Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
Q k - qarz kapital (balans passivining 4- va
5-bo‘limlari yig‘indisi; B b - balans valyutasi (o‘z va qarz kapital yig‘indisi, ya’ni moliyalashtirishning umumiy summasi). Qarzning salmog‘i qancha katta bo‘lsa, XYuSning moliyalashtirish tashqi manbalariga bog‘liqligi, bundan kelib chiquvchi oqibatlar bilan birgalikda, shuncha yuqori bo‘ladi. Yuqoridagi har ikkala koeffitsiyentlar bir-biri bilar uzviy bog‘langan. Ularning bog‘liqligi quyidagi ko‘rinishga ega: K a + Kqk = 1 Qarz va o‘z mablag‘larining nisbati koeffitsiyenti XYuS majburiyatlarining o‘z mablag‘lariga nisbati bilan aniqlanadi: Kqu= Mqk : O‘ k Bu yerda: K qu - qarz va o‘z mablag‘larining nisbati koeffitsiyenti; M qk - majburiyatlar (qarziy kapital); O‘ k - o‘z kapitali (o‘z mablag‘lari). Qarz va o‘z mablag‘larining nisbati koeffitsiyenti o‘z mablag‘lari aktivlariga joylashtirilgan har bir so‘mga XYuS taqsimlash munosabatlari vujudga kelmaydi. Chunki bu bosqichda iste’mol maqsadlari uchun ajratilgan barcha davlat byudjeti resurslari tegishli subyektlarning fondlarini (masalan, ijtimoiy soha xodimlarining ish haqi fondi, ijtimoiy iste’mol fondlari va boshqalar) shakllantirishga yo‘naltiriladi. Daromadlar singari, davlat byudjetining xarajatlari ham obyektiv iqtisodiy (byudjet) kategoriya(si)dir. U kategoriya sifatida byudjetni taqsimlash munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi. Ularning moddiylashuvi byudjetdan subyektlarga pul mablag‘larining teskari oqimi bilan xarakterlanadi. Bu munosabatlarning asosida moliya tizimining barcha bo‘linmalariga xos bo‘lgan taqsimlash jarayoni – pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish yotadi. Lekin bu yerda jarayon teskari tartibda sodir bo‘ladi: pul fondlarini shakllantirish ulardan foydalanishidan oldin sodir etilmasdan, davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanuvchilarda fondlarning shakllanishiga olib keladi. Davlat byudjeti mablag‘larini olgandan keyin subyektlar o‘zlarining pul fondlarini tashkil qiladilar. Bu pul fondlari, o‘z navbatida, ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan kichik fondlarga bo‘linadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining xarajatlari tranzit xaraktyerga ega bo‘lib, ularni tom ma’nodagi xarajatlar deb bo‘lmaydi. Davlat byudjeti bu xarajatlarning o‘lchamini limitlashtiradi (biroq to‘liq darajada emas), xarajatlar esa subyektlarning o‘zi tomonidan amalga oshiriladiki, bunda byudjetdan moliyalashtirish tartibida pul mablag‘lari yo‘naltiriladi va shu yerning o‘zida taqsimlashning yangi bosqichi boshlanadi. Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda, xarajatlar emas, balki amalda (haqiqatda) byudjetdan assignovaniyalari ajratiladigan mablag‘larni tushuniladigan davlat byudjetining xarajatlarini iqtisodiyot moliyasi bilan tenglashtirish maqsadga muvofiq emas. Masalan, maorifga qilinadigan davlat byudjeti xarajatlarini maorif moliyasi deb atash mumkin emas. Xuddi shuningdek, mudofaa xarajatlarini Qurolli Kuchlar moliyasi deb bo‘lmaydi. Davlat byudjeti kategoriyasi sifatida davlat byudjetining xarajatlari o‘zining turli shakllariga ega. Ular quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: 335 Bir vaqtning o‘zida, davlat byudjeti va uning barcha bo‘linmalarida iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ijtimoiy ta’minot, markazlashtirilgan investitsiyalar, hokimiyat va boshqaruv organlari, mudofaa va boshqalarning ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan maqsadli fondlar tashkil etiladi. Bunda, albatta, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohaning bo‘linmalari va hokazolar o‘rtasida mablag‘larni qayta taqsimlash sodir bo‘ladi. Davlat byudjeti fondlari o‘zining miqdoriga ko‘ra ko‘p sonlidir. Ular davlat byudjetining barcha bo‘g‘inlarida va bo‘linmalarida yaratiladi. Shu bilan birgalikda, tashkil etilgan har bir yirik davlat byudjeti fondlari nisbatan tor doiralarga mo‘ljallangan boshqa fondlarga bo‘linadi. Masalan, “Iqtisodiyot xarajatlari” fondi alohida tarmoqlar fondi, ular esa, o‘z navbatida, yana bir necha fondlarga bo‘linishi mumkin. Bularning hammasi davlat byudjetining asosi sifatida umumdavlat pul fondi turli maqsadlarga mo‘ljallanganligi, ma’muriy hududlarga tegishliligi va o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadigan ko‘p sonli fondlar konglomeratidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga asos bo‘la oladi. Bu fond ko‘p sonli taqsimlash kanallari orqali bir tomondan, xarajat qilinib, ikkinchi tomondan esa, to‘ldirilib boriladi. Uchinchi bosqichda davlat byudjeti fondlari hududlar va maqsadga mo‘ljallanganligi bo‘yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko‘pchilik hollarda, bir mulkchilik shakli doirasida davlat byudjeti mablag‘larini qaytarilmaslik tarzida berish sodir bo‘ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa byudjetni taqsimlash jarayonining oxirgi bosqichida davlat byudjeti mablag‘larini olganlar tomonidan amalga oshiriladi. Davlat byudjetining xarajatlari, xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlama xaraktyerga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa – subyektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag‘lar bo‘lib, ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo‘ljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlama xarakter davlat byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining oraliq bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu yerda davlat byudjeti fondlarining egasi – davlat va pul mablag‘larini oluvchilar – subyektlar o‘rtasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bo‘ladi. Bu bosqichda (birinchisidan farqli o‘laroq) davlat va aholi o‘rtasida bevosita 334 tomonidan qancha qarz mablag‘lar jalb qilinganligini ko‘rsatadi. Hisobot davri davomida bu koeffitsiyent darajasining ortishi XYuS jalb qilinayotgan qarz mablag‘larga bog‘liqligining kuchayganligidan va moliyaviy barqarorligining pasayganligidan darak beradi. Bu koeffitsiyent avtonomlik koeffitsiyenti bilan bog‘langan va bu bog‘lanish quyidagi ko‘rinishga ega: Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling