Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet174/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

22.3. Ijtimoiy nafaqalar


Ijtimoiy nafaqalarning turli ko‘rinishlari aholining ijtimoiy himoyalash tizimida muhim o‘rin egallaydi. Ularning tarkibi Bolalikdan nogironlarga va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga, pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga, homiladorlik va tug‘ish, farzand tug‘ilganda, bola parvarishi va boshqa holatlar bo‘yicha vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi uchun, kam ta’minlanganlik, ishsizlik nafaqalardan va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin.
Bolalikdan nogironlarga va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa. Ushbu nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011yil 7-aprel kuni qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” gi Qaroriga asosan tayinlanadi.
Nafaqa olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan bolalikdan I guruh nogironlari, bolalikdan II guruh nogironlari deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta shaxslar, kasallikning bosqichidan qat’iy nazar, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar, shuningdek nafaqa olish huquqini beradigan tibbiy xulosa mavjud bo‘lgan taqdirda 16 yoshgacha nogiron bolalar egadirlar. Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo bo‘lgandan so‘ng biron-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin. Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Bunda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa qonun hujjatlarida bolalikdan nogironlar uchun belgilangan miqdorda tayinlanadi. Nafaqani tayinlash Nafaqani tayinlash va to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan, moliyalashtirish uchun mablag‘lar davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

  • hibsda bo‘lgan davrda;

  • sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tish davrida.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’iy nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to‘lanadi:

  • ishlayotgan 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilariga;

  • baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;

  • qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;

  • Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;

  • Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;

  • mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga.

Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo‘ladigan xatarli o‘simtalar, jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo‘yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog‘liq ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

  • umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga ish haqining 100 foizi miqdorida;

  • umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;

  • umumiy ish staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.

Yuqorida ta’kidlangan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
557
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi (mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-ket to‘rt oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi.
Agar ishlovchi nogironning vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to‘la sog‘aygunga yoki mehnatda mayiblanish yoxud kasb kasalligi bilan bog‘liq nogironlik guruhi qayta ko‘rib chiqilgunga qadar to‘lanadi.
Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa shaxs to‘la sog‘aygunga qadar, lekin ko‘pi bilan 10 oyga beriladi. Xodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki sil kasalligi oqibatida nogiron deb topilganda nafaqa ko‘pi bilan 6 oyga beriladi. TMEK ko‘rigidan belgilangan muddatda qayta o‘tmagan nogironga nafaqa mazkur bandda belgilangan muddatlarga to‘lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to‘g‘ri kelganda nafaqa to‘lanmaydi:

  • ish haqi saqlanmagan ta’til;

  • bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til;

  • ish vaqtincha to‘xtatilgan;

  • xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to‘lash to‘xtatib qo‘yilganligi sababli ishlamagan;

  • harbiy o‘quv yoki tekshiruv yig‘ini;

  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til.

Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi:

  • ishdan yoki boshqa vazifalardan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoxud o‘zini kasallikka solganda;

  • giyohvandlik yoki mastlik bilan bog‘liq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda);

  • jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;

  • sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda

(ruhiy kasallardan tashqari);
556
Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi. 16 yoshdan katta bolalikdan nogironga nafaqa nogironlikning butun davriga tayinlanadi. Nogiron bolaga nafaqa tibbiy xulosa berilgan muddatga tayinlanadi. OIV infeksiyasiga chalingan shaxsga nafaqa u o‘n sakkiz yoshga to‘lgungacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling