Mundarija Mavzu:Òrta osiyo hududida milliy hududiy chegaralanish. Kirish. Reja: Turkistonda milliy-hududiy chegaralash siyosati arafasida milliy madaniyat va ma’naviyatning ahvoli. Mustabid tuzumning milliy – hududiy chegaralash siyosatining maqsad va


Download 49.29 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi49.29 Kb.
#1528648
1   2
Bog'liq
Orta osiyo (3)

Asosiy qism
Markazning О‘zbekistondagi mustamlakachilik siyosati respublikaning madaniy rivojida ham о‘zining yaqqol ifodasini topdi. Garchi bu sohada birmuncha ijobiy siljishlarga erishilgan bо‘lsada, о‘lka xalqlarining ma’naviy hayoti tо‘la-tо‘kis о‘z davrining hukmron mafkо‘rasi va siyosati ta’siriga olindi, baynalmilallik niqobi ostida respublikani ruslashtirishga intilish rо‘y berdi. О‘zbek xalqining milliy madaniy qadriyatlari, boy ma’naviy merosi, uning qadimiy ezgu an’ana va urfodatlari unо‘tildi. Islom dini, uning qadriyatlari oyoqosti qilindi, о‘zbek tili ikkinchi darajali tilga, pys tili esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi. Darvoqe, Markazning bunday mafkо‘ra siyosati tufayli xalqimiz hayotining barcha sohalariga putur yetkazilganligini ta’kidlash barobarida respublika tarixiy о‘tmishining sovet davrida ham bir kator ijobiy ishlar qilinganligini aytib utmaslik noholislik bо‘lur edi. Zero, о‘sha yillarda halqimizning fidokorona mexnati bilan kо‘plab zavod va fabrikalar kurildi, millionlab gektar yangi yerlar uzlashtirildi, katta-katta kanallar qazildi, qishloq xо‘jaligining moddiy-texnika negizi mustaxkamlandi, uning mahsulotlari xajmi ortdi. O’nlarcha oliy va о‘rta maxsus о‘quv yurtlari ochildi, ularda xalq xо‘jaligining barcha tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlandi, umumta’lim maktablari va xunar-texnika bilim yurtlarining keng tarmoga tashkil etildi, kо‘pgina madaniy-ma’rifiy muassasalar barpo qilindi. Natijada aholining ta’limiy va madaniy saviyasi oshdi. Tо‘g‘ri, bu yutuqlarning barchasiga mustabid tuzum davrida aytish odat bо‘lib krlgan «partiyaning dono siyosati» tufayli emas, balki halqimizning sadokatli, fidokorona mexnati tufayli erishildi. Biroq, shuni aloxida ta’kidlash joizki, ogir va ma-shaqqatli mehnatlar evaziga yaratilgan ana shu moddiy boyliklar о‘zbek halqi, uning farovonligi uchun xizmat kilmadi. Aksincha, bu moddiy-ma’naviy boyliklar о‘zbek halqdni kamsitish, milliy gurо‘rini oyoqosti qilish, uzligini unuttirish, kommunistik mafkо‘rani yanada kuchaytirish uchun xizmat qildi. О‘zbekiston hududida bunyod etilgan korxonalar (ayniqsa, kimyo kombinatlari), keragidan ortiq о‘zlashtirilgan kuriq va bо‘z yerlar, kazilgan kanallar, kurilgan suv omborlari respublikaning ekologik ahvolini murakkablashtirdi, Orol dengizining kurib borishini tezlashtirdi, dehqonchilik yerlari tarkibini о‘zgartirib yubordi, atrof muhitni, ichimlik suvini zaharladi. Modomiki shunday ekan, Sovet davlati «eksperimentlari» natijasida barcha xalqlar boshiga tushgan fojialar va kulfatlarni, mustabid tuzum, hukmron partiya tomonidan sovet xalqlariga qarshi olib borilgan zо‘ravonlik va g‘ayriinsoniy siyosatni hech qachon oqlash mumkin emas. Xa, О‘zbekiston xalqlarining deyarli chorak kam bir asr mobaynida bosib о‘tgan ancha murakkab va ziddiyatli tarixiy yо‘lini bir hilda baholab bо‘lmaydi. Shuning uchun ham sovetlar davrini haqiqatda qanday kechgan bо‘lsa, uni shundayligicha: barcha ijobiy va salbiy jihatlari, parvozlariyu tanazzullari, tarixiy jarayonning barcha о‘niqir-chо‘nqirliklarini nazarda tо‘tgan holda tadqiq etish lozim bо‘ladi. Zero, bu davrni mustabid sovet tuzumi yoki «dono partiya» tarixi sifatida emas, balki bunyodkor, fidokor halqimiz tarixi sifatida о‘rganish zarur. О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Turkiston» gazetasi muhbirining savollariga bergan javoblarida mustabid sovet tuzumi davriga munosabat bildirar ekan: «Biz shu paytgacha kо‘proq eski tuzumni tanqid qilish, uni inkor etish bilan band bо‘ldi. Albatta, boshimizdan kechirgan mudhish va mustabid turmushning butun asoratlarini anglab yetish, yо‘limizni tо‘g‘ri belgilab olish uchun istiqlolning dastlabki yillarida bu biz uchun albatta zarur edi. Ammo faqat о‘tmishni yozgirish, inkor etish bilan uzoqda borib bо‘lmaydi... Shu bois bugun biz ota-bobolarimizga... sun’iy ranglar bilan ajratib baho bermasligimiz, balki ularning hayotini, ular yashagan davrning mohiyatini tо‘g‘ri tushunishga harakat qilishimiz lozim», deb ta’kidlagan edi. Modomiki shunday ekan, his-hayajonga berilmasdan, mustabid siyosiy tuzum tarixi bilan halqimiz tarixini ajrata bilishimiz, uni holisona ilmiy asosda yoritish zarur. Tarix fani mustabidchilik davrida О‘zbekistonning sovet davrini (1917—1991 yillar), respublikamiz davlat mustaqilligini qо‘lga kiritgunga qadar bо‘lgan tarixini о‘rganish borasida muayyan ishlarni amalga oshirdi. Tarixchi olimlarning say-harakatlari bilan, о‘sha davr nuqtai nazaridan, katta miqdordagi tarixiy manbalar tuplandi, ular bir tizimga solinib, ilmiy jihatdan umumlashtirildi. Biroq, bu asarlar jamiyatshunoslikda hukmron qо‘mitasi MYU va Ittifoq hukumati tomonidan tayinlanar, binobarin, ularga bо‘ysunardi. Ular respublika va uning halqlari manfaatlari emas, balki Markaz manfaatlari yо‘lida siyosat yurgizishga majbur edilar. О‘zbekiston xalqlarining suveren huquqlari asosida ularning tub manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan vatanparvarlik kayfiyatidagi milliy rahbarlarning chiqishlarini mustabid tuzum g‘oyat qat’iyattlik bilan barham toptirardi.


__________________________
Lafasov tarix kitobi.

1920-yillarning boshida Turkistonda madaniy kurilish ishlari halq xо‘jaligi vayron bо‘lgan va bolsheviklar ataylab boshlab bergan sinfiy kо‘rash keskinlashgan murakkab sharoitda olib borildi. Bu davrda Turkiston madaniy hayoti о‘ziga xos ziddiyatli, bir-birini inkor etuvchi, salbiy va ijobiy holatlarning о‘zaro kо‘rashi tarzida namoyon bо‘ldi. Shuning uchun ham bu davrdagi ma’naviy-mafkо‘raviy holat Turkistonda о‘sha yillarda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarda rо‘y berayotgan murakkab jarayonlarning mantiqiy о‘xshashligi bilan hamoxang bо‘lgan edi. Bolsheviklar yakkahokimligi tiklanib bо‘lingach, bu bosqich ma’naviy hayotda bolshevikcha «yangi» bilan mahalliy va milliy tarzdagi «eski» о‘rtasidagi beomon kо‘rash asosida tavsiflandi. Chor hukumati siyosatiga monand ravishda sovetlar amalga oshirgan madaniy siyosatning ustivor yо‘nalishi millat, milliy о‘zligini anglashning muhim sharti bо‘lgan madaniyatni yо‘q. qilish, ayniqsa, uning milliy sifatlarini qutqarib tashlashga qaratilgan edi. Maqsadga erishish uchun sovet tuzumi о‘rtanilgan dastlabki kunidanoq bolsheviklar partiyasi yagona, tanho xukmron partiyaga aylanishni ta’minlash, bolshevizmga yot bо‘lgan barcha nazariya va g‘oyalarga qarshi kо‘rashish, ularning ta’sirini yо‘qotishga qaratilgan siyosatni olib bordi. Ularning bundan kо‘zlagan asosiy maqsadi tubida esa, siyosiy manfaatlar yotardi. Bu manfaatlar boliiyevizmning haqiqiy san’at namunalarini yaratishdan kо‘ra madaniyat xodimlarini xukmron mafkuraning sodiq soldatlariga aylantirishga qaratilgan keyingi siyosatida, ayniqsa, yaqqol kо‘rindi. Biroq, shu narsani ta’kidlash lozimki, hali 1920-yillarning boshlarida madaniyat va san’at sohasida, umuman barcha sohaalarda nisbatan, ma’lum darajada bо‘lsada, ijodiy erkinlik xukm surardi, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi esa endigina shakllanayotgan edi. Sovet davlatining Turkiston halqlari savodsizligini tugatish, maktablar qurish, mutaxassis xodimlar tayyorlash, madaniyat, san’atni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirlari, mahalliy milliy manfaatlarni kо‘zlab emas, balki madaniy-ma’rifiy vositalar asosida о‘lka aholisining «kommunistok ruhda» qayta tarbiyalash va sotsializmning «odobli» mutaxassis kadrlari qilib yetishtirishga qaratilgan edi. Maqsad barcha yoshdagi aholini savodsizligini tugatish bilan bir qatorda ularga yoppasiga «kommunizm alifbosi»ni о‘rgatishdan iborat edi. Shuning uchun ham savodsizlikni tugatish madaniy qurilishning muhim vazifasi sifatida qaraldi. 1921 yil noyabrda Turkiston ASSR XKK respublika aholisi orasida savodsizlikni tugatish tо‘g‘risida dekret chiqardi. Dekretga binoan, sakkiz yoshdan qirq yoshgacha bо‘lgan savodsiz fuqarolarning hammasi davlat maktablarida va savodsizlikni tugatish kurslarida о‘qitilishi lozim edi. 1921 yilning oxirlarida birgina Toshkent shahrining о‘zida 100 ta savodsizlikni tugatish maktablari ish boshladi. Ayni paytda Turkiston Respublikasi bо‘yicha 1000 dan ortiq savodsizlikni tugatish maktablari, turli tо‘garaklar faoliyat kо‘rsatayotgan edi. 1923 yilda Turkiston ASSR Maorif halq komissarligi huzо‘rida savodsizlikni tugatish bilan shug‘ullanuvchi о‘lka favqulodda komissiyasi tuzildi. Shunday komissiyalar mahalliy sovetlarning halq maorifi bо‘limlari huzо‘rida ham tashkil etildi. Respublikada amalga oshirilayotgan har bir tadbir, albatta Rossiya andozasi asosida qilinar edi. Jumladan, RSFSRda «Bitsin savodsizlik» jamiyati tuzilishi bilan, bunday jamiyatlar Turkiston Avtonom Respublikasida ham tashkil etildi. Jamiyat aholining savodsizligini tugatish borasida «haftaliklar», «oyliklar» о‘tkazib turdi. Natijada savodsizlikni tugatish maktablari soni о‘lkada muttasil ravishda ortib bordi. 1924 yilga kelib Turkistondagi mavjud maktablarda 10200 kishi savodini chiqardi. Sovet hukumati savodsizlikni tugatish uchun oliy о‘quv yurtlaridagi va ishchi fakultetlaridagi talabalarni safarbar qо‘yadi. Shu bilan birga, о‘lkada savodsizlikni tugatish uchun maxsus xodimlar tayyorlashga ham e’tibor berildi. Umumiy ta’lim maktablarini tashkil qalish ommaviy tus oldi. Ularning soni kun sayin ortib bordi. 1924 yilning boshida, Turkiston Avtonom Respublikasida rasmiy rо‘yxatgaolingan maktablar soni qariyb 1100 taga yetdi. Lekin bu maktablarning haqiqiy ahvoli ancha og‘ip edi. Chunki, maktablarni tashkil qilish hech qanday rejasiz, mablag‘siz, о‘quv anjomlarisiz palapartish suratda olib borildi. Kо‘p hollarda tashkil qilingan maktablar quruq binodan (binolar ham kо‘pincha maktab uchun yaroqsiz edi) iborat bо‘lib, ular zarur jihozlar, о‘quv vositalari va qurollari bilan umuman ta-minlanmagan edi. Maorif tizimini pul mablag‘i bilan ta’minlash masalasi ham juda og‘ip kechdi. Xususan, 1922 yilning aprel-dekabr oylarida maktab uchun zarur mablag‘ning uchdan bir qismigina berildi, holos. Vaziyatning murakkabligi tufayli halq maorifi tizimi rahbarlari hukumatdan qat’iy ravishda byudjet mablag‘ini oshirishni talab qildilar va aks holda «о‘z о‘rinlarida ishlash va mas’uliyatni о‘z bо‘yinlariga olishga ma’naviy haqlari yо‘qligini» ta’kidladilar. Chunki maorif xodimlariga belgilangan ish haqi boshqa soha xodimlariga tо‘lanadigan ish haqidan ancha kam edi. Masalan, halq xо‘jaligining bir qator tarmoqlari xodimlari uchun о‘rtacha ish haqi 30 sum belgilangan holda, halq maorifi sohasida bu raqam 12 sо‘mga arang yetardi. Buning ustiga vaqf mulklariga nisbatan davlat siyosatining о‘zgarishi oqibatida ulardan olinadigan daromadning davlat hazinasiga tushmasligi, halq maorifi uchun har yili olinadigan 22 mln. sо‘m mablag‘dan mahrum etdi. Turkistondagi oliy о‘quv yurtlar halq xо‘jaligining turli sohalari uchun mutaxassislar tayyorlash bilan bir qatorda halq maorifi maktablari uchun ham malakali pedagoglar tayyorlashga jalb qilingan edi. Shu maqsadda О‘rta Osiyo Davlat Universiteta qarshida maxsus pedagogika fakulteti ochildi. Lekin bu fakultet bir yil ishlar-ishlamas yopib qо‘yildi va Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituta tashkil etilgunga qadar, respublikada о‘qituvchi kadrlarni tayyorlash mushkul muammolardan biri bо‘lib qolaverdi. Yana eng muhim muammolardan biri shu ediki, oliy va maxsus о‘quv yurtlariga qabul qilingan yoshlarning aksariyati rusiyzabon talabalar edi. Masalan, 1923—24 о‘quv yilida О‘rta Osiyo Davlat Universitetiga о‘qishga kirgan 2047 talabadan faqat 51 nafarigina mahalliy millat yoshlaridan edi, holos. 1924/25 о‘quv yilida bu universitetda 2440 talaba va ishchilar fakultetida 889 yoshlar ta’lim oldi. Sovet davri tarixiy adabiyotlarida О‘zbekistonda guyo mahalliy millat vakillaridan ziyolilar bо‘lmaganligidan, fan, maorif, madaniyat asosan rus millatiga mansub ziyolilar hisobiga rivojlanganligi tо‘g‘risida turli asarlar yozildi. Biroq, haqqoniy tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, 1921—1924 yillarda XIX asrning oxirlari — XX asr boshlarida paydo bо‘lgan jadidchilikning buyuk ma’rifatchilik harakati ta’sirida shakllangan yuzlab, minglab turkistonlik mahalliy millat vakillari ma’naviyat va maorif jabhalarda faoliyat kо‘rsatganlar. Ana shu millatparvar ziyolilar sovet tuzumining dastlabki yillarida bolsheviklar zulumiga qaramasdan millatni ma’rifatli qilishga harakat qildilar. Masalan, Toshkentning Xadra mavzesida joylashgan Navoiy nomidagi ta’lim-tarbiya texnikumida faoliyat kо‘rsatgan Munavvar Kori, Shorasul Zunnun, Kdyum Ramazon, Shoxdd Eson, Mannon Ramz, Ziyo Sayd, Usmonxо‘ja, Murodxо‘ja, Salimxon, Mahmudxо‘ja, Karimjon kabi ma’rifatparvar ziyolilar millatning savodini chiqarish, ularni milliy uyg‘otish borasida jiddiy ishlar olib bordilar. 1923 yilda ushbu texnikumda «Mafkura maydonida kurash» mavzuida ma’ruza uyushtiriladi va unda Munavvar Qori tanqid qilinib, jadidlar boylar malayi sifatida talqin etiladi. Sо‘zga chiqqan Munavvar Qori «Jadidlar yangilik tarafdorlari, halq bolalarini ilmli, ma’rifatli qilishda jonimiz, molimizni ayamadik. Tez va oson ilm berish yо‘llarini qо‘lladik. Ilgarigi qо‘llanilgan usullar о‘rniga yangi usul qо‘llab, tez savodli va bilimli qila boshlaganimiz uchun bizlarni yangichilar, ya’ni jadidlar deb atashdi. Bu ishimizni amalga oshirishda turli kimsalar yordam berishdi. Moddiy yordamni boylar berdi. Bu yordamlarni о‘qituv ishlariga, kitob chiqarish, joy ta’mirlash kabi ishlarga sarfladik. Bu ishimizga raxmat о‘rniga «boy malayi» deyish biz uchun haqorat», deb qat’iy javob bergan edi. Sovet hukumati Turkiston halqlarini «sotsialistik qurilish»ga keng jalb qilish maqsadida, mahalliy yoshlardan partiya-sovet xodimlari tayyorlashga katta e’tibor berdi. Maqsad, mahalliy aholi orasidan bolshevikcha rejimni qо‘llab-quvvatlaydigan, sovet tuzumining ishonchli «qatlami»ni tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadni amalga oshirish uchun 1923 yilda asosiy va tayyorlov kurslarini о‘z ichiga olgan ikki kursdan iborat Turkiston Kommunistik universiteti (SAKU) ish boshladi. Shu bilan bir qatorda turkistonda 2 ta markaziy, 5 ta viloyat va 5 ta uezd partiya-sovet maktablari ham ishlamoqda edi. Bо‘larda о‘qiyotgan 1312 tinglovchining 10%i xotin-qizlar edi8 . Moskvadagi Sharq mehnatkashlari kommunistik universitetida esa, 1923 yilning kuzida 77 nafar Turkistonlik yoshlar ta’lim oldi. Ulardan о‘zbeklar 24, turkmanlar 24, qozoqlar, qirg‘izlar 29 kishi edi. Turkiston о‘lkasi qadimdan madaniyat о‘chog‘laridan biri bо‘lganligi, uning hududida bebaho tarixiy va madaniy yodgorliklar mavjudligini hisobga olib, ularni saqlash va о‘rganishga e’tibor qaratildi. Bu boradigi ba’zi ishlar fevral inqilobiga qadar «arxeologlar jamiyati» va ba’zi olimlarning shaxsiy tashabbusi bilan amalga oshirib kelingan edi. 1921 yilda tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va о‘rganish ishi bо‘yicha Turkiston qо‘mitasi (turkkomstaris) tashkil qilindi va bu muhim ishga davlat maqomi berildi.

___________________________
O‘rta osiyoning tarixi 3 (2013)
Qо‘mita, dastlab о‘lkadagi barcha tarixiy va madaniy yodgorliklarni hisobga olish, ahvolini о‘rganish ishlari bilan shug‘ullandi va Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Xiva, Marv va Pishpek shaharlarida yodgorliklarni saqlash va о‘rganish bо‘yicha maxsus komissiyalar tashkil qildi. Turkiston kumitasi 1921—1924 yillar davomida Turkistondagi ilmiy muassasalar va Peterburg, Moskva olimlari ishtirokida tarixiy va madaniy yodgorliklarni о‘rganish va muhofaza qilish masalasida 19 ta ilmiy ekspeditsiya uyushtirdi. Turkiston Avtonom Respublikasi Maorif komissarligi tuzilishi (1918 y.) bilanoq uning qoshida «Turkiy shu’ba» tashkil qilingan edi. Bu shu’ba 1920 yili «Ilmiy bо‘lim» nomi bilan ish yuritdi. 1921—1922 yillarda «Ilmiy Kengash», 1922—1924 yillarda esa «Davlat Ilmiy Kengashi» deb ataldi. «Ilmiy Kengash» huzо‘rida «Muzika-etnografik bilim xay’ati», «О‘zbek bilim xay’ati», «Teatr-etnografik bilim xay’ati» hamda «Etnografik bilim xay’ati» bо‘lgan. Elbek raisi bо‘lgan «О‘zbek bilim xay’ati» tarkibida R.Yunusov, K.K.Yudaxin, YE.D.Polivanov, R.Zafariy kabi olim va yozuvchilar bо‘lib, ularning asosiy vazifasi yangi maktablar uchun о‘zbek tilida darsliklar, о‘quv-metodik qо‘llanmalar va ilmiy-ommabop asarlar yaratish edi. «Xay’at» milliy folklor namunalarini tо‘plash va chop etish, о‘zbek tilining imlo qoidalarini ishlab chiqish va yangi о‘zbek adabiy tilining shakllanishida faol ishtirok etdi. О‘rta Osiyo Davlat universiteti va Rossiya olimlari hamkorligida О‘rta Osiyo о‘simliklarini va tuprog‘ini о‘rganish, shuningdek, gidrogeologiya va gidrotexnika sohalari bо‘yicha ilmiy tadqiqotlar boshlab yuborildi. Shifokor olimlar esa, Turkiston hududida paydo bо‘lgan bezgak va bolalar orasida tarqalgan chechak kasalliklariga qarshi ilmiy-izlanishlar olib bordilar. Turkiston halqlarining iqtisodiy tarixini va qadimiy madaniyatini о‘rganish borasida ham dastlabki qadam qо‘yildi. Bolsheviklarning «madaniy qurilish» strategiyasi о‘z oldiga Turkiston halqlari ongidan «eskilik sarqitlari»ni siqib chiqarish va uning о‘rniga «yangi madaniyat»ni singdirish bahonasida asosan «kommunistok tarbiya»ni amalga oshirishni maqsad qilib qо‘ygan edi. Shuning uchun Turkiston kompartiyasi omma orasida kommunistik tashviqot va targ‘ibotni avj oldirishga katta ahamiyat berdi. Turkiston KP VIII syezdi (1924 may) qarorida: «Turkiston kommunistik partiyasi madaniytarbiyaviy, propaganda ishlarini partiyalilar ommasi ongiga kommunizm prinsiplarini, marksizm-leninizm nazariyasini singdirish, aniq shaklangan tashkilot tuzish, hamda uni partiya programmasi va taktikasining elementlari, tashkiliy prinsiplari va asoslari bilan tanishtirish maqsadini kо‘zlab olib borishi zarur», deb ta’kidlandi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Turkistonda tashkil qilingan barcha madaniy-oqartuv muassasalarining ijtimoiy о‘rni va roli partiya VIII syezdi qarori asosida belgilab berildi va bu muassasalar zimmasiga dunyoning bironta mamlakatida bо‘lmagan vazifa yuklandi. Natijada, madaniy-oqartuv muassasalari keng halq ommasini siyosiy-g‘oyaviy jihatdan tarbiyalash, ularda bolshevistik akidalarga nisbatan ishonchni shakllantirish va shu yо‘l bilan hukmron bolsheviklarning siyosiy-g‘oyaviy mavqeini mustahkamlash ishiga safarbar qilindi. Shuning uchun ham madaniy-oqartuv muassasalari faoliyatida siyosiyg‘oyaviy, bolsheviklarga xos gegemonchilik xususiyatiga ega bо‘lgan ish shakllari ustivor ahamiyat kasb etdi. 1920-yillar boshlarida tashkil etilgan «Qizil Sharq» tashviqot poyezdi, «Qizil karvon» va «Qizil arava» tashviqot guruhdari, «Tashviqot poyezdlari», shuningdek, tashkil etilayotgan agit punktlar, kо‘rgazmali tashviqotlar, varaqalar, murojaatnomalar, yodnomalar, siyosiy plakatlar, «jonli gazetalar», badiiy-siyosiy publitsistik, satirik chiqishlar — bо‘larning barchasidan kо‘zlangan maqsad madaniy-oqartuv ishlari orqali sovet hukumati xayrixoxlarini kо‘paytirish, bolsheviklarning afsonaviy g‘oyalariga ishontirish edi. Madaniy-oqartuv muassasalari о‘z faoliyatlarida turli xil noan’anaviy, mahalliy halq ruhiyatiga mos kelmaydigan tadbirlar ham о‘tkazar edilar. Masalan, «yangicha turmush» rukni ostida о‘tkazilgan qator tadbirlarda yevropacha turmush targ‘ib qilinib, о‘zbekona urf-odatlar, oilaviy munosabatlar va diniy marosimlar «xurofot» deb targ‘ib qilindi. «Yangi turmush» ruknidagi tadbirlar kо‘proq erkaklar va xotin-qizlarning teng huquqligi, ayollarni «ozodlik»ka chiqarish va yangicha munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan bо‘lib, asrlar davomida shakllangan oilaviy munosabatlar masalasida mahalliy halq orasida bir qator tushunmovchiliklarni yuzaga keltirishi tabiiy edi. Shunga qaramasdan, madaniy-oqartuv ishlari shu ruhda yanada kengroq rivojlantirildi. 1924 yilning mayida Turkiston Avtonom Respublikasida ishlab turgan kutubxonalar soni 132 taga, klublar 21 taga, qizil choyxonalar esa, qariyb 200 taga yetgan edi. Kо‘pgina korxonalarda va qishloqlarda «qizil burchaklar» tashkil qilindi. Har bir nomga «qizil» suzini ishlatish bilan madaniyat sohalari dastlabki kundanoq mafkura izmiga olindi, «qizil»ning mohiyati va qudratini halq ongiga muntazam singdirib borishga harakat qilindi. Turkistonda alohida xotin-qizlar klublarini tashkil qilishga keng e’tibor berildi. Birinchi xotin-qizlar klubi 1924 yilda Toshkentning eski shahrida ochildi. Dastlab bu klubga 250 mahalliy xotin-qizlar jalb qilindi. 1924 yilning ikkinchi yarmida xotin-qizlar klublari Samarqand, Qо‘qon, Farg‘ona, Marg‘ilonda va boshqa bir qator shaharlarda tashkil qilindi. Qishloqlarda «dehqonlar uyi», ular huzо‘rida qizil burchaklar ochildi, qizil burchaklar xotin-klzlar klubi vazifasini bajardi.

_____________________________
Milliy chegaraviy bo‘linish (Bohodir Normatov 2008).
Xotin-qizlar klublari huzо‘rida bolalar vaonalarga tibbiy maslahat va tikuvchilik shu’balari tashkil etildi. Ularda bolalarni qanday tarbiyalash, xotinqizlar gigiyenasi tо‘g‘risida maslahatlar berib borildi. Xotin-qizlar orasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini asosan yevropalik rusiyzabon ayollar olib borardi. Bu bilan ular mahalliy xotin-qizlar orasida yevropacha kiyinishni, yevropacha yurish-turishni va muomalani jonli ravishda namoyish qilishar va shu yо‘l bilan ular yangicha madaniyatni yoyishga harakat qilardilar. 1920-yillarning о‘rtalarida о‘lkada tashkil topgan madaniy muassasalar Turkiston madaniy hayotida asta-sekin muhim о‘ringa ega bо‘la boshladi. Madaniy muassasalar qoshida badiiy havaskorlik tarkib topdi. Xavaskor san’atkorlar professionalizm sari aynan ana shu muassasalar dargohida dastlabki qadamni qо‘ydilar. Shu yillarda Mannon Majidov Toshkentda drama truppasini tashkil etdi. Ushbu truppada Muxiddin Koriyoqubov, Abror Xidoyatov, Yetim Bobojonov va boshqalar ishtirok etdilar. О‘zbek teatri birinchi marta Turkistonda rus teatr san’ati ta’sirida paydo bо‘ldi. 1924 yilda, bunday teatrlar Toshkent, Samarqand, Qо‘qon va boshqa shaharlarda bor edi. О‘sha yillarda teatr tashkil qilish, ularda ishlash uchun san’atkorlarni, ayniqsa, xotin-qizlarni jalb qilish katta jasorat talab qilar edi. О‘zbek milliy qо‘shiqchilik san’ati ham о‘ziga xos tarzda, milliylikan’anaviylik hamda sovet hukumatining «madaniy inqilob» siyosati jabhalarida namoyon bо‘ldi. 1920 yilning boshidan О‘zbekistonda milliy musiqa asboblarida chalishni о‘rgatadigan maxsus maktablar ochildi. Biroq bu maktablar yevropacha uslubda bо‘lib, о‘quvchilarga nota tizimi, hamda yevropa musiqa nazariyasi о‘qitilardi. Xususan, Toshkentning Eski shahar qismida tashkil etilgan maxsus о‘zbek о‘quvchilari uchun milliy musiqa maktabida, skripka sinfida Drujinin, Karin-Karo, Drobnichek, Pekarskiy, fortepiano sinfida Karseva, Petlina, Kastalskaya, Kublitskaya, Zagurskaya, Damanskaya, vokal sinfida Vlasov, Vayn, Karelin, musiqa nazariyasi bо‘yicha Mirenov, Romanovskaya, Yakubovskiy, Kulyabko-Karelskiy va boshqalar dars berar edilar. Kо‘rinib turibdiki, о‘zbek milliy musiqa maktabida na birorta о‘zbek milliy musiqasi о‘rgatiladigan sinf, na birorta mahalliy millat vakilidan musiqa о‘qituvchisi bor edi. 1921—1924 yillarda Turkistondagi maorif institutlarida ham musiqa darsi majburiy predmet sifatida о‘qitish boshlandi. Biroq bu institutlarda о‘quv rejalari asosan rus bilim yurtlari uchun mо‘ljallangan tarzda tuzilgan bо‘lib, asosiy predmetlar nota savodi, rus musiqa nazariyasi va tarixi, inqilobiy mazmundagi rus xoridan iborat edi. Farg‘onada 1921/22 о‘quv yilida faoliyat kо‘rsatgan milliy professional musiqachilar tayyorlash musiqa maktabida 7 ta sinf bо‘lib, ular: fortepiano, skripka va alt, violonchel, kontrabas, duxovoy asboblar, xor sinfi va halq kuylari edi. Shu asosda о‘zbek milliy musiqa madaniyatini «shiddat» bilan chetlashtirilib, uning о‘rniga «baynalmilal» niqobi ostida rus musiqiy madaniyatini kiritish dastlabki yillardayoq boshlangan edi. 1920-yillarning boshlaridan boshlab, Turkistonda adabiy harakat tashkiliy asosga ega bо‘lib bordi. 1919 yilda Fitrat tashabbusi bilan tuzilgan «Chig‘atoy gurungi» tashkiloti adabiy harakatga muayyan yо‘nalish berdi va о‘z atrofiga shu davrning aksar iste’dodli namoyandalarini tо‘pladi. Ammo bu tashkilotning nafaqat katta ijodiy, balki siyosiyijtimoiy kuchga ega bо‘lib borayotganini kо‘rgan yosh Sovet davlati 1921 yilning oxirlari — 1922 yilning boshlarida uning faoliyatiga nuqta qо‘ydi. 1921 yilda Turkiston Respublikasi Maorif halq komissarligi qoshida adabiyot, til va imlo masalalari bо‘yicha tashkil qilingan «О‘zbek bilim hay’ati» «Chig‘atoy gurungi»ning sobiq a’zolari tomonidan tayyorlangan 19 «О‘zbek yosh shoirlari» tо‘plamini 1922 yilda chop ettirdi. Fitrat ana shu tо‘plamga kiritilgan she’rlarning birini «Mirrix yulduzi»ga deb atadi. Mirrix Yevropa halqlari tillarida Mars deb ataladi. Mars esa, yunon mifologiyasiga kо‘ra, urush xudosidir. Fitratning ana shu Mirrix yulduziga murojaat etishi tasodifiy emasdi. Uning nazarida yerda bolisheviklar tufayli rо‘y berayotgan turli vokealar oldida Mirrixdagi voqealar holva edi. Bu she’r 1920-yillarda Turkistonda rо‘y bergan qonli voqealarga nisbatan Fitratning faol munosabati, uning Turkistonga eksport qilingan inqilobni qoralashi va rad etishi edi. Chulpon Fitrat boshlagan fosh etuvchi she’riyat an’analarini davom ettirib, shu yili «Buzilgan о‘lkaga» she’rini yezdi. Yosh Sovet davlatining mustamlakachilik siyosatini keskin qoralagan bu she’r ayni paytda boliiyevizmga qо‘yilgan aybnoma ham edi. Ma’lumki, 1920 yilning mart oyida markazdan Toshkentga «Qizil Sharq» poyezdi kelgan. Bu poyezdning asosiy maqsadi Sovet davlati foydasiga targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish, boshqacha aytganda, Turkistonni sekin-asta sovetlashtirish bо‘lgan. Keyinchalik ham bunday poyezdlar о‘zbek tuprog‘iga kо‘plab yuborildi. Fitrat, Saydali, Chо‘lpon, Elbek kabi shoir va olimlar ana shu agitpoyezdlar yordamida Turkiston halqlarini sovetlashtirish va ruslashtirish jarayoni kuch olib borishini о‘sha vaqtdayoq tushunib yetgan edilar. Shuning uchun ham ular о‘z ijodlari bilan Sovet davlati olib borgan siyosatning mustamlakachilik mohiyatini fosh etishga alohida e’tibor bergan edilar. Turkistondagi moddiy va ma’naviy madaniyat boyliklarini sovurib mustamlaka kishanlarini qо‘yayotgan sovetlarga qarshi kurashish Chо‘lpon va Fitratning zimmasidagina qolgan edi. «Mening kecham» va «Sharq» kabi she’rlarida Fitrat «Mirrix yulduziga» she’rida olg‘a surilgan fikrni rivojlantirib, Turkiston о‘zra yangi zulm buluti paydo bо‘lgani haqida vatandoshlarini yana bir karra ogohlantirib, ularda kurash tuyg‘usini uyg‘otishga harakat qildi. Chо‘lpon «Xalq dengizdir, halq tо‘lqindir, halq kuchdir» satrlari bilan boshlanuvchi «Xalq» she’rida halqning tarixdagi 20 ijodkorlik rolini ochuvchi satrlarni yozdi va shunday satrlar bilan о‘zini vijdonli hisoblagan kishilarda or-nomus, his-tuyg‘usini uyg‘otishni о‘zining shoirlik burchi deb bildi. Shu tarzda uning she’riyatida inson ruhining xurligi g‘oyasi о‘zining aniq ifodasini topdi. 1920-yillarning birinchi yarmi adabiy hayotida ikki muhim tamoyil birinchi bor kо‘zga tashlanadi. Birinchisi shuki, shu yillarda «Inqilob», «Bilim о‘chog‘i», «Mushtum», «Farg‘ona» singari gazeta va jurnallar nashr etilib, ular safi tinimsiz oshib bordi. Bu nashrlarni tashkil etishdan maqsad Sovet davlatining halq о‘rtasidagi obru-e’tiborini kо‘tarish, uning «g‘oyalari»ni keng yoyish bо‘lgan. Ammo shu bilan birga bu nashrlardan taraqqiyparvar yozuvchilar о‘z maqsadlari yо‘lida ham foydalanganlar. Shu ma’noda «Mushtum» jurnalining kishilar va jamiyat hayotidagi illatlarga qarshi kurashini misol qilib kо‘rsatish mumkin. Abdulla Qodiriyning bu jurnaldagi xajvnavislik faoliyati, ayniqsa, samarali kechib, uning Kalvak maxzum va Toshpо‘lat tajang hayotidan «olingan» turkum xikoyalari asosida kishilar ongidagi, ayniqsa, sovet jamiyatidagi turli illatlarni fosh etishda muhim rol uynadi. Ikkinchi tamoyil shundaki, bu davrda zamonaviy adabiy tanqid shakllanib bordi, uning Otajon Xoshim, Sotti Xusayn, Olim Sharafiddinov, Abduraxmon Sa’diy singari vakillari maydonga chiqdi. Markscha tankidchilikni boshlab bergan bu munaqdid va adabiyotshunoslarning say-harakati bilan о‘zbek adabiyoti sekin-asta sinfiy kurash maydoniga aylana boshladi. Shunday qilib, 1920-yillarning birinchi yarmida Turkistonning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan beqarorliklar uning madaniy qurilish jabhalarida ham о‘z ifodasini topdi. Mahalliy «eski turmush» bilan bolshevikcha «yangi turmush» о‘rtasida ayovsiz kurash bordi. Sovet davlatining hukmronligi, bolshevikcha mafkuraning yakkahokimligi «yangi madaniyatga» keng yо‘l ochib berdi. «Yangi madaniyat» qanchalik milliy, an’anaviy qadriyatlar andozasiga zid bо‘lmasin, milliylikka xavf solmasin, unga qanchalik qarshilik kо‘rsatilmasin, u Turkiston hayotiga sekin-asta kirib boraverdi.
__________________________
WWW.arxiv.uz
RKP byurosi MKning Tashkiliy byurosi о‘zining 1924 yil 31 yanvardagi majlisida boshqa masalalar bilan bir qatorda Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining milliy-hududiy chegaralanishi tо‘g‘risidagi masalani ham kо‘rib chiqdi va Y.E.Rudzutakka mazkur respublikalarning mas’ul xodimlari bilan birgalikda bu g‘oyani amalda qanday rо‘yobga chiqarish mumkinligini oldindan muhokama qilib kо‘rishni topshirdi. Mazkur g‘oyaning paydo bо‘lishi о‘zining ilk tarixiga ega bо‘lib, u 1920-yillarning dastlabki davridagi voqealar bilan chambarchas bog‘liq edi. Biroq, haqiqiy sabablari о‘z ildizlari bilan ancha ilgariga borib taqaladi. Bolsheviklar partiyasining markaziy organi o’z qarori bilan chorizmning Turkiston mustamlakasini boshqarish sohasidagi imperiyacha siyosati prinsiplariga sodiqligini isbotladi, mazkur siyosat Turkiston о‘lkasini boshqarish tо‘g‘risidagi Nizomga (1891 yil) muvofiq о‘tkazib kelinayotgan edi. О‘rta Osiyoning ma’muriy-hududiy haritasini qaytadan tо‘zish borasidagi о‘z miqyoslari va oqibatlari bilan о‘lkan bо‘lgan bolshevikcha bu harakat chorizm nizomining takomillashgan shaklini amalda ruyobga chiqarish uchun qо‘yilgan dastlabki qadam edi. Bolsheviklar О‘rta Osiyo mintaqasi xalqlarining ozodlik harakatiga chorizmga nisbatan kam bо‘lmagan izchillik va murosasizlik bilan munosabatda bо‘lib kelayotgan edilar. Ular imperiyachilik siyosatining chinakam vorislari sifatida Turkiston mustaqilligi uchun kо‘tarilgan har qanday harakatni panislomizm va panturkizmning hiyla-nayranglari deb baholadilar. Panislomizm bilan pantyurkizm imperiyacha siyosat uchun xalqni qо‘rqitadigan doimiy «olabujilar»ga aylantirilgandi. Ularni podsho hukmdorlari ham, bolsheviklar rahbariyati ham musulmon aholini Rossiyadan uzoqlashtiradigan va Turkiya homiyligida birlashtirishga qaratilgan harakat deb hisoblardi. Sharqiy Rossiya xalqlarining uz kuchg‘ayratlarini islom dini va turkizm asosida birlashtirishga qaratilgan har 23 qanday о‘rinishlari tashqi kuchlarning «yagona va bо‘linmas» Rossiyaga tajovuz qilishi deb baholanardi. Mintaqadagi milliy ozodlik harakatining barcha oqimlari xalqqarni jipslashtirish mafkо‘rasi sifatida turkizmning realligi va ta’sirchanligidan dalolat berardi. Uning shiorlarini mazkur harakatning ayrim bosqichlarida ishtirok etgan barcha ijtimoiy kuchlar, shu jumladan, Turkiston Muxtoriyati, milliydemokratik harakat (jadidlar), istiqlolchilar harakati («bosmachilar» deb atalgan harakat) qо‘llab-quvvatladi. Kommunistik harakat ham turkizm ta’siridan chetda qolmagan edi. Bolsheviklarning milliy masaladagi siyosati mohiyatini ichdan bilgan, Rossiya bolsheviklar rahbariyatining imperiyacha jizzakiligi amalda kuchayib borayotganligi va duch kelishi muqarrar bо‘lgan bu real xavfga qarshi kо‘rashni avj oldirishdan iborat qatiy extiyojni xis qilgan mahalliy milliy-kommunistlar rahbarlari uchun turkizm uz Vatani ozodligi va mustaqilligi yо‘lida birlashish mafkо‘rasi sifatida о‘lkan imkoniyatlarga ega bо‘lgan birdan-bir vosita bо‘lib xizmat qilgan edi. Ma’lumki, Rossiya rahbariyati о‘sha vaqtda millim kommunistlarning о‘lka xalqlari davlatchiligini turkiylar birligi prinsiplari asosida kо‘rish haqidagi da’volarini rad etib, bundan keyin ham ularni bо‘lib yuborish va Rossiya tarkibida ayrim avtonom, milliy davlat tuzilmalari tashkil etish yо‘lidan borish niyatini qatiy bayon qilgan edi. Markazning yuqori siyosiy rahbariyati uchun Turkistonni bо‘lib yuborish, uni yagona davlat tuzilmasi sifatida yuq qilish g‘oyasi ustivor bо‘lib qoldi. U Turkistonni saqlab qolish о‘zining imperiyacha maqsadlariga xavf tug‘diradi deb hisoblardi, chunki «Turkiston» unda yashovchi barcha halqlar ongida ularning tarixiy Vatani ramzi sifatida tushunilardi, uning mustaqilligi va ozodligi uchun kо‘rashda doimo birlashtiruvchi ta’sirchan omil bо‘lib kelgan edi. 1920 yil 20 iyunda RKP MK, Siyosiy byurosi majlisida Turkiston masalalari yuzasidan qabul qilingan tо‘rtta qaror keyinchalik «RKP ning Turkistondagi asosiy vazifalari tо‘g‘risida», degan umumiy nom bilan mashhur bо‘lib, alohida bandida Turkistonga «Turkistonning ma’muriy okruglarini uning milliy tarkibiga muvofiq qayta taqsimlashga kirishish» topshirilgan edi. «Turkistonni milliy avtonom viloyatlarga (respublikalarga) bо‘lishni darhol amalga oshirib bо‘lmaydi, — deb ta’kidlagan edi Turkkomissiya a’zosi G.Safarov MK, ga yо‘llagan maktubida, — biroq u yaqin oradagi davr uchun haqiqiy yо‘l-yо‘riq sifatida qabul qilinishi lozim». Sovet voqeligining shundan keyingi tajribasi bu bashorat qilingan yо‘l-yuriqlarni batamom tasdiqladi. 1920 yilning ikkinchi yarmidan boshlab bolsheviklar avj oldirib yuborgan amaliy faoliyatning asosiy maqsadini faqat ana shu asosda baholash mumkin. 1920 yil sentabrda Sovetlarning IX Umumturkiston syezdi TASSR Konstitusiyasini tasdiqladi, uning loyihasini Turkkomissiya tayyorlagan edi. Konstitusiyada aytilishicha, «Turkiston unda yashovchi asosiy xalqlarning, ya’ni: turkmanlar, о‘zbeklar, va qirg‘izlarning (qozoqlarning - Tahririyat) muxtor respublikasi deb e’tirof qilinib, asosiy milliy guruhlar, iqtisodiy va maishiy ukladi bо‘yicha viloyatlarga bо‘linadi va RSFSRning Turkiston Avtonom Respublikasi degan nom bilan ataladi». Xullas, Turkiston aholisining bо‘linishi, uning etnik nomi bо‘yicha ma’muriy-hududiy, tuzilishi Konstitusiya asosida mustahkamlandi, holbuki, О‘rta Osiyolik xalqlar uchun birlashtiruvchi omil u vaqtda diniy va hududiy mansublik edi. Aynan hududiy, madaniy-diniy birlik ush vaqtda О‘rta Osiyoda yashovchi xalqlar ongida va о‘z nomida aks etgan bо‘lib, «musulmon», «turkistonlik», «samarqandlik», «farg‘onalik», «buxorolik», «xivalik» kabi nomlar bilan atab kelinar edi. Turli davrlarda qaror topgan О‘rta Osiyo davlatlari, ularning ichki ma’muriy tuzilishi ham ana shu hududiy, madaniy, diniy umumiylikka asoslangan edi. Bolsheviklar О‘rta Osiyodagi xalqlarni milliy guruhdan ajratish uchun ularning etnik jihatdan о‘xshashlarini birlashtirishni lozim kо‘rdi va bu maqsadda tip vositasidan foydalandi. Bolsheviklarning bu sohadagi faoliyati aniq yо‘nalishga ega bо‘lib, turkiy tilning ayrim laxjalarini isox qilish va ular negizida har bir milliy tuzilma (о‘zbek, turkman, qozoq va hokazo) mо‘ljallangan uz milliy tillarini yaratishdan iborat edi. 1922 yildayoq о‘zbek tili va grammatikasi bо‘yicha birinchi о‘lka syezdi о‘tkazildi, u о‘zbek tilini sun’iy ravishda «klassik yevropacha grammatika tizimi»ga keltirishga asos soldi. Ana shu grammatik sо‘z yasovchi modellar ta’sirida sо‘z iboralari va grammatik kо‘rinishning yangi shakllari vujudga keldi, bu hol о‘zbek tili leksikasi asosini tashkil etuvchi umumturkiy leksikaning muayyan darajada о‘zgarishiga ta’sir qilmay qolmadi. Ayni vaqtda «yagona turkiy til bо‘lmaganidek, yagona turki madaniyat ham bо‘lmaydi» degan shior ostida til islohoti о‘tkazilishi bilan bir qatorda О‘rta Osiyo xalqlari madaniy merosining asosiy targ‘ibotchilari bо‘lgan islom va uning tashkilotlariga qarshi kompaniya avj oldirib yuborildi. 1923 yil martda TKP VII syezdi Turkistonning mahalliy xalqlari о‘rtasida dinga qarshi targ‘ibotni avj oldirish masalasini qо‘ydi Turkiston xalqlari uchun, shuningdek, butun musulmon olam uchun faqat e’tiqodgina emas, balki ularning turmush tarzi ma’naviy madaniyati bо‘lib qolgan islomga qarshi xujum qilinishi avvalo ularning umumiy madaniy merosini oyoqosti qilishga, ongiga va о‘zligini bilishga putur yetkazishni maqsad qilib qо‘ygan edi. 1923—1924 yillarda TASSR va sirtdan mustaqil bо‘lgan Buxoro hamda Xorazm negizida milliy respublikalar tashkil etish masalasi О‘rta Osiyo mintaqasi partiya doiralarida muhokama qilina boshlagan edi. Kreml yо‘lyо‘riqlarining faol ishtirochilari RKP MKning О‘rta Osiyo byurosi va о‘sha yillardagi moskvalik taniqli partiya faollaridan biri Y.Rudzutak bо‘ldi. Ittifoq rahbariyati «yuqoridan» berilayotgan direktiv yо‘l-yо‘riqni mahalliy partiya-sovet apparati sо‘zsiz qо‘llab-quvvatlashiga ishongan edi. 26 Lekin kо‘tilmaganda aks-sado salbiy bо‘ldi. Masalan, 1924 yil 24 fevralda bо‘lib о‘tgan BKP MK, plenumida kо‘pgina notiqlar Kreml tashabbusiga qarshi chiqdilar, taklif etilayotgan chegaralanish о‘z vaqtida chor Rossiyasi tomonidan amalga oshirilgan ma’muriy bо‘linishni takrorlaydi, deb ta’kidladilar. Bu loyiha TKP MKning majlisida (1924 yil 10 mart) S.Xо‘janov va boshqa sо‘zga chiqqan milliy xodimlar tomonidan keskin tanqid qilindi. Shunday bо‘lsa ham ittifoq emissarlari va О‘rta Osiyo byurosi a’zolarining tazyiqi ostida har ikkala majlisda ham pirovard natijada Kreml yо‘l-yurig‘ini qо‘llab-quvvatlaydigan rezolyusiyalar qabul qilindi. О‘sha yil mart oyining о‘rtalarida о‘tkazilgan Xorazm partiya-sovet faollari yig‘ilishi Qatnashchilari ham huddi shunday zо‘rlik ishlatish natijasida milliy chegaralanish uchun fikr bildirdilar. Biroq shundan keyin XKP MK Xorazm respublikasining mustaqil davlat tuzumini saqlab qolish tо‘g‘risida qaror qabul qildi. Bundan tashqari, 1924 yil may oyida XKP MKning kotibi Odinayev, Ichki ishlar noziri Abdusalomov, XXSRning Toshkentdagi Bosh konsuli Yoqubov va respublika davlat reja qо‘mitasi raisi Shumilov RKP(b) MKga maxsus maktub yо‘llaydilar, unda Markaz loyihasi qat’iyan qoralangan edi. Shunga qaramay, 1924 yil iyul oyida Markazning kuchli mafkuraviy tazyiqi va oshkora dо‘q-pо‘pisasi bilan Xorazm kompartiyasi MK, ijrokumi «xato qarori»ni bekor qildi. Mо‘ljallangan davlat-hududiy bо‘linishi tо‘g‘risidagi habar О‘rta Osiyo jamiyatining turli qatlamlari orasida keskin norozilikni vujudga keltirdi. Milliy ziyolilar vakillari, ruhoniylar, taniqli jamoat arboblari, dehqonlar va hunarmandlar Buxoro va Xorazmdagi harbiy umumiy davlatchilikning belgilangan buzilishini, bitta umumiy hududda ming yillar mobaynida yashab kelayotgan millatlar va elatlarning sun’iy ravishda bо‘linishini qatiy ravishda qoraladilar. Biroq halq fikri nazar-pisand qilinmadi, milliy-hududiy bо‘linishni qattiq talab qilindi. 1924 yil 12 iyulda RKP(b) MK, Siyosiy byurosi «О‘rta Osiyo respublikalarining milliy-davlat chegaralanishi tо‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi. Kreml loyihasini amalga oshirish «xujum va tazyiq о‘tkazish»dan iborat sinalgan usullar bilan bajarildi. Milliy davlat chegaralanishi о‘tkazilishi arafasida hech qanday jiddiy etnografik tadqiqotlar, ilmiy-tarixiy va sotsiologik ishlanmalar amalga oshirilmadi, qilinayotgan harakatning о‘ziga xos g‘oyat xilma-xil oqibatlari hisobga olinmadi, jamoatchilik fikri о‘rganilmadi. Chunonchi, Sovetlarning V Butunbuxoro qurultoyida (1924 yil sentabr) Buxoro MIK, hisobotida ochiqdan-ochiq «ma’lumotlar yо‘ligi tufayli aholini millatiga qarab taqsimlashni aniq kо‘rsatib bо‘lmaydi», deb ta’kidlangan edi. Turkiston respublikasi rahbariyati ham alam bilan: «partiyaning fikriga egamiz, lekin biz bo’lajak chegaralanish ommaning ongiga qay darajada singishi haqida aniq, tasavvurga ega emas-miz», deb qayd qilgan edi. Bunday yondashuv natijasida misli kо‘rilmagan milliy-hududiy bо‘linishdan iborat murakkab jarayonlar о‘zboshimchalik bilan jadallashtirildi, bо‘lajak «davlat tuzilmalari»ning chegaralari «kо‘z bilan chamalab» aniqlandi. Bularning hammasi avj oldirilayotgan kompaniyaning boshlang‘ich bosqichidayoq milliy-etnik vaziyatni junbushga keltirdi, u yoki bu hudud uchun yakka-yolg‘iz bо‘lmagan millatlararo mojarolarni, tо‘qnashuvlarni keltirib chiqardi. Madaniy-tarixiy birlikka doir qadimgi an’analar shiddat bilan yemirib tashlana boshladi. Kremldagi hukmron siyosiy rahbariyatni millatlararo totuvlik hammadan kо‘ra kamroq qiziqtirardi. RKP(b) «bо‘lib tashla va hukmronlik qil» degan imperiyacha qoidaga amal qilib, О‘rta Osiyo xalqlari о‘rtasida adovatning chuqurlashuvi va tarqoqlikdan manfaatdor edi. Milliy-davlat chegaralanishi yakunlari bо‘yicha Typkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari о‘rnida О‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR shuningdek, Tojikiston Muxtor respublikasi, Qozog‘iston va Qorakalpog‘iston muxtor viloyatlari tashkil topdi, keyinchalik ular «sotsialistik respublikalar» maqomiga ega bо‘ldi. Mustabid tuzum davrida yangi «milliy respublikalar» tashkil topganligi fakti tantanali ravishda kо‘rsatib о‘tildi. Masalan, «о‘zbek xalqi tarixda birinchi marta о‘z milliy davlatchiligiga ega bо‘ldi», deb ta’kidlanardi. Lekin о‘zbek davlatchiligi hali qadim zamonlardayoq vujudga kelganligi haqida lom-mim deyilmasdi. Biroq uning «ming yillik tarixi, — degan edi. I.Karimov, — Rossiya imperiyasiga zо‘rlik bilan qutilib olinishi natijasida uzilib qolgan edi». Sovet voqeligi sharoitida esa sun’iy sohta milliy davlatchilik tiqishtirildi. О‘zbek xalqi о‘zining milliy taqdirini о‘zi belgilash huquqiga ega, deb konstitusiyada ifodalangan targ‘ibotchilik bayonotlariga zid о‘laroq real hayotda haqiqiy mustaqil davlat tashkil etish imkoniyatidan mahrum etilgan edi, markazga mustamlaka tarzida tobe holatda yashardi. О‘zbekiston SSR tashkil topgan dastlabki qadamlardan boshlab milliydavlat qurilishi qat’iy sovet unitarizmi doirasida, sinfiy qaramaqarshilik mafkurasi va mustabid-imperiyacha asoslarni qaror toptirish negizida amalga oshirildi. О‘zbekiston sobiq Ittifoq rahbariyati tomonidan faqat siyosiy markazning о‘zi qarorlar qabul qilishga qodir bо‘lgan subyekti sifatida emas, balki obyekti sifatida qaraldi. Respublika hukumati mustaqillikning zarracha ham imkoniyatiga ega emasdi. Haddan tashqari markazlashtirish belgisi ostida mahalliy boshqaruv idoralari tashkil etilardi. Ular amalda ittifoq organlaridan tо‘la-tо‘kis nusxa olib ishlardi, umumittifoq davlat rasmiyatchilik mashinasining uzviy elementlari bо‘lib qolishi lozim edi. Ittifoq kompartiyasining taxdirlovchi zug‘umi jamiyatning barcha sohalarini yopishqoq urgimchak uyasi kabi о‘rab olgan edi. О‘zbekistonni kommunistik mustamlakaga aylantirish siyosatini chuqurlashtirishning muxim omili 1920 — 1930-yillar chegarasida Ittifoq xokimiyatining yuqori pog‘onalarida qat’iylashgan stalincha guruh tutgan yо‘lining mustahkam tus olganligi bо‘ldi, u «rо‘paradan turib xujum qilish» va «shiddatli xujum bilan siquvga olish»dan iborat harbiy kommunizm usullaridan foydalanishga moyil edi. Lenin vafotidan keyin davlat boshqaruvini о‘z qо‘liga olgan I.V.Stalin darhol yangi iqtisodiy siyosat amaliyoti tufayli zaiflashib qolgan mustabidchilik asoslarini tiklash yо‘lini tutdi. Tarixning guvohlik berishicha, sovet tuzumi doirasida rо‘y bergan tarkibiy о‘zgarishlar avval boshdanoq faqat imperiyaning emas, balki mustabid jamiyatning ham tayanch andozalariga asos solishni belgilab berdi. Oktabr tо‘ntarishidan keyin lenincha xukumat tomonidan о‘tkazila boshlagan «kommunizmga sakrash» siyosati markscha «formatsion qayta qurish» loyihasining mustabid-qatagonchilik tabiatini juda yaqqol aks ettirdi. Biroq, ma’muriyatchi-mustabid tizimning hisob bо‘yicha birinchi modeli bо‘lib qolgan «harbiy kommunizm» aslida bolshevistik tuzumning hali zaif bо‘lgan negizlariga putur yetkazdi. О‘zining mutlaqo markazlashganligi, xalq ommasining manfaatlari va ijodini, milliy ehtiyojlari va intilishlarini inkor qilishi bilan «harbiy kommunizm» ham butun Rossiya, ham sovetlashtirilgan О‘rta Osiyo ijtimoiy hayotining barcha sohalarida о‘ta keskin tanglikni vujudga keltirdi. Turkiston aholisini milliy belgisi bо‘yicha guruhlarga ajratishga qaratilgan mafkо‘raviy, siyosiy, til-madaniyat va bonkalarga doyir bir qator tadbirlar bilan birga 1920 yilda e’tiboran tajriba qilina boshlangan turkman, о‘zbek syezdlari, konferensiya va kengashlarini о‘tkazishga shakshubhasiz keng о‘rin ajratildi. Turkkomissiya tashabbusi bilan chaqiriladigan bunday syezdlar, konferensiya va kengashlar odatda muayyan milliy guruhning mustaqil hududiy-ma’muriy birlik bо‘lib chiqishga «istak bildirganligi»ni namoyish qilishdan iborat edi. Shunday yо‘l bilan Turkiston haritasida Turkmaniston viloyati paydo bо‘ldi. Turkiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi qozoq va qirg‘iz aholisi tо‘g‘risidagi masalalar chо‘zilib ketgan murakkab xususiyat kasb etdi. 1920 yil 26 avgustda RSFSR MIK, va XKning «Qirg‘iziston (Qozog‘iston) avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish tо‘g‘risidagi dekreti munosabati bilan Turkiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi qozoq hududlarining «aholining istak bildirishi bilan» yangi tuzilgan respublika hududiga qо‘shilishi tasdiqlandi. Shunga binoan Turkmaniston 1920 yil oktabrda Mang‘ishloq uezdini va uezdning ikki volostini Qozog‘iston Respublikasiga berdi.

________________________________
WWW.Wikipedia.uz
Boshqa hududlarning (Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari) taqdiri tо‘g‘risidagi masala 1921—1922 yillarda har ikkala respublikaning rahbar organlari, Turkistonda yashovchi qozoqlar syezdlari darajasida uzluksiz, kо‘p marta muhokama qilindi. Biroq u yillarda bu masala о‘z yechimini topmadi. Qirg‘iziston tog‘ viloyatining tashkil topishi loyihasi tevaragida ham kо‘pgina tortishuvlar bо‘ldi. Bu viloyatni ta’sis etish yuzasidan 1922 yilda о‘tkazilgan «burjua-millatchilik tamoyillariga ega bо‘lgan dabdabali harakterdagi» syezdga asoslanib, turkistonlik rahbar organlar viloyatning tashkil topishi uchun hali shart-sharoitlar yetilmagan deb topdilar va bu masalani ham kechiqtirishga qaror qildilar. Turkistonning ma’muriy okruglarga qayta taqsimlanishi borasidagi amalga oshirilgan tadbirlar uning milliy tarkibi tufayli isyonchilik harakatida alohida aks-sado berdi. Turkistonning partiya rahbariyati 1920 yil kо‘ziga kelib Farg‘ona vodiysida isyonchilik harakatining ayniqsa keskin tus olganligini qayd qilib, uning asosiy sabablaridan biri «Turkiston mahalliy xalqlarining milliy о‘z taqdirini о‘zi belgilash tо‘g‘risida»gi masalaning qо‘yilishi ekanligini e’tirof qilishga majbur bо‘ldi. Ana shu yillarda, ya’ni 1920 yil kо‘zidan 1923 yilga qadar bu harakat о‘ziga jalb qilingan ishtirokchilar kо‘lami bо‘yicha ham, kо‘rashning shiddatli tus olganligi bо‘yicha ham alohida miqyos kasb etdi. U Farg‘ona vodiysidan keyin Samarqand viloyatini qamrab oldi. Buxoro va Xorazm respublikalariga ham yoyildi. Xorazm va Buxoro xalq respublikalarining mustaqilligi bu davr oxiriga kelib nihoyatda katta xususiyatga ega edi. Haqiqatda ular mustaqillikni qо‘ldan boy bergan edilar. Uchta respublikaning iqtisodiy jihatdan birlashuvi va О‘rta Osiyo iqtisodiy kengashining tqzilishi, Xorazm va Buxoro kommunistok partiyalarining tarkibiga kirishi va RKP MK, О‘rta Osiyo byurosining tashkil etilishi, Rossiya bilan Buxoro va Xorazm respublikalari о‘rtasida yangi iqtisodiy bitimlarning tuzilishi, pul muomalasining birhillashuvi unga Rossiya chervonining asos qilib olinishi natijasida, bu davlatlarga siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy jihatdan hukmronlik qilish butunlay Moskva ixtiyoriga о‘tdi. Mustaqillik sekin-asta yuqolishi bilan uning uchun kо‘rash olib borish yanada keskinlashdi va umumxalq xususiyatini kasb etdi. Bu kо‘rash qatnashchilari mintaqadagi barcha xalqlarning, barcha ijtimoiy qatlamlarning vakillaridan iborat edi. Yangi ijtimoiy-siyosiy tuzumning ana shu yalpi xujumi sharoitida О‘rta Osiyo xalqlari ongida о‘zlikni, ma’naviyatni himoya qilish bilan, qadimiy milliy davlatchilikni saqlab qolish va uni mustahkamlash harakati uzviy holda mujassamlashib ketgan edi. О‘rta Osiyo davlatlarining har biri о‘ziga xos noyob, asrlar davomida qaror topgan milliy tuzilmalar bо‘lib, ularda xalqlarning tarqoq holda (ora-sira) joylashganligi ularning umumiy jamiyat bо‘lib shakllanishida о‘z izini qoldirgan, ular taraqqiyotida iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, madaniy turmush sohalarida va о‘zaro munosabatlarda an’anaviy о‘ziga xoslik hamisha saqlanib qolgan. Ana shu о‘ziga xoslik О‘rta Osiyo xalqlarini 1920-yillarning birinchi yarmidagi ozodlik harakatida birlashtiruvchi omil sifatida zо‘r kuch bilan namoyon bо‘ldi. Bu vaqtda «Turkiston — turkistonlik xalqlar Vatani. Vatan chegaralaridan dushmanni quvib chiqaramiz» degan shiorlar ostida barcha О‘rta Osiyolik xalqlarning vakillari о‘z Vatani mustaqilligi uchun bir safda turib kо‘rash olib bordilar. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, T.Risqulov boshchiligidagi Turkiston milliy-kommunistlarining «Turk Sovet Respublikasi»ni tashkil etish hususidagi qatiy nuli batamom tushunarlidir. Aslida, Turar Risqulov va maslakdoshlarining 1920 yildagi chiqishi turkiy xalqlarning birligi g‘oyasini ularning sо‘nggi tayanchi bо‘lgan Turkiston mintaqasida ularning о‘z davlat tuzumini О‘rta Osiyo davlatchiligining tarixan qaror topgan shakllariga, turmush tarziga, ijtimoiy ahvoliga, ahloqi, iqtisodiy va ma’naviy madaniyatiga muvofiq tarzda barpo etish huquqini himoya qilishga zо‘r berib о‘rinishdan iborat edi. 1924 yil 15 sentabrda Turkistonning navbatdan tashqari sessiyasi ish boshladi. Uning kun tartibida bitta masala: milliy-hududiy chegaralanish masalasi turardi. Mazkur masala yuzasidan Islomov ma’ruza qildi. Umuman, bu ma’ruza ilgarigi bosqichlarda ilgari surilgan barcha g‘oyalar va qoidalarni yaqqol takrorlashdan iborat bо‘ldi. Ma’ruzada milliy-hududiy chegaralanishni «millatlarning uz taqdirini о‘zi belgilash prinsipi»ni tо‘liq amalga oshirish, yangi «milliy-davlat tuzilmalari»ni tashkil etish sifatida tushunish kerakligiga asos solindi. Shu bilan birga Islomov ma’ruzasida, milliy-hududiy chegaralanish, «xalqlarning xoxish-irodasini bildirish vaqti», degan tezis birinchi bor ochiq aytildi: «Turkiston xalqlari bilan birgalikda Buxoro va Xorazm xalqlari ham milliy chegaralanish tо‘g‘risida о‘z xoxish-irodasini bildirdilar. Ular ham barcha о‘zbeklar, qirg‘izlar va turkmanlarni yagona davlatga birlashtirish yо‘li bilan qilingan tarixiy adolatsizlik oqibatlarini tuzatishga intilmoqdalar».Shu tariqa, RSFSR tarkibiga kirgan Turkiston Avtonom Respublikasini yangitdan chegaralash haqidagi bolsheviklar g‘oyasi 1920- yillarning о‘rtalariga kelib, ancha keng miqyos kasb etgan vazifaga — chegaralanishga faqat Turkiston Respublikasigina emas, balki Buxoro va Xorazm xalq respublikalarining ham tortilishi masalasiga aylanib ketdi. Bu vaqtda Buxoro va Xorazm respublikalari huquqiy jihatdan hali mustaqil suveren davlatlar hisoblanardi. О‘rta Osiyoning milliy chegaralash masalasi Moskvada tо‘liq qо‘llab-quvvatlandi. Chunki bu vaqtga kelib Markazning partiya rahbariyatida chegaralash masalasi aniq ifodalangan asosiy maqsadga aylanib qolgan edi. Shuni ham aytish kerakki, Buxoro va Xorazmning kо‘pgina milliy rahbarlari «sovetlar» rahbariyatining imperiyacha yо‘l tutayotganligini о‘z kо‘zlari bilan kо‘rdilar, oradan kо‘p о‘tmay, sovet tuzumi doirasida о‘ziga xos milliy rivojlanishga umid bomash xom hayol ekanligini anglab yetdilar. Masalan, amirga qarshi sobiq muxolifat rahbarlaridan biri Qodir Abduvositov о‘sha davrda milliy demokratlar orasida xukm surgan kayfiyatni ifodalab: «Men Buxoro inkqlobidan keyin bizning g‘oyalarimizni shu qadar mazax qilishlarini kutmagan edim. Inqilob bizning istaklarimizni oqlamadi», deb alam bilan e’tirof etishga majbur bо‘lgan edi. BXSR va XXSR ning milliy mas’ul rahbarlaridan bir qismi norozilik belgisi ostida oshkora ravishda qо‘zg‘olonchilar tomoniga о‘ta boshladilar. Ular orasida BXSR Sovetlari MIK, Raisi Usmonxо‘ja Pо‘latxujayev, Buxoro Respublikasi Xarbiy noziri Abdulhamid Oripov, Xorazm MIK, Raisi Ota Maksudov, XXSR tashqi ishlar xalq noziri Mulla Niyoz va boshqalar bor edi. Ayni vaqtda О‘rta Osiyo respublikalarining kо‘pgina milliy rahbarlari tub о‘zgarishlar bо‘lishiga umid bog‘lagan edilar. Sovetlarcha rivojlanish doirasida о‘z milliy taqdirini о‘zi belgilash imkoniyatining puch ekanligiga ishonib, ular о‘z xalqining or-nomusi va qadr-qimmatini izchillik bilan himoya qila boshlab bolshevik emissarlar hamda mahalliy ashaddiy kommunistlarga dadil qarshi chiqa boshladilar. U ma’sul milliy xodimlar lenincha xukumatning buyuk davlatchilik shovinizmi, boshqaruvning Kremlda ishlab chiqilgan haddan tashqari markazlashuvini о‘rnatishga, oldingi imperiyacha munosabatlar tizimini saqlab qolishga intilish siyosatiga ayniqsa keskin qarshi chiqdilar. Chunki Turkiston respublikasining boshqaruv tuzilmalarida mahalliy aholi vakillari qatlamining nisbatan kengayganligi, BXSR va XXSR ning tashqi mustaqilligiga qaramasdan, Rossiyaning kommunistik rahbariyati hamma narsaga oshkora va yashirin ravishda о‘zi rahbarlik qilardi. Jumladan, Turkiston hokimiyati pog‘onalarida ham milliy muxolifatning kattagina guruhi vujudga keldi. Uning yetakchilari T.Riskulov, Q.S.Otaboyev, N.Xо‘jayev, I.Xidiraliyev, A.Raxtshboyev, X.Ibrohimov, S.Tursunxо‘jayev va boshqalarning asosli fikrlaricha, markaz emissarlari, avvalo Turkkomissiya va RKP MK, Turkbyurosi о‘lkada mustaqil hayot kо‘rinishlari namoyon bо‘lishiga jiddiy tо‘sqinlik qilayotgan, markaziy hokimiyat aslida avvalgi mustamlakachilik siyosatini о‘tkazayotgan edi. Milliy mustaqillikni saqlab qolish va va’da qilingan suveren huquqlarni rо‘yobga chiqarish uchun ular Turk respublikasini va RKP dan mustaqil bо‘lgan turkiy xalqlar kommunistik partiyasini tashkil qilishni taklif etdilar. Biroq TASSR milliy rahbarlarining tutgan yо‘li Turkkomissiya va Oktabrning g‘azabli aks-sadosiga duch keldi. Ular «milliy og‘machilik»da ayblandilar. Xatto X. Ibroximovning Leninga xat yozib, mahalliy partiya tashkilotlariga mahalliy hayotga tegishli bо‘lgan muhim masalalarni RKP(b) MKding ruxsatini olib о‘tirmasdan, mustaqil hal etish, markaziy hokimiyatning dekretlarini «Turkiston xalqlarining maishiy turmush 35 sharoitlariga tatbiqan» amalga oshirish huquqini berish haqida qilgan oddiygina iltimosi ham Kreml tomonidan nihoyatda serzardalik bilan kutib olindi. Bu tushunarli edi. Chunki haqiqiy boshqaruv faqat RKP(b) va uning viloyat partiya tashkilotlari maqomiga ega bо‘lgan «shu’ba» respublika tashkilotlari orqali amalga oshirilardi. Bunday tizim milliy respublikalarga tashqi «mustaqillik» bergani bilan markazdan turib imperiyacha siyosat о‘tkazish imkonini о‘z qо‘lida saqlab qolardi. Sovet Sotsialistari Respublikalari Ittifoqi SSSRning tashkil topganligi sovet imperiyasini kuchaytirish va bir xillashgan sotsialistik davlatchilikni mustahkamlash yо‘lidagi muhim bosqich bо‘ldi. Unga rasman «teng» va «suveren» bо‘lgan xalqlar sotsialistik federatsiyasining lenincha qoidasi asos qilib olingan edi. Lenin Stalin tuzib chiqqan rejani rad qiladi, bu reja RSFSR markaziy davlat organlariga rasman buysunmaydigan barcha sovet respublikalarining Ukraina, Belorussiya, Gruziya, Armaniston, Buxoro, Xorazm suverenitetini bir qо‘l siltash bilan sinalgan «hujum va tazyiq» usullari vositasida tugatishni va ularni muhtoriyat huquqi asosida Sovetlar davlatiga qо‘shib olishni taklif etgan Kremldagi rahbar tabaqaning eng keskin qismi kayfiyatini ifodalar edi. Siyosiy о‘yinda tajribasi bor doxiy Stalinning «avtonomlashtirish» tо‘g‘risidagi rejasi tenglik va suverenitet haqidagi butun safsatani amadda fosh qilganligini tushunar edi. Stalin taklif etgan federatsiya shakli markazning real hokimiyatini partiya MK, qо‘lida saqlab qolingan taqdirda «xalqlarni birlashtirish» vazifasini tashki tomondan ancha ma’rifatli shakllar bilan hal etish imkonini berardi. An’anaviy lenincha strategik hisob-kitob shundan iborat ediki, rus bо‘lmagan xalqlarning ajralib chiqishdan iborat rasmiy huquqining tan olinishi «yagona va bо‘linmas sovet imperiyasi»ni saqlab qolishni osonlashtirar, rus shovinizmiga qarshi ― urush e’lon qilish esa, uning tarqalib ketish xavfining oldini olish imkonini berardi. 1922 yil 30 dekabrda SSSR tashkil topganligi tantanali ravishda e’lon qilindi. Aslida Leninning «federatsiya» rejasi ham, Stalinning «avtonomlashtirish» modeli ham birga qо‘shilganday edi. Sovetlar Ittifoqi avval boshdan mustaqil hamdustlik davlatlari о‘rniga paydo bо‘lgan edi, milliy respublikalarning rahbarlari bunga umid qilgan edilar, u qudratli qо‘shma (unitar) davlat bо‘lib, unda rasmiy federatsiya subyektlari suveren huquqlar va real mustaqillikdan mahrum edilar, imperiya tarkibidan chiqib ketolmasdilar. Boshqa jihat ham harakterli edi. Mamlakat ichida imperiyacha asoslar mustahkamlanishi bilan bir qatorda, Sovetlar Ittifoqi о‘zi paydo bо‘lgan vaqtdayoq о‘zining jahonga hukmron bо‘lish haqidagi da’volarini oshkora suratda bildirib, jahon hamjamiyatiga dahshatli suratda о‘zini qarshi qо‘ygan edi. Masalan, «qizil Ittifoq» e’lon qilinganligi tо‘g‘risidagi Deklaratsiyada tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri SSSR — bu «Jahon Sovet Sotsialistik Respublikasi Ittifoqi»ni tashkil etish borasidagi faqat birinchi qat’iy qadamdir, deb e’lon qilingan edi. Respublikalar sonini butun dunyo kommunistik imperiya tarkibiga kirib bо‘lmaguncha kо‘paytirib borish muljallangan edi. RKP(b) MK, ning bevosita kо‘rsatmasiga muvofiq Turkiston, Buxoro va Xorazmning rahbar partiya organlari uning ilgari sо‘rgan milliy-hududiy chegaralanish g‘oyalarini amalga oshirishga tortildi. 1924 yilning fevralidayoq Buxoroga RKP(b) MK, О‘rta Osiyo byurosining a’zosi, TKP MKding mas’ul kotibi Abdulla Raximboyev yuborildi, bu yerda u BXSR rahbar xodimlari kengashida milliy-hududiy chegaralanish tо‘g‘risida ma’ruza bilan sо‘zga chiqdi. Kengash asosan chegaralanish о‘tkazishni ma’qulladi. 1924 yil 25 fevralda bu masala Buxoro kompartiyasi MK, Plenumi muhkamasiga qо‘yildi. Plenumda Fayzulla Xо‘jayev ma’ruza qildi. Plenumda asos sifatida qabul qilingan BKP MKding tezislari BKP MK, komissiyasi tomonidan qarab chiqildi va qayta ishlandi, uning Ijroiya byurosi majlisida 1924 yil 10 martda tasdiqlandi. BKP MK, Ijroiya byurosi О‘rta Osiyoning milliy chegaralanishini kompartiya e’lon qilgan millatlarning о‘z taqdirini о‘zi belgilash huquqini hayotga tatbiq etishning muhim bosqichi sifatida talqin etib, tezislarda qayd etilgandek, chegaralanishning sxemasini quyidagicha taklif etdi: О‘rta Osiyoda О‘zbekiston, Turkmaniston ittifoqdosh respublikalarini, О‘zbekiston Respublikasi tarkibida avtonom Tojikiston viloyatini tо‘zish, shuningdek, Turkistonning qozoq tumanlarini Qozog‘iston Respublikasiga birlashtirish. Alohida bandda yangi tashkil etilayotgan О‘zbeasosda» SSSR tarkibiga kirishi aytib о‘tildi. Milliy chegaralanishni о‘sala TKP MKning 1924 yil 23—24 martda bо‘lib о‘tgan plenumida о‘zil-kesil hal qilindi. Plenum milliy chegaralanish zarurligini e’tirof qilib, biroq uni faqat Turkiston Respublikasi doirasi bilan chekladi: uning hududida uchta milliy respublika - О‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston respublikalarini tashkil etish mо‘ljallandi. Shu bilan birga plenum TKP MKta Buxoro va Xorazmning partiya organlari bilan aloqa о‘rnatish, hamda birgalikda О‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi tо‘g‘risidagi masalani kelishib olishni topshirdi2. Xorazm Kompartiyasining rahbariyatida milliy chegaralanishga turlicha munosabat paydo bо‘lgan edi.


Xulosa
1924 yil 3 martdayoq partiya MK, Ijroiya byurosi majlisida axborot tartibida RKP(b) MK, О‘rta Osiyo byurosining a’zosi I.Mejlaukning milliy-hududiy chegaralanish tо‘g‘risidagi ma’ruzasi tinglandi. Biroq, majlis ma’ruzani ma’lumot uchun qabul qilish tо‘g‘risidagi kо‘rsatma bilan cheklandi. Martning о‘rtalarida Xivada bо‘lib о‘tgan partiya-sovet faollari yig‘ilishida bu masala yana qо‘yildi. Yig‘ilish qabul qilgan qarorda e’tirof qilinishicha, «Xorazm Respublikasi milliy belgi bо‘yicha chegaralanadi va tegishli rayonlar О‘rta Osiyoning yangi tashkil etilayotgan respublikalariga (О‘zbekiston, Turkmaniston va hokazo), bordi-yu, shunday respublikalar ajraladigan bо‘lsa kiradi». 1924 yil 31 avgustda RKP (b) MK, О‘rta Osiyo byurosi О‘rta Osiyo respublikalarini chegaralash yuzasidan о‘tkazilayotgan tashviqot kampaniyasi tо‘g‘risidagi direktivalarni tо‘ldirish va aniqlik kiritish haqidagi masalani kо‘rib chiqdi. Majlisda ayrim tashkilotlarda «milliy manfaatlarni notо‘g‘ri tushunishdan kelib chiqib, milliy xis-tuyg‘ular avj oldirilmokda, buning natijasida yо‘l qо‘yib bо‘lmaydigan kelishmovchiliklar, partiyamizning milliy masaladagi siyosiy yо‘lini bо‘zib kо‘rsatishlar vujudga kelmoqda. Partiyasiz ommani tarbiyalash va rivojlantirish о‘rniga bu omma millatlararo kо‘rashga jalb qilinmoqda, siyosiy jihatdan bо‘zilmoqda», deb ta’kidlab о‘tilgan edi. О‘rta Osiyo byurosi TKP, BKP va XKP Markaziy Qumitalariga mahalliy partiya tashkilotlariga «chegaralanish bо‘yicha ham og‘zaki, ham yozma tashviqot kampaniyasi о‘tkazish vaqtida baynalmilal kommunistik jihatlarga qatiy amal qilish va chegaralanish vaqtida ayrim millatlar о‘rtasida qandaydir masalada bо‘lmasin kelib chiqadigan milliy og‘machilikka yо‘l qо‘ymaslik, chegaralanish masalalarini kо‘pchilik о‘rtasida muhxokama qilish vaqtida RKP(b) MK, va О‘rta Osiyo byurosining О‘rta Osiyo respublikalarining milliy chegaralanishi tо‘g‘risidagi qarorlariga qat’iy amal qilish» vazifasini yuklashni taklif etdi. Milliy-hududiy chegaralanish tо‘g‘risidagi masalani muhokama qilishni qat’iy tartibga solishga о‘rganish о‘z samaralarini berdi. О‘rta Osiyo respublikalari partiya rahbariyati RKP (b) MK, О‘rta Osiyo byurosi rahbarligida jiddiy larzalardan holi bо‘lishga, partiyali va partiyasiz ommadan milliy-hududiy chegaralanish hamda yangi respublikalar va avtonom viloyatlar tashkil etish bо‘yicha partiya rejalarini ma’qullash va qо‘llabquvvatlashga erishishga muvaffaq bо‘ldilar.Bu tushunarli edi. Chunki haqiqiy boshqaruv faqat RKP(b) va uning viloyat partiya tashkilotlari maqomiga ega bо‘lgan «shu’ba» respublika tashkilotlari orqali amalga oshirilardi. Bunday tizim milliy respublikalarga tashqi «mustaqillik» bergani bilan markazdan turib imperiyacha siyosat о‘tkazish imkonini о‘z qо‘lida saqlab qolardi. Sovet Sotsialistari Respublikalari Ittifoqi SSSRning tashkil topganligi sovet imperiyasini kuchaytirish va bir xillashgan sotsialistik davlatchilikni mustahkamlash yо‘lidagi muhim bosqich bо‘ldi. Unga rasman «teng» va «suveren» bо‘lgan xalqlar sotsialistik federatsiyasining lenincha qoidasi asos qilib olingan edi. Lenin Stalin tuzib chiqqan rejani rad qiladi, bu reja RSFSR markaziy davlat organlariga rasman buysunmaydigan barcha sovet respublikalarining Ukraina, Belorussiya, Gruziya, Armaniston, Buxoro, Xorazm suverenitetini bir qо‘l siltash bilan sinalgan «hujum va tazyiq» usullari vositasida tugatishni va ularni muhtoriyat huquqi asosida Sovetlar davlatiga qо‘shib olishni taklif etgan Kremldagi rahbar tabaqaning eng keskin qismi kayfiyatini ifodalar edi. Siyosiy о‘yinda tajribasi bor doxiy Stalinning «avtonomlashtirish» tо‘g‘risidagi rejasi tenglik va suverenitet haqidagi butun safsatani amadda fosh qilganligini tushunar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar.


1.Lafasov tarix kitobi.
2.10-11sinf o‘zbekiston tarixi darsligi.
3.O‘rta osiyoning tarixi 3 (2013)
4.Milliy chegaraviy bo‘linish (Bohodir Normatov 2008).
5.WWW.arxiv.uz
6.WWW.Wikipedia.uz
7.WWW.hozr.org
Download 49.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling