Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
O‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyenti
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
O‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyenti XYuS o‘z aylanma mablag‘larining o‘z kapitali summasiga nisbati orqali ifodalanadi:
K м = O‘ ам : O‘ к Bu yerda: K м - o‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyenti; O‘ ам - o‘z aylanma mablag‘lari; O‘ к - o‘z kapitali. Bu koeffitsiyent o‘z kapitalining qancha qismi joriy faoliyatni moliyalashtirishda foydalanilayotganligi va qancha qismi kapitallashtirilganligini ko‘rsatadi. Uning 0,5ga teng bo‘lgan darajasi optimal hisoblanadi Zarur bo‘lgan hollarda XYuSning moliyaviy barqarorligini xarakterlaydigan boshqa ko‘rsatkichlardan ham foydalanish mumkin. XYuS moliyaviy barqarorligini oshirishning omillari quyidagilardan iborat: • asosiy va aylanma mablag‘larning mazmunini optimallashtirish: innovatsion texnologiyalar sotib olishni ko‘paytirish, tugallanmagan ishlab chiqarishni qisqartirish, mahsulot tannarxini pasaytirish; maqsadli taqsimlanishini rag‘batlantirishi ham kerak. Shunday qilib, davlat tomonidan o‘rnatilgan tartib natijasida vujudga kelgan byudjetga to‘lovlarning turli shakllari davlatning qonunlarida, moliyaviy boshqaruv organlarining normativ hujjatlarida o‘z ifodasini topgan obyektiv omillarga ma’lum darajada bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan turli fondlarning shakllanishi yuz beradi, ya’ni umumdavlat pul fondini taqsimlashning murakkab jarayoni amalga oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy bo‘linmalardan ajralgan ichki davlat byudjeti jarayonidek ko‘rinadi. Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyatdagi barcha subyektlarning manfaatlari o‘zaro to‘qnash keladi. Mamlakatdagi har bir ma’muriy-hududiy birlik o‘z byudjetiga ega bo‘lganligi uchun bu bosqichda ana shu byudjetlarning (ya’ni hududlarga mo‘ljallangan fondlarning) umumiy hajmini to‘g‘ri aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. U yoki bu davlat byudjetining xarajatlari joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos kelmasligi oqibatida ularni qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlash zaruriyati vujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni balanslashtirish zarurati paydo bo‘ladi. Shunday qilib, murakkab taqsimlash jarayoni sodir bo‘ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy bo‘linmalarining barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari o‘z mablag‘larini berishsa, boshqalari esa davlat byudjeti mexanizmi orqali bu mablag‘larni oladi. Sirtdan qaralganda, davlat byudjeti mablag‘larini hududlararo taqsimlash byudjetlarning yuqori va quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi munosabatlardek ko‘rinadi. Chunki bu jarayon yuqori byudjetlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Biroq o‘z daromadlari hisobidan quyi bo‘g‘inlarning davlat byudjeti munosabatlarini tartibga soluvchi har bir davlat byudjeti bo‘linmasi amalda bu munosabatlarning tarkibiga yuqorida ko‘rsatilgan balanslashtirish sodir bo‘layotgan ko‘plab ma’muriy-hududiy birliklarni kiritadi. Ular esa, o‘z navbatida, byudjetlararo munosabatlarni tartibga solishda xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholidan tushgan mablag‘larni sarflaydi. Demak, bu jarayonda ham turli subyektlar o‘rtasida murakkab va ko‘p tomonlama taqsimlash munosabatlari vujudga keladi. 333 byudjetining daromadlari aniq ifodalangan davlat byudjeti kategoriyasi bo‘lib, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish taqsimlashning davlat byudjeti mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Davlat byudjeti daromadlarining turli ko‘rinishlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, daromad solig‘i va boshqalar) davlat byudjeti kategoriyalarining navbatdagi ko‘rinishlari sifatida talqin qilish uchun asoslar yetarli emas. Chunki mazmuniga ko‘ra iqtisodiy kategoriyalar obyektiv bo‘lib, ular iqtisodiy qonunlarning harakatini ifodalasa, ularning namoyon bo‘lish shakli esa, ma’lum darajada, subyektiv bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham daromadlarning har bir ko‘rinishiga tegishli bo‘lgan xususiyatlar obyektiv harakatdagi (amaldagi) iqtisodiy kategoriyaning – davlat byudjeti daromadlarining namoyon bo‘lish, ifodalanish shaklidir. Bu xulosaning to‘g‘riligini ko‘p yillik amaliyot ham tasdiqlaydi. Davlat bor ekan, davlat byudjetiga to‘lovlar ham mavjud bo‘ladi. Lekin byudjetga to‘lovlarning shakli ma’lum bir bosqichda jamiyatning oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq ravishda o‘zgarib boradi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida byudjetga to‘lovlarning u yoki bu turi hal qiluvchi rol o‘ynashi, vaqt o‘tishi bilan esa ular o‘z ahamiyatini yo‘qotib, boshqa to‘lovlar bilan almashtirilishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, davlat byudjeti daromadlari kategoriyasining namoyon bo‘lish shakllarining o‘zgarib borganligiga qaramasdan, bu kategoriyaning saqlanib qolganligini anglatadi. Demak, byudjetga to‘lovlar ko‘rinishining o‘zgarishi, bir to‘lovning boshqa biri bilan almashtirilishi iqtisodiy kategoriya mazmunining emas, balki shakllarining evolyutsiyasidir. Biroq bundan moliyaviy va davlat byudjeti kategoriyalari qat’iyan obyektiv, ularning namoyon bo‘lish shakllari esa subyektivdir, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Iqtisodiy qonunlarning harakati, iqtisodiyotning taraqqiyot darajasi, ishlab chiqarish munosabatlarining yetukligi va boshqa omillar, ma’lum darajada, davlat byudjeti daromadlarining shakllarini ham belgilab beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng asosiy vazifalardan biri iqtisodiy taraqqiyotga erishish, uning samaradorligini ta’minlash, raqobatbardoshlikka erishish hisoblansa, bu vazifalarning bajarilishiga byudjetga to‘lovlarning shakllari ham o‘zining sezilarli hissasini qo‘shishi kerak. Ular davlat byudjeti daromadlarini miqdoriy jihatdan ta’minlabgina qolmasdan, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va moliyaviy resurslarning oqilona va 332 XYuS pul-hisob-kitob o‘zaro aloqalarining samaradorligini oshirish; oqilona baho siyosati va foydani taqsimlashni opti- mallashtirish; muvaffaqiyatli moliyaviy strategiyani amalga oshirishni, XYuSning sog‘lom (normal) ishini ta’minlovchi moliyaviy resurslarni shakllantirishning mumkin bo‘lgan variantlarini asoslash. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling