Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
21.6. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiO‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2006-yil 11-maydagi PF–3751-sonli Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Jamg‘arma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasa bo‘lib, faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat. Jamg‘arma loyihalarni moliyalashtirish (qo‘shma moliyalashtirish) quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatga kiritilgan vakolatli banklarning (keyingi o‘rinlarda — tijorat banklari) buyurtmanomalariga binoan — muddatli, to‘lovli va qaytarish asosida kreditlar berish va kredit liniyalarini ochish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bo‘yicha ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnikiqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun Iqtisodiyot vazirligi buyurtmanomalariga binoan — grantlar yoki foizsiz kreditlar berish (yiliga Jamg‘armaning o‘tgan yildagi foydasining 5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tijorat banklari va qarz oluvchining buyurtmanomalari bo‘yicha hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida — Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish; tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarning ta’sis hujjatlariga va ularni tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarorlariga muvofiq — yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish (korxona yoki tashkilot ustav kapitali (fondi)ning 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda). Shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga ishlatilishi mumkin: Moliya vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha va tegishli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan — davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lash; tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bo‘yicha — yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling