7-Mavzu. Konchilik korxonalarida elektr tarmoqlarni o’tqazish. Reja


Download 2.79 Mb.
bet1/12
Sana20.10.2023
Hajmi2.79 Mb.
#1713754
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-Ma\'ruza


7-Mavzu. Konchilik korxonalarida elektr tarmoqlarni o’tqazish.


Reja:

1.Kоnchilik kоrхоnаlаrining elektr tаrmоqlаrni o’tqazish.


2. Hаvо liniyalаri vа ulаrni o‘tkаzish.
3. Kabel liniyalari vа ulаrni o‘tkаzish.
4.Tok o‘tqazuvchilar vа ulаrni o‘tkаzish.
5.Elektr o‘tkazuvchilar vа ulаrni o‘tkаzish.

1.Kоnchilik kоrхоnаlаrining elektr tаrmоqlаrni o’tqazish.

Konchilik korxonalarida elektr energiyaning keng qo‘llanilishi, uni uzatish masalalariga alohida ahamiyat berilishini taqozo qiladi. Elektr energiyani uzatish elektr tarmoqlar vositasida amalga oshiriladi.


Elektr tarmoqlar quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:
– kuchlanish miqdori bo‘yicha har bir tarmoq nominal kuchlanishi bilan tavsiflanadi. Nominal kuchlanishlar shartli ravishda past, o‘rta, yuqori va o‘ta yuqori chegaralarga bo‘linadi. Undan tashqari ba’zi holatlarda tarmoqlar 1000 V gacha va 1000 V dan yuqori kuchlanishlarga ajratiladi;
– tokning turi bo‘yicha o‘zgarmas tok va o‘zgaruvchan tok tarmoqlariga bo‘linadi. O‘zgaruvchan tok tarmoqlari bir fazali ikkita simli yoki uch, to‘rt simli uch fazali bo‘ladi;
– vazifasi bo‘yicha ta’minlovchi va taqsimlovchi tarmoqlarga bo‘linadi. Ta’minlovchi tarmoqlar elektrstantsiyalar bilan podstan­siyalarni bog‘laydi va kuchlanishi odatda 35 kV va undan yuqori bo‘ladi. Taqsimlovchi tarmoqlar iste’molchilarni elektr energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi va kuchlanishi 35 kV dan past bo‘ladi;
– tuzilishi bo‘yicha havo liniyalari, kabel liniyalari, shinalar va elektr simlarga bo‘linadi;
Konchilik korxonalarida elektr tarmoqlarning bir necha turlari jumladan havo liniyalari, kabel liniyalari, shinalar va elektr simlar qo‘llaniladi.
Ushbu tarmoqlarni tanlashga va bajarilishiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
– yong‘in chiqarishdan xavfsiz, ya’ni normal va avariya rejim­larida tarmoqdan oqqan tok belgilanganidan ortiqcha qizishga olib kelmaslik;
– texnika nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqlik, ya’ni normal va avariya rejimlarida tarmoqda isrof bo‘lgan kuchlanish qiymati nor­madan oshmaslik;
– tejamli, ya’ni tarmoqning kesim yuzasining qiymati iqtisodiy nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq bo‘lishi;
mexanik mustaxkamlik, ya’ni tashqi muhit ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak (bu talab asosan havo liniyalariga tegishli).
Kon korxonalarida uchraydigan elektr tarmoqlar tuzilishi va bajarilishi bo‘yicha quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:
a) izolyatsiyasiz simlarni izolyatorlar yordamida tayanchlarga mahkamlangan, ochiq havodan o‘tkazilgan – havo liniyalar (HL);
b) transheyalarda, tonnellarda yotqizilgan yoki yerga ko‘milgan har turli kabellar – kabel liniyalar (KL);
d) galereyalarda, estakadalarda, tonellarda yoki maxsus yo‘lak­larda tayanchli konstruksiyalarga mahkamlangan, katta kesimli izolyatsiyasiz yoki izolyatsiyalangan simlardan tuzilgan – tok o‘tkazuvchilar;
e) binolarning ichki va tashqi devorlariga mahkamlangan, kichik kesimli (16 mm2), kichik kuchlanishli (1000 V gacha) rezina yoki plastmassa izolyatsiyali simlardan tuzilgan – elektr o‘tkazuvchilar.



Download 2.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling