Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarining moliyaviy
Download 36.5 Kb.
|
21 30
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir tomonlama moliyaviy munosabatlar.
- O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini shakllantirish manbalari
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarining moliyaviy
munosabatlari. Alohida mamlakatlarda Davlat byudjetidan tashqari Davlat jamg’armalarining mavjudligi fond ichida, fondlararo va moliya tizimining boshqa bo’g’inlari o’rtasida ko’p qirrali moliyaviy munosabatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Amaliyotdagi bunday moliyaviy munosabatlar bir tomonlama, ikki tomonlama va ko’p tomonlama bo’lishi mumkin. Bir tomonlama moliyaviy munosabatlar. Bunday munosabatlar, odatda, jamg’armaning daromadlarini shakllantirishda yoki uning xarajatlarini amalga oshirishda namoyon bo’ladi. 2019-yil 1-yanvar holatiga binoan, O‘zbekiston Respublikasida pensionerlar soni – 3485869 nafarni tashkil etdi. Shundan: 2618503 nafar yoshga doir pensionerlar; nogiron pensionerlar 370626 nafar va boquvchisini yo’qotgan pensionerlar 173922 nafarni tashkil etmoqda. Ushbularni ijtimoiy himoya qilish va manzilli yordam berish, o’z navbatida, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini tashkil etishga asos bo’ladi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining asosiy vazifalaridan biri O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonunini hayotga tatbiq etishga qaratilgan. Qayd etilgan qonunning 2-moddasida quyidagi ko’rinishdagi davlat pensiyalari zikr etilgan: – yoshga qarab; – nogironligi bo’yicha; – boquvchisini yo’qotganligiga ko’ra. 1995-yil 20-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1289–sonli Farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmonda 1996-yil 1-yanvardan boshlab, ishlayotgan, xizmat ko’rsatayotgan va ish bajarayotgan pensionerlar uchun mo’ljallangan, belgilangan pensiyaning 50% to’lanishi nazarda tutilgan. Shuni alohida qayd etish joizki, ushbu tartib 2019-moliya yilidan boshlab bekor qilindi. Endilikda, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari yoxud shularga tenglashtirilganlar, 1-2-guruh nogironlari, Chernobil halokatini bartaraf etishda ishtirok etgan, shuningdek hukumat qarorlariga ko’ra alohida kasb egalari bo’lgan (masalan, shifokor-pensionerlar, mudofaa, ichki ishlar, favquloddagi vaziyatlar, milliy gvardiya, milliy xavfsizlik, bojxona tizimidagi pensionerlar, umumta’lim muassasalari va maktabgacha tarbiya muassasalarida faoliyat olib borayotgan pensionerlar, mahalla oqsoqoli va boshqalar) ishlayotgan pensionerlar kabi ishlayotgan barcha pensionerlar to’liq 100% miqdorda olinishi belgilandi O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini shakllantirish manbalari: qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan yagona ijtimoiy to’lovlardan ajratmalar; mehnatni muhofaza qilish bo’yicha davlat huquq mehnat inspektorlari va davlat texnik inspektorlari, shuningdek, mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni buzganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan ma’muriy undiruvlar summasi; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy tuzilmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar va imoratlarni sotishdan tushgan mablag’lar, mulkni baholash va sotish bo’yicha aniq xarajatlardan tashqari, to’liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga yo’naltiriladi; fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan nodavlat tashkilotlari xorijga ishga yuborilgan har bir fuqaro uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavka bo’yicha Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga mablag’lar o’tkazadilar; ta’sischi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda barcha soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlatning maqsadli jamg’armalariga to’lovlar to’langanidan so’ng, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi davlat unitar korxonalarida qoladigan sof foydaning bir qismi; qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda mehnat daftarchalari blanklarini sotishdan olingan daromadlar; bandlik jamg’armasining bo’sh mablag’larini tijorat banklarida va boshqa moliya tuzilmalarida joylashtirishdan olingan daromadlar; jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya yordamlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar. Download 36.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling