Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
21.3. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi
Bozor iqtisodiyoti asosida milliy iqtisodiyotini tashkil etayotgan barcha mamlakatlarda bandlik (ishsizlikni oldini olish)ni qo‘llabquvvatlash davlat jamg‘armalari tashkil etiladi. Jamg‘armaning hajmi, moliyalashtirish manbalari va xarajat yo‘nalishlari har bir alohida davlatning olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatidan kelib chiqadi. Byudjetdan tashqari bandlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi maqsadli xususiyatga ega bo‘lib, davlat tasarrufi va uning joylardagi vakolatini olgan organlarda tashkil etiladi. “O‘zbekiston Respublikasida Bandlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 606-sonli Qarori 1992-yil 508 Mahkamasining 1996-yil 27- dekabrdagi 459-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi va ijtimoiy ta’minot mahalliy organlari qoshida tegishli hududiy bo‘linmalari va bo‘limlari bo‘lgan Pensiya jamg‘armasi tashkil etilgan. Pensiya ta’minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar to‘liq yig‘ilishini ko‘paytirish, amaldagi boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va nafaqalar to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi 444-son qaroriga muvofiq, 2001-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)ga pensiyalar, shuningdek‚ ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan to‘lanadigan nafaqalarni o‘z vaqtida hisoblash va to‘lash funksiyalari yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2004-yil 21-oktyabrdagi 490-son qaroriga asosan, 2005-yil 1- yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasiga aylantirilgan. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda pensiya ta’minoti tizimining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan o‘z vaqtida moliyalashtirish hamda ularni to‘liq hajmda to‘lash, shuningdek, respublika fuqarolarining pensiya ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoniga muvofiq, 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlarni tayinlash, moliyalashtirish, ularning to‘lanishini hisobga olish va monitoringini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. 2005-moliya yili boshlangunga qadar, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi dastlab O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, so‘ngra vazirlik Mehnat vazirligi bilan umumlashtirilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) tasarrufiga o‘tkazildi. 2004-yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 490-sonli “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi boshqaruvini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorga muvofiq Pensiya jamg‘armasi 2005-yil 1-yanvardan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi maqomini oldi. Shuningdek, ushbu qaror bilan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasini boshqaruv kengashi va uning tarkibi ham belgilandi. Qayd etilgan qarorga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasini tezkor muvofiqlashtirib turuvchi Ijroiya direksiya tasdiqlangan. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling