Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet108/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

16-BOB. DAVLAT BYUDJETI
16.1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati
Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo‘lgan. Davlat byudjeti tashkil etishga ehtiyoj, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog‘liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyati va davlat byudjetining taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi.
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning muayyan qismini to‘plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) mablag‘ bilan ta’minlash imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasi
(instrumenti)dir.
Mohiyatiga ko‘ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo‘lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o‘zida, davlat byudjeti faqat o‘ziga xos bo‘lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o‘z navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o‘rinni egallashga asos bo‘ladi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo‘lsa-da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarni asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo‘ladi.
Davlat byudjeti juda keng qamrovli va murakkab tushuncha bo‘lib, uni boshqarishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, tegishli kodeks, qonun, farmon, qaror va qonunosti hujjatlari huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ularning ichida eng muhimlaridan biri “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti Kodeksi” hisoblanadi”61.
Yagonalik (birlik) va yuqori darajada markazlashuv davlat byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli ma’muriy-hududiy byudjetlar ko‘pligiga qaramasdan, ularning barchasi quyi bo‘g‘inlarning yuqori bo‘linmalarga ketma-ket bo‘ysunishiga rioya qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi. Bir vaqtning o‘zida davlat byudjeti resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda demokratizm prinsiplariga ham rioya qilinadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari o‘zlarining davlat byudjeti mablag‘lariga ega va o‘zlariga tegishli davlat byudjeti huquqlaridan foydalanadilar. Davlat byudjetiga xos ana shu xarakterli belgilar mablag‘lar bilan manyovr qilish va davlat byudjeti siyosatini oqilona tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan farqli holda, davlat byudjetida, ikki tushunchaning terminologik qo‘shilishi mavjud: 1) davlat byudjeti – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) davlat byudjeti – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida. Ayrim hollarda davlat byudjetining mohiyati faqat mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida talqin etiladi. Buni to‘g‘ri deb e’tirof etib bo‘lmaydi. Chunki iqtisodiyotga tegishli bo‘lgan har qanday reja u yoki bu iqtisodiy kategoriyaning namoyon bo‘lish shakllaridan biri hisoblanadi. Shunga muvofiq ravishda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi davlat byudjeti (umumdavlat moliyasi) kategoriyasining namoyon bo‘lish shaklidir. Ya’ni davlat byudjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida iqtisodiy kategoriya va byudjetga xos bo‘lgan xususiyatlar majmuining namoyon bo‘lishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida ularning “davlat byudjeti” deb bir xil nomlanishi predmetning mohiyatini o‘zgartirmaydi va davlat byudjetini iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalar tarkibidan chiqarishga asos bo‘la olmaydi. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shuki, davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo‘shilishini tushunmoq kerak: 1) davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya); 2) shu kategoriyaning namoyon bo‘lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi (instrumenti) sifatida davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Agar moliya yordamida taqsimlash qiymatning shakllari o‘zgargan sharoitda va ko‘plab oldi-sotdilar natijasida amalga oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning davlat byudjeti orqali taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir bo‘ladi. Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan to‘liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat byudjetidan tashqarida, davlat byudjeti resurslari sarflanayotganda taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qayta qo‘shilib ketishi sodir bo‘ladi.
Moliya tizimining boshqa barcha bo‘linmalari va iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalar (baho, ish haqi, kredit va boshqalar) bilan chambarchas bog‘liqligi ham davlat byudjetiga xos xususiyatdir.
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini ko‘rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning o‘zida, o‘zaro bog‘langan va ma’lum darajada mustaqil bo‘lgan uch bosqichdan iborat bo‘ladi:

  1. umumdavlat pul fondini shakllantirish (davlat byudjeti daromadlari);

  2. hududiy va ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘p sonli davlat byudjeti fondlarini yaratish;

  3. davlat byudjeti fondidan foydalanish (davlat byudjeti xarajatlari).

Davlat byudjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning bu bosqichlari bir vaqtning o‘zida va uzluksiz sodir bo‘lsada, bu ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu bosqichlarni bo‘lish va ularni alohida-alohida ko‘rib chiqish orqali byudjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va metodlari to‘g‘risida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin.
Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli pul mablag‘larining bir qismi davlatning qo‘lida to‘planishi (jamlanishi) sodir bo‘ladi. Ana shu asosda mablag‘larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag‘larni to‘lovchilar o‘rtasida moliyaviy (byudjet) munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining xarakterli xususiyati shundaki, byudjetga tushuvchi
329
– byudjetga daromadlarni undirishda soliq organlarining huquq va majburiyatlari.
Yuqorida bayon etilgan choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat va byudjetga daromadlarni to‘lovchilar o‘rtasidagi manfaatlarning oqilonaligini ta’minlashga katta e’tibor bermoq lozim62.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling