Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
XYuSlarning moliyaviy barqarorligi tushunchasi nimani anglatadi? Moliyaviy barqarorlik mazmunining asosida nimalar yotadi? Moliyaviy barqarorlikning tahlili tahlil davri mobaynida XYuS o‘zining moliyaviy resurslarini qanday vazifalarni yechish uchun qanchalik to‘g‘ri boshqarganligini aniqlashga imkon beradi? XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga qanday omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va ular qanday belgilariga ko‘ra tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi)? Vujudga kelish joyiga qarab XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qanday guruhlarga bo‘linadi? Natijasining muhimligiga ko‘ra moliyaviy barqarorlikka o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi omillar qanday guruhlardan tashkil topadi? Tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qanday ikki guruhdagi omillardan tarkib topadi? Harakat etish davriga muvofiq moliyaviy barqarorlikka o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi omillarni qanday guruhlarga ajratish mumkin? XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi asosiy ichki omillarga nimalar kiradi? Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi tashqi omillarni aytib bering. XYuSning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga bog‘liq ravishda barqarorlik qanday guruhlarga bo‘linadi? Ichki, tashqi va umumiy barqarorlikning mazmuni nimada? Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilishning vazifalarini aytib bering. O‘z aylanma mablag‘lari, zaxiralar va xarajatlarni shakllantirishning boshqa manbalari ko‘rsatkichlarining nisbatiga va zaxiralarning miqdoriga bog‘liq ravishda XYuSlar moliyaviy barqarorligining qanday tur (tip)larini ajratib ko‘rsatish mumkin? Absolyut moliyaviy barqarorlik, sog‘lom (normal) moliyaviy barqarorlik, beqaror moliyaviy ahvol va inqirozli moliyaviy holatlar nimani anglatadi? Moliyaviy holatni aniqlash uchun qanday moliyaviy tahlil o‘tkaziladi? Moliyaviy tahlilning maqsadi nimalardan iborat? Moliyaviy barqarorlikning tahlili nimalar yordamida amalga oshirilishi mumkin? Eng umumiy ko‘rinishda XYuSning moliyaviy barqarorligini qanday ko‘rsatkichlar xarakterlaydi? Avtonomlik koeffitsiyenti, qarz kapitalining konsentratsiyalashuvi koeffitsiyenti, qarz va o‘z mablag‘larining nisbati koeffitsiyentlari qanday hisoblanadi? XYuS joriy faoliyatining moliyalashtirish o‘z manbalari, ya’ni o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi qanday koeffitsiyentlar yordamida baholanadi? Zaxiralar va xarajatlarning o‘z kapitali bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti, moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti, o‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyentlari qanday hisoblanadi va ular nimalarni anglatadi? XYuS moliyaviy barqarorligini oshirishning omillarini tushuntirib bering. Davlat byudjetining daromadlari o‘zining yaxlitligi (yagonaligi, birligi) bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga – ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Undirish metodlari, to‘lovchilarning tarkibi, to‘lash muddatlari va hokazolarda katta farqlanishlar bo‘lishiga qaramasdan, ularning barchasi davlat pul fondini shakllantirish bo‘yicha davlat va to‘lovchilar o‘rtasida vujudga kelgan taqsimlash munosabatlarini tashuvchilar (ifodalovchilar)dir. Bu o‘z navbatida, mablag‘larni to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning barchasi orasidan moliyaviy (byudjet) kategoriyaning bir ko‘rinishi sifatida alohida munosabatlarni ajratib olishga asos yaratib beradi. Agar moliya iqtisodiy kategoriya sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, davlat byudjeti bu kategoriyaning tarkibiy qismi, ko‘rinishlaridan biridir. O‘z navbatida, davlat byudjeti o‘ziga tegishli bo‘lgan (byudjet) kategoriyalarni vujudga keltiradi. Ular davlat byudjeti deb nomlangan kategoriyaga nisbatan ma’lum darajada bo‘ysunuvchanlik xarakteriga ega bo‘lib, uning tarkibiy qismlari sifatida maydonga chiqadi. Ana shunday davlat byudjeti kategoriyalaridan biri davlat byudjetining daromadlaridir. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling