Dielektrikning mexanik xossalari
Download 39.41 Kb.
|
15 uz-assistant.uz
Dielektrikning mexanik xossalariReja:
1. Dielektriklar haqida maʼlumot. 2. Dielektriklarning cho‘zilishdagi mustaxkamligi. 3. Nisbiy cho‘zilishning qiymatlari. 1. Dielektriklar haqida maʼlumot. Izolyasion materiallardan ishlab chiqarilgan konstruksiyalar mexanik kuch taʼsiri ostida bo‘lishi sababli ularning mexanik mustaxkamligi va deformatsiyasini o‘rganish katta axamiyatga ega. Statik cho‘zilish, sikilish va egilishning oddiy ko‘rinishlari amaliy mexanikaning asosiy qonuniyatlariga bo‘ysunadi va bundagi mustaxkamlik chegaralarining qiymatlari (4, s, e) si da Paskalda o‘lchanadi. (1Pa=1N/m2=10-5kgs/sm2). Cho‘zilishdagi mustaxkamlik yupka varaq tasma shaklidagi dielektriklarga hos bo‘lib, bu materiallar o‘tkazgich yuzasiga, masalan, kabel o‘zagiga koplanayotganda hisobga olinadi: (.1.) bunda Rch-dielektrikning uzilish laxzasidagi taʼsir kuchi, KG; F-dielektrikning kundalang kesim yuzasi, m2. Uzish mashinasida materialning yemirilishga bo‘lgan mustaxkamligi (Rch)ni aniqlash bilan birga, jismning cho‘zilish paytidagi nisbiy cho‘zilishi ham aniqlanadi. (2.) Nisbiy cho‘zilishning kichik qiymatlari (10.1-rasm) murt va qattiq jismlar (chinni, shisha, getinaks) uchun tegishli bo‘lib, qayishqok materiallar (rezina, elastomer) da esa i ko‘rsatkichi. Nisbatdan katta kiymatlarga ega bo‘ladi. Chunki qayishqoq materialning mexanik mustaxkamligi kichik qiymatlarga ega. Baʼzi plastik materiallarda i kiymati qattiq va qayishqoq materiallarning xarakteristikalari oralig‘ida bo‘ladi. Materiallarni mexanik mustaxkamligi maxsus tayyorlangan namunalar yordamida aniqlanadi. Materiallardan tayerlanadigan namuna-larning shakli ularga qo‘yiladigan kuch yo‘nalishini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Masalan, rasmda dielektrikning cho‘zilish (a)-siqilish (b) va egilish (v) ga bo‘lgan mustaxkamligini aniqlash uchun tayerlangan namunalarning shakllari keltirilgan [10.1]. rasm. Materiallarning siqilishga bo‘lgan vaqtincha qarshiligi bo‘lgani sababli ularda siqilishdagi kuchlanishni aniqlash shart emas. Dielektriklarda esa bo‘lganligi sababli mexanik mustaxkamlik ikkala yo‘nalishda aloxida-aloxida aniqlanadi. Tolali va qatlamli dielektriklarni sinash uchun namunalar tayyorlashda ulardagi tola yo‘nalishi eʼtiborga olinadi. Ko‘pchilik dielektriklarning siqilishga bo‘lgan mustaxkamligi cho‘zi-lishga bo‘lgan mustaxkamligidan ancha yuqoriligi( ) sababli ularni, asosan, siqilish yo‘nalishi bo‘yicha ishlatish maksadga muvofiqdir. Download 39.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling