Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Xo‘jalik yurituvchi subyektni isloh qilish tizimida moliyaviy zaxiralar


Download 1.64 Mb.
bet51/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

9.3. Xo‘jalik yurituvchi subyektni isloh qilish tizimida moliyaviy zaxiralar
Har qanday XYuSning barcha salohiyatidan birdaniga va birvarakayiga to‘la foydalanish amalga oshishi qiyin hodisa. Amaliyotda biror korxona yoki tashkilotning barcha imkoniyatlaridan 100% foydanayotganga o‘xshash tasavvur tug‘ilishi mumkin. Lekin bunday tasavvur noto‘g‘ri va aslida hali ishlatilmayotgan zaxira imkoniyatlar mavjud bo‘lishi mumkin. XYuSlarning taraqqiyotini belgilaydigan omillarning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladigan foydalanilmagan potensial imkoniyatlar ular ishlab chiqarish-iqtisodiy va moliyaviy faoliyatining zaxiralari (rezervlari) bo‘lib hisoblanadi.
Moliyaviy zaxiralarni qidirib topishning asosiy usuli moliyaviy tahlil hisoblanadi. Aynan moliyaviy tahlil asosida moliyaviy rezervlarni qidirib topish bo‘yicha XYuSning siyosati ishlab chiqiladi. Faoliyat ko‘rsatish sharoitlaridan qat’iy nazar zaxiralarni qidirib topish va ulardan foydalanish XYuS xodimlari uchun doimiy faoliyatga aylanmog‘i lozim. Xorijiy (Yaponiyadagi sifat to‘garaklari, AQSh va Germaniyadagi yangiliklar to‘g‘risidagi takliflarni rag‘batlantirish va boshqalar) va mamlakatimizdagi ilg‘or kompaniyalarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qayerda rezervlarni izlash va ulardan foydalanish uzluksiz davom etayotgan, yangiliklar keng joriy etilayotgan bo‘lsa, o‘sha yerda investitsiyalar o‘sadi, XYuSning moliyaviy ahvoli mustahkamlanadi, iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari oshadi.
Moliyaviy zaxiralarni shakllantirish omillari tizimi juda kengdir. Muhimlik darajasiga qarab, moliyaviy zaxiralarni shakllantirish darajalari va omillari quyidagi chizmada aks ettirilgan:
Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi eng muhim rezerv bu xodimlarning malakasini oshirishdir.
Rivojlanayotgan intellektual inqilob, “bilimlar iqtisodiyoti”ga o‘tish va xodimlarning intellektini shakllantirish sharoitida qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarida ularning moddiylashuvi iqtisodiy o‘sishning strategik omiliga aylanadi.
219
Mol-mulkni inventarizatsiya Noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, XYuS qilish va XYuS mulkiy mol-mulkidan oqilona foydalanish, ulardan
kompleksini restrukturizatsiya foydalanishning moliyaviy samaradorligini oshiradi qilishni amalga oshirish
Erga egalik huquqini amalga Barcha mulkiy kompleksga egalik huquqini to‘laqonli oshirish amalga oshirish hisobidan XYuSning investitsion
jozibadorligini oshirish. Bu narsa faoliyatning huquqiy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlaydi XYuS ustavini qayta ko‘rib Rahbarlar su’istemolliklari imkoniyatlarini cheklash, chiqish va menejment bilan ishtirokchi (ta’sischi)lar oldidagi ularning shartnomani aniqlashtirish javobgarliklari va XYuS faoliyatining natijalaridan
ularning manfaatdorligini kuchaytirish, shu asosda boshqaruv qarorlarining sifatini oshirishi mumkin Moliyaviy hisobotning xalqaro XYuS faoliyatining “oydinlik” darajasini oshirish va andozalaridan foydalanishga investitsion jozibadorlikning yanada yuqoriroq
o‘tish darajasini ta’minlaydi
Byudjetlar tizimidan foydalanish XYuS xo‘jalik-moliya faoliyatida aniq asoslangan asosida XYuSning asoslangan mo‘ljallarning mavjudligi. Bu narsa XYuS joriy va biznes-rejasini ishlab chiqish. istiqboldagi rivojlanishining eng muhim muammoQarziy mablag‘larni jalb larini yechishga moliyaviy resurslar va kuchlarning qilishning joriy va istiqboldagi kontsentratsiya qilinishiga imkon beradi. rejalarini tuzish
Taraqqiyot bashoratlarini bozor Kelajakka ishonchni shakllantiradi. Bu narsa esa, o‘z muhitining asosiy parametrlari navbatida, iqtisodiy o‘sishni rahbatlantiradi va uning bilan bog‘liqlikda ishlab chiqish barqaror rivojlanishini ta’minlaydi, faoliyatning barcha sohalarida rezervlarni qidirib topish va ularni amalga oshirish mumkin.
Harakat (amal)dagi XYuSda Ishlab chiqarish siklining alohida joylarida investitsion-biznes loyihani taraqqiyotning asosiy proporsiyalarini asoslash va ishlab chiqish quvvatlardagi nomuvofiqlilikka barham berish.
XYuSning umumiy ishlab chiqarish imkoniyatlarini ancha oshirishga xizmat qiladi
Aktivlarning tarkibi va tarkibiy Yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab tuzilmasini takomillashtirish chiqarishga muvofiqligini ta’minlash maqsadida XYuSning ishlab chiqarish apparati samaradorligini oshirish. Aktivlarni ularning “ballast” qismidan tozalash va keraksiz aktivlarni sotishga yordam beradi
XYuSni moliyaviy isloh qilish rejasining barcha bo‘linmalari kapitalni shakllantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish, XYuS faoliyatida kapitallashtirishning oqilona darajasiga erishish borasidagi yagona asoslangan konsepsiyaga bo‘ysunishi va o‘zaro muvofiqlashtirilishi kerak. Bu isloh qilish jarayonida ancha yuqori samaraga erishishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
218

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling