Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet238/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Dempingga qarshi bojxona bojlari – mahsulotni chiqarayotgan mamlakatdagi tovarlarning qiymatidan shu tovarlar olib kirilayotgan mamlakatda shu tovarlarning bahosi past bo‘lsa, bu narsa mamlakat o‘z ishlab chiqaruvchilariga moddiy zarar yetkazish xavfini tug‘dirsa yoki shunga o‘xshash tovarlarni mamlakat doirasida ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘yishi mumkin bo‘lsa joriy etiladi.
E

Yer uchun to‘lovlarning shakllari – yer solig‘i, ijara haqi va yerning normativ bahosidan iborat. Erning egalari, erning mulkdorlari va yerdan foydalanuvchilar yillik yer solig‘iga tortiladi. Ijaraga berilgan yer uchun ijara haqi olinadi. Qonunda ko‘zda tutilgan hollarda sotib olish va bankdan kredit olish uchun garov sifatida yerdan foydalanilganda erning nomativ bahosi belgilanadi (o‘rnatiladi).
Yer solig‘i yer egalari, yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar to‘laydigan soliq. Uning miqdori yer egalari, yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar xo‘jalik faoliyatining natijalariga bog‘liq bo‘lmasdan, balki bir yil uchun er birligiga nisbatan barqaror to‘lovlar ko‘rinishida o‘rnatiladi. O‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bu soliqning to‘lovchilaridir. Soliqning stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yer solig‘i yuridik shaxslar tomonidan K

Kafolat fondi – davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlaridan kelib chiquvchi to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika byudjeti tarkibida tuziladigan fond.
Korxonalarning davlat reestri – soliq to‘lovchilarni soliq inspektsiyasida hisobga olish uchun qo‘llaniladi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni identifikatsiyalashtirishni ta’minlaydi.
Ko‘chmas mulk - er bilan mustahkam bog‘liq bo‘lgan er maydonlari, alohidalashtirilgan suv obyektlari, o‘rmonlar, ko‘p yillik o‘simliklar, binolar, inshootlardan iborat. Ularning ko‘chirilishi shu narsalarning mo‘ljallanganligiga zarar yetkazadi. Ko‘chmas mulkning tarkibiga davlat qaydidan o‘tgan havo va dengiz kemalari, kosmik obyektlar ham kiradi. Ko‘chmas mulkning asosiy belgisi sifatida er hisobga olinadi. Qonun bo‘yicha ko‘chmas mulkning tarkibiga boshqa mulklar, masalan, korxona yoki xonadonlar ham kiritilishi mumkin.
Korxona mulki – asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zaxiralarining yig‘indisidan iborat. Uning tarkibiga: materiallar, tayyor mahsulot, kelgusi davr xarajatlari, hisobot davrida (kunida) mahsulot tannarxi tarkibiga kiritilmagan, lekin amalga oshirilgan ishlab chiqarish xarajatlari, qoldiq mahsulotlarning muomala xarajatlari va ortib jo‘natilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqalar kiradi. Soliqqa tortish bazasi (asosi) hisoblanayotgan paytda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiradigan predmetlarning qiymatidan eskirish summasi chiqarib tashlanadi.
Kvota – 1) tegishli bitim doirasida milliy yoki xalqaro birlashma ishtirokchilarining ishlab chiqarish yoki sotishda ishtirok etish hissasi; 2) xalqaro iqtisodiy yoki moliya-valyutaviy tashkilotning ustav fondi yoki kapitalida mamlakatning badali; 3) soliqqa tortish birligidan olinadigan soliqning stavkasi (absolyut ifodada yoki hissa ko‘rinishida); 4) nimaningdir qismi, hissasi, normasi (me’yori), miqdoriy cheklanishlar.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling