Mundarija Mavzu:Òrta osiyo hududida milliy hududiy chegaralanish. Kirish. Reja: Turkistonda milliy-hududiy chegaralash siyosati arafasida milliy madaniyat va ma’naviyatning ahvoli. Mustabid tuzumning milliy – hududiy chegaralash siyosatining maqsad va


Download 49.29 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi49.29 Kb.
#1528648
  1   2
Bog'liq
Orta osiyo (3)


Mundarija

1.Mavzu:Òrta osiyo hududida milliy hududiy chegaralanish.


2.Kirish.
3.Reja: 1.Turkistonda milliy-hududiy chegaralash siyosati arafasida milliy madaniyat va ma’naviyatning ahvoli.
4. 2.Mustabid tuzumning milliy – hududiy chegaralash siyosatining maqsad va mohiyati.
5. 3.O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil topishi.
6. Asosiy qism
7. Xulosa.
8.Foydalanilgan adabiyotlar.
Mavzu:Òrta osiyo hududida milliy hududiy chegaralanish.
Kirish

Yaqin о‘tmishimizning sobiq sovet hokimiyati hukmronlik qilgan davri (1917—1991 yillar) mamlakatimiz tarixida о‘ziga xos о‘rin egallaydi. Bu davr, garchi tarixan qisqa bо‘lsada, lekin о‘zining murakkabligi va ziddiyatliligi bilan ajralib turadi. 1917 yil oktabrida bolsheviklar zо‘rlik bilan amalga oshirgan tо‘ntarish sobiq Ittifoq xalqlari, shu jumladan, О‘zbekistan xalqlari tarixida salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik saxifasini boshlab berdi. Natijada chor mustamlakachilik imperiyasi о‘rnini «qizil imperiya» egalladi. Yangi mustamlakachilik zulmi ostida yashagan о‘lka xalqlari bolsheviklar «sotsialistik tajribasi»ning barcha mash’um mushkulotlarini boshdan kechirdilar. Eng achinarlisi shundaki, respublikadagi ijtimoiy-siyosiy tarixiy jarayonning uta murakkab va ziddiyatli kechishi kо‘plab qurbonlar berilishiga, madaniy va ma’naviy yо‘qotishlarga olib keldi. Oktabr tо‘ntarishidan keyin О‘zbekistonning Turkiston hududida bо‘lgan anchagina qismi Turkiston Avtonom Respublikasi sifatida RSFSR tarkibiga kushib olindi. 1924 yilda zо‘raki о‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida О‘zbekistan SSR tashkil topib, SSR Ittifoqi tarkibiga kiritiddi. SSR Ittifoqi о‘z mohiyatiga kо‘ra unitar (qо‘shma) davlat edi. Oqibatda О‘zbekistan tо‘la-tо‘kis Moskvaga qaram bо‘lib qoldi. О‘zbekistan SSR faqat nomigagina mustaqil edi. Respublikaning rahbar organlari Kompartiya Markaziy Qо‘mitasi va Ittifoq hukumati tomonidan tayinlanar, binobarin, ularga bо‘ysunardi. Ular respublika va uning xalqlari manfaatlari emas, balki Markaz manfaatlari yо‘lida siyosat yurgizishga majbur edilar. О‘zbekiston xalqlarining suveren huquqlari asosida ularning tub manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan vatanparvarlik kayfiyatidagi milliy rahbarlarning chiqishlarini mustabid tuzum g‘oyat qat’iyattlik bilan barham toptirardi. Mustabid tuzum О‘zbekistonni Markaz tarkibidagi mustamlaka sifatida о‘z iskanjasida doimiy saqlab qolish va uni metropoliyaning hom ashyo bazasi va mahsulot bozori sifatidagi holatini yanada mustaxkamlashga intildi. Bunday siyosat oqibatida respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bir tomonlama kechdi, uning qishloq xо‘jaligi tobora kо‘proq paxtachilik yо‘nalishiga ega bо‘lib bordi, shu alfozda paxta yakkaxokimligi qaror topdi. О‘zbekiston sanoati asosan qishloq xо‘jaligi extiyojlariga xizmat qilishga yо‘naltirilgan edi. Sanoatda qishloq xо‘jaligi mahsulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoklar asosiy о‘rinni egallardi. Respublika xom ashyosining pirovard mahsuloti Ittifoq sanoat markazlarida ishlab chiqarilar, binobarin, foydaning asosiy qismi ham о‘sha yerda qolardi.




Download 49.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling