi; davlat byudjeti xarajatlari tarkibiy tuzilishi (strukturasi)-ning oqilona emasligi; mamlakat miqyosida mavjud bo’lmagan mablag’lar hisobidan yashashga intilish; harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi; real ichki imkoniyatni etarli darajada hisobga olmagan holda boshqa mamlakatlarga yordam berilishi; davlatga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivoj-lantirishga rag’batlantiruvchi sifatida foydalanish imkonini bermaydigan va etarli darajada samarali bo’lmagan davlat byudjeti mexanizmining mavjudligi; boshqa sabablar. Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan stra-tegik yondashuv (strategiya) quyidagi holatlarga alohida e’tibor berilishini taqozo etadi: davlat byudjeti defitsitining mavjudligini matematik yo’l bilan hal qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda iqtisodiyotning “davolanish”i o’rniga “kasalligi” kuchayadi; davlat byudjetiningbalansliligi, daromadlarning xarajat-lardan ko’pligi ba’zan iqtisodiyotning sog’lom va uzluksiz rivojlanayotganligidan dalolat bermaydi; davlat byudjeti defitsitining darajasi, odatda, mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti miqdorining 2-3%idan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq kamaytirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko’rish kerak; davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat qimmatbaho qog’ozlarini moliyaviy bozorga joylashtirish ham maqsadga muvofiq. Muomalaga ko’proq miqdorda pul chiqarish yo’lidan esa foydalanmaslik kerak; davlat byudjeti defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish uchun, birinchi navbatda, iqtisodiyotning o’zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana shu maqsadga erishish uchun ko’zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari ixtiyoridagi qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lgan moliyaviy mablag’lar yig’indisidir. Ular alohida davlat moliya tizimining ajralmas bo’g’ini hisoblanadi. Bu jamg’armalarni moliyaviy mablag’larining shakllanishi, taqsimlanishi va resurslardan maqsadli foydalanishi bevosita moliyaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlash-tiriladi va tartibga solinadi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, muayyan bir aholi qatlami yoki investitsion dastur ehtiyojlarini nazarda tutib, mamlakatda yaratilayotgan milliy daromadni qayta taqsimlash orqali tashkil etiladi. Davlat umumjamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni o’z vaqtida va to’liq amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarda shakllanayotgan moliyaviy resurslarning bir qismini byudjetdan tashqari jamg’armalari ixtiyoriga moliyaning taqsimlash funksiyasi orqali jalb qiladi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini tashkil etish tartibi va shakllantirish metodlari. Rivojlangan mamlakatlarning ilg’or tajribalariga tayanib aytish mumkinki, odatda Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari quyidagi shartli ikki yo’l orqali tashkil etiladi: 1. Davlat byudjetiga ajratilishi lozim bo’lgan mablag’lar hisobidan muhim umumjamiyat ahamiyatiga ega bo’lgan muammolarni hal etish uchun ma’lum bir xarajatlarni tashkil etish; 2. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armasini shaxsiy (o’zlik), maxsus ajratma va badal mablag’lari hisobidan shakllantirish. Download 36.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling