2. Dielektriklarning cho‘zilishdagi mustaxkamligi.
Jismning egilishidagi zo‘rikishi eguvchi moment (M)ning qarshilik momenti (W) ga aniqlanadi:
(.3.)
Aksariyat materiallarning mexanik mustaxkamligi ularning kesim yuzasiga uzviy ravishda bog‘liq bo‘ladi. Dielektrikning mexanik hossasi temperaturaga ham bog‘liq bo‘lib, issiklik taʼsirida uning mexanik mustaxkamligi kamayadi. Gigroskopik -materiallarda namlik orta borgan sari ularning mexanik mustaxkamligi pasayib boradi.
Murtlik - plastik diformatsiyasiz yemirilish turiga kirib, u material strukturasi va tekshirish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Materialga taʼsir ettiriladigan kuchlanish tezligi oshirib borilib, uning temperaturasi esa keskin kamaytirilsa, jismning murtlikka bo‘lgan mexanik mustaxkamligi kamayadi. Ko‘pgina materiallar katta statik yemirilish kuchlanishga ega bo‘lishi bilan bir qatorda murtligi sababli, ularning dinamik yemirilish kuchlanishi kichik bo‘ladi. Materiallarning dinamik kuchlanishini aniqlaydigan usul-bu urilish egiluvchanligi yoki urilish qovushqoqligidir. Jismning urilish qovushqoqligi (yoki urilishi) , uni singdirishga sarf etiladigan quvvatning (A) shu jism kesim yuzasiga (F) bo‘lgan nisbati ( ) orqali aniqlanadi. Bu qiymat polietilenda 100 kJ / m2 bo‘lgani holda sopol va mekaleksda bor-yo‘gi 2-5 kJ/m2 ga tengdir.
Suyuk dielektriklar (moy, lok, kompaund)ning mexanik xossalarini o‘rganishda qovushqoqlik qo‘l keladi. Qovushqoqlik deganda suyuqlik va gaz molekulalarning siljishidagi ichki ishkalanish tufayli yuzaga keladigan ichki qarshilik (ichki ishkalanish) tushuniladi. U bilan belgilanib, dinamik qovushqoqlik (ichki ishkalanish) deyiladi va 1Pa·s=10 P=1000 sP (Puaz)da o‘lchanadi.
kinematik qovushqoqlik deyiladi va Stokslarda o‘lchanadi.
3. Nisbiy cho‘zilishning qiymatlar.
Materialning cho‘zilishga mustaxkamlik chegarasini aniqlash bilan bir vaqtda aniqlanadi. Buning uchun namunaning dastlabki uzunligi (L0) va uzilishdagi uzayish l aniqlanadi. Bu xolda cho‘zilishdagi nisbiy uzayish (yer) ushbu: formuladan aniqlanadi l0 lr bir qil birliklarda o‘lchanishi kerak. Bu xarakteristika material cho‘ziluvchanligi, elastikligini baxolashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |