Tizimli tahlil Amaliy mashg’ulot Zaxiralarni boshqarish modeli


Download 247.5 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1329427
  1   2   3
Bog'liq
4-amaliy mashg'ulot


Tizimli tahlil
Amaliy mashg’ulot
Zaxiralarni boshqarish modeli

Ishlab chiqarish, texnika va iqtisodiyot sohasiga oid bo’lgan ixtiyoriy tashkiliy tizim tarkibini uzluksiz va effektiv funktsionallik bilan ta’minlash uchun zaxiralar manbaini hosil qilish kerak. Zaxiralar sifatida, odatda, material zaxiralar (xom ashyo, polufabrikatlar, energiya o’tkazuvchilar); texnologik va mehnat zaxiralari; moliyaviy va boshqa zaxiralardan foydalaniladi.


Zaxiralarni yaratish quyidagi hollarni talab qiladi:
a) ishlab chiqarish ritmlarining iste’mol ritmlari bilan mos tushmasligi;
b) zaxiralarni jo’natish muddati orasidagi so’rovlarning tasodifiy o’zgarishi;
c) jo’natishlar orasidagi intervalning tasodifiy o’zgarishi;
d) jo’natma hajmining buzilishi.
Zaxiralarni boshqarishning ixtiyoriy modeli ikki savolga javob berishi kerak:
Qancha miqdorda zaxiraga buyurtma berish kerak?
Qachon buyurtma berish kerak?
Buyurtma berish kerak bo’lgan zaxiraning miqdori buyurtmaning o’lchami yoki jo’natiladigan zaxiraning qismi deb nomlanadi. Buyurtmaning o’lchami zaxiralarni boshqarish sistemasining summaviy xarajatlarini minimallashtirish shartlaridan aniqlanadi.
Buyurtmani o’tkazish momenti (vaqti) zaxirani nazorat qilish tipiga bog’liq. Agar teng vaqt oralig’ida (masalan har kun yoki har oy) davriy nazorat qaralayotgan bo’lsa, Yangi buyurtmani o’tkazish momenti odatda vaqtning (davrning) keyingi intervali bilan mos keladi. Agar zaxiralarni boshqarish sistemasida uzluksiz nazorat qaralayotgan bo’lsa, unda buyurtma nuqtasi deb nomlanadigan buyurtmani o’tkazish vaqti yangi buyurtmani joylashtirishi kerak bo’lgan zaxira darajasi bilan aniqlanadi.
Zaxiralarni boshqarishning har bir sistemasida quyidagi parametrlarni ajratish mumkin:
Boshqarish parametrlari: kerakli zaxiraning hajmi va nomenklaturasi; zaxirani to’ldirishda buyurtmani berishning momenti (vaqti).
Boshqarib bo’lmaydigan parametrlar: ta’minot uchun tashkilot-ning sarfi; jo’natuvchining zaxirasini chegaralash; ta’minot sistemasini tanlash (markazlashgan, markazlashmagan).
Zaxiralarni boshqarish sistemasi uchun umumiy holdagi summaviy xarajatlari quyidagi komponentlardan iborat:
a) partiya o’lchamida maksimal chegirmalarni hisobga olgan holda zaxirani hosil qilish uchun xarajatlar;
b) buyurtmani amalga oshirishdagi xarajatlar;
c) saqlashda material va ma’naviy eskirishni yo’qotishda va saqlashdadagi xarajatlar;
d) yetishmovchilik va jarima sanktsiyalaridan yo’qotishlar;
Summaviy xarajatlarni minimallashtirib (optimal partiyada) buyurtmaning optimal o’lchami va buyurtmaga mos nuqta aniqlanadi. Zaxiralarni boshqarish modeli o’zining xilma-xilligi bilan farqlanadi.
Zaxiralarni boshqarish sistemasining bu muhimligi foydalanilayotgan zaxiraning so’rov xarakteri bilan aniqlanadi.
So’rov determinallashgan (ishonchli ma’lum) yoki ehtimolli (ehtimollik zichligida beriladigan) bo’lishi mumkin. Determinallashgan so’rov vaqt davomida iste’mol intensivligi o’zgarmasa statik bo’lishi mumkin yoki so’rov ishonchli ma’lum bo’lib, lekin vaqtga bog’liq holda o’zgarsa bo’lishi mumkin. So’rovning xarakteri yoki aniq vaqt oralig’ida uning qiymatlarining diskret o’zgarishi bilan yoki so’rov kattaligining uzluksiz o’zgarishi bilan aniqlanadi. Ishonchli so’rov so’rov ehtimolining zichlik funktsiyasi vaqt davomida o’zgarmaganda statsionar bo’lishi va
so’rov ehtimolining zichlik funktsiyasi vaqt davomida o’zgarganda statsionar bo’lmasligi mumkin.
Zaxiralarni boshqarish modelini qurishda so’rov asosiy faktorlardan biri bo’lib hisoblansada, model tipini tanlashga ta’sir qiladigan boshqa faktorlar ham mavjud. Masalan, ularga quyidagilar kiradi:
Jo’natmalarning yoki buyurtma bajarilish vaqtidagi kechikishi (buyurtma va uning jo’natilish momenti orasidagi vaqt intervali). Bu kattalik determinallashgan yoki tasodifiy bo’lishi mumkin.
Zaxirani to’ldirish. Zaxirani to’ldirish jarayoni vaqt bo’yicha darhol yoki bir tekis to’ldirilishi mumkin.
Mahsulotlar ko’rinishlarining soni. Zaxiralarni boshqarish sistemasida mahsulotning birdan ko’p ko’rinishi shakllanishi mumkin. Bu faktor mahsulotning (zaxiraning) turli ko’rinishlari orasidagi ba’zi bog’liqliklar mavjud bo’lgan shartda e’tiborga olinadi. Shunday qilib, turli xildagi buyurtmalar uchun bitta ombor maydonidan foydalanish mumkin yoki ularni ishlab chiqarish umumiy ishlab chiqarish fondlarida chegaralangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Zaxiralarni boshqarish modelining klassifikasiyasi 11.6 -jadvalda ko’rsatilgan.
11.6-jadval.





Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling