Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari va ularni oshirish yo‘llari


Download 1.64 Mb.
bet102/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

15.2. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari va ularni oshirish yo‘llari
Moliyaviy barqarorlikning tahlili absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlar, ya’ni moliyaviy koeffitsiyentlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Moliyaviy koeffitsiyentlarni hisoblash uchun axborot
(informatsion) bazasi sifatida buxgalteriya hisoboti xizmat qiladi. Bu koeffitsiyentlar balans tuzilgan sanada hisoblanadi va dinamik ko‘rinishda tahlil qilinishi mumkin.
Eng umumiy ko‘rinishda XYuSning moliyaviy barqarorligini quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalaydi:

  • avtonomlik koeffitsiyenti;

  • qarz kapitalining konsentratsiyalashuvi koeffitsiyenti;

  • qarz va o‘z mablag‘larining nisbati koeffitsiyenti.

Avtonomlik koeffitsiyenti XYuSning barcha mulkiga joylashtirilgan o‘z mablag‘larining barcha mablag‘larning umumiy summasidagi hissasi (salmog‘i)ni ko‘rsatadi. Uni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:
K a = O‘ k : B b
Bu yerda: K aavtonomlik koeffitsiyenti;
O‘ k – o‘z kapitali (“Kapital va rezervlar” deb
nomlanuvchi balans Sh bo‘limining jami)
B b – balans valyutasi (o‘z va qarz kapital yig‘indisi, ya’ni moliyalashtirishning umumiy summasi).
XYuSning moliyaviy ahvoli avtonomlik koeffitsiyentining darajasi 0,5dan kichik bo‘lmagan holda barqaror deb hisoblanadi.
Bu XYuSning yarim mulki uning o‘z mablag‘lari hisobidan shakllanganligini anglatadi. Avtonomlik koeffitsiyentining o‘sishi moliyaviy barqarorlikning oshganligidan dalolat beradi.
Qarz kapitalning kontsentratsiyalashuvi koeffitsiyenti qarzning kapital umumiy summasidagi salmog‘ini aniqlab beradi va uni formula yordamida quyidagicha ifodalash mumkin:
K qk = Q k : B b
Bu yerda: Kqk - qarz kapitalning konsentratsiyalashuvi koeffitsiyenti;

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling