Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
17.3. Soliqlar va soliq tizimi
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan mablag‘larning bir qismini davlat ixtiyoriga majburiy va qaytarilmaydigan tarzda o‘tkazuvchi to‘lovlar soliqlar deyiladi. Ular mamlakat milliy daromadining bir qismi bo‘lib, davlat byudjeti tizimining barcha bo‘g‘inlari bo‘ylab jalb qilinadi, qonunga muvofiq oldindan belgilangan miqdorda va muddatlarda davlatning ixtiyoriga borib tushuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy to‘lovlari hisoblanadi. Soliqlar hisobidan davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish uchun moliyaviy asos yaratiladi. Soliqlarsiz davlat faoliyat ko‘rsata olmaydi. Chunki ular bozor munosabatlari va xususiy mulkchilik hukmronligi sharoitida daromadlarni byudjetga jalb qilishning asosiy usuli bo‘lib hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida aholi keng qatlamlari daromadlarining 40% gachasi soliqlar orqali davlatning ixtiyoriga o‘tmoqda. Mamlakatlar yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daromadida soliqlar salmog‘i ortib, uning darajasi o‘rtacha 18% dan 30-50% gacha yetib bordi. Soliqlar yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismi bo‘lgan milliy daromadni qayta taqsimlashda ishtirok etib, yagona takror ishlab chiqarish jarayonining bir qismi, ishlab chiqarish munosabatlarining o‘ziga xos shakli hisoblanadi. Bular soliqlarning ijtimoiy mazmunini shakllantiradi. Soliqlar jamiyatdagi taqsimlash munosabatlarining tarkibiy qismi sifatida ishlab chiqarish qonuniyatlarini o‘zida ifoda etadi. Ijtimoiy mazmundan tashqari soliqlar moddiy asosga (mazmunga) ham egadir, ya’ni ular jamiyatning davlat tomonidan jalb qilinadigan pul mablag‘larining aniq summasini ham ifodalaydi. Milliy daromadni qayta taqsimlashda soliqlar davlat hokimiyat organlarini pul shaklidagi yangi qiymatning bir qismi bilan 381 birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar uchun mo‘ljallangan. Ularning tarkibiga ijtimoiy sug‘urta badallarini kiritish mumkin. Soliqlar, to‘lovlar, yig‘imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning alohida shakllari va turlarining yig‘indisi davlat byudjeti daromadlarining yagona tizimini tashkil etadi. Turli subyektlardan kelib tushadigan davlat byudjeti daromadlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy bo‘lmasdan, mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning o‘zgarishiga muvofiq ravishda o‘zgarib boradi. Masalan, keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromadlari uchun quyidagi tarkib va tuzilma shakllangan: mamlakatimiz davlat byudjetining daromadlari ayni paytda to‘g‘ri (bevosita) soliqlar, egri (bilvosita) va resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i, ustama foydadan olinadigan soliq, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq va boshqa daromadlardan tarkib topmoqda. Davlatimiz byudjetining daromadlarini tarkibiy tuzilmasida egri (bilvosita) soliqlar, ya’ni qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, bojxona bojlari, jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to‘lovi va transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. Aynan shu guruhga kiruvchi soliqlar hisobidan davlat byudjeti daromadlarining yarmi (50,23%) shakllanayapti. Bu soliqlar orasida qo‘shilgan qiymat solig‘i (28,15%) va aksizlar (16,47%) davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir. Birgina qo‘shilgan qiymat solig‘i yordamida davlat byudjeti daromadlarining ¼ qismidan ko‘prog‘i shakllanayotganligi bu soliqning davlat byudjeti daromadlari tuzilmasidagi o‘rni katta ekanligini yaqqol ko‘rsatayapti. Shuningdek, Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilmasida to‘g‘ri (bevosita) soliqlar ham o‘z o‘rniga ega. Ular yordamida davlat byudjeti daromadlarining ¼ qismi tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (jami to‘g‘ri (bevosita) soliqlarning 49,4%) esa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining hissasiga to‘g‘ri kelayapti. Bu yerda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i ham shu guruhga kiruvchi boshqa soliqlarga nisbatan davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda alohida rol (5,2%) o‘ynamoqda. 380 soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi; davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo‘lishi lozim; soliqlarning undirilish jarayoni ishlab chiqarishdan xususiy sektorni siqib chiqarmasligi kerak. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling