Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
Xarajatlar smetasi. Xarajatlar smetasi davlat byudjeti tashkilotning moliyaviy rejasi hisoblanadi. Davlat byudjeti tashkilotini moliyalashtirish daromad bo‘lmasdan, faqat tashkilotning xarajatlari hajmi va ularning maqsadli yo‘naltirilganligiga teng bo‘lgan mablag‘larning tushuvidan iborat bo‘lganligi uchun smeta daromadlar qismiga ega emas. Smeta asosida moliya organlari ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlarning hajmini aniqlaydi va u narsa joriy yilning byudjeti tarkibiga kiritiladi. Bunda quyidagi holatlarga alohida e’tibor berilishi kerak:
Ijtimoiy ehtiyoj xarajatlarining bir qismi byudjetdan boshqacharoq tarzda moliyalashtiriladi. Masalan, ana shunday tarzda ommaviy axborot vositalari va teatr-tomosha korxonalarining etishmagan mablag‘lari ta’minlanadi. Bu korxonalarning xizmatlari to‘lovli (haqli) bo‘lsa-da, o‘z daromadlari ularning barcha xarajatlarini qoplashga yetmaydi. Bunday korxonalarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi yetishmagan farq byudjetdan qoplanishi kerak. Ilm-fanni moliyalashtirish davlat byudjeti xarajatlarining mustaqil guruhi hisoblanadi. Ular uchun byudjetdan mablag‘lar eng muhim istiqbolli nazariy izlanishlar va umumdavlat maqsadli ilmiy-texnikaviy dasturlar bo‘yicha yo‘naltiriladi. Ana shu maqsadlar uchun mablag‘lar bevosita ilmiy-tadqiqot va tajribakonstruktorlik ishlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi Fanlar Akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, tarmoq akademiyalari, oliy o‘quv yurtlari, arxivlar va boshqa tashkilotlarga ajratiladi. Ilmiy tashkilotlarni moliyalashtirish smeta yordamida amalga oshiriladi. Barcha tashkilotlarda aniq mavzular bo‘yicha xarajatlar smetasi tuziladi. Xarajatlarni rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi bu yerda ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar xarajatlarida qo‘llaniladigan usul bilan bil xildir. Milliy mudofaa xarajatlari davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Mudofaa xarajatlarining umumiy miqdori va darajasi quyidagi turli xildagi ichki va tashqi omillarga bog‘liq: xalqaro vaziyat; mamlakat hududining kattaligiga bog‘liq bo‘lgan chegaralarning uzunligi va xarakteri; harbiy ishning zamonaviy taraqqiyoti va armiyaning texnikaviy jihatdan qurollanganlik ahvoli; shaxsiy tarkib turmush darajasini yuqori pog‘onaga ko‘tarishning va Qurolli Kuchlarda ijtimoiy-madaniy tadbirlarni amalga oshirishning zarurligi; • mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlari; va boshqalar. Mudofaa xarajatlari obyektiv zarurat bo‘lishiga qaramasdan ular noishlab chiqarish xarakteriga ega. Shuning uchun ham davlatlar tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshira borib, harbiy xarajatlarni qisqartirishga harakat qiladi. Byudjetda ko‘zda tutilgan milliy mudofaa xarajatlarining guruhi, asosan, Mudofaa vazirligi orqali o‘tadigan to‘g‘ri (bevosita) harbiy xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Bu xarajatlarning tarkibiga armiyani saqlash, qurol-yarog‘ va harbiy texnika sotib olish, kapital qurilish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, harbiy xizmatchilarga maosh, pensiya va nafaqalar berish va boshqa xarajatlar kiradi. Bu xarajatlarning barchasi Mudofaa vazirligining maxsus smetasida o‘z aksini topadi va respublika byudjetining xarajatlari tarkibiga kiritiladi. Milliy mudofaa xarajatlarini rejalashtirishning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyati shundan iboratki, bu yerda birinchi navbatda, Mudofaa vazirligi bo‘yicha xarajatlarning umumiy hajmi aniqlanadi. Undan so‘ng esa harbiy okruglar va harbiy qismlarning smetalari tuziladi. Bunday tartibning amal qilishi harbiy xarajatlar katta qismining (qurol-yarog‘, harbiy texnika, yoqilg‘i, oziq-ovqat va shunga o‘xshashlar) Mudofaa vazirligi orqali moliyalashtirilishi bilan izohlanadi. To‘g‘ri (bevosita) harbiy xarajatlarning boshqa bir qismi davlat byudjeti xarajatlarining boshqa bo‘linmalari bo‘yicha moliyalashtiriladi. Masalan, ichki va chegara qo‘shinlarini saqlash xarajatlari hamda xavfsizlik organlarining faoliyati huquqni muhofaza qilish faoliyati va davlat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi orqali moliyalashtiriladi. Bu xarajatlarni rejalashtirish va moliyalashtirish smeta tartibida amalga oshiriladi. Egri (bilvosita) harbiy xarajatlar byudjetda, asosan, Qurolli Kuchlar faxriylari va ularning oilalariga to‘lanadigan pensiya va nafaqalardan iborat. Bu xarajatlar davlat byudjetining ijtimoiy himoya bo‘limi bo‘yicha moliyalashtiriladi. 5. Davlat byudjetining boshqaruv xarajatlari quyidagi guruhlardagi xarajatlardan iborat: Respublika byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qanday yo‘nalishlarda amalga oshiriladi? Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaysi xarajatlar moliyalashtiriladi? Byudjetdan mablag‘ ajratishning qanday usullari bor? Iqtisodiyotni byudjetdan moliyalashtirishning xarajatlari tarkibiga nimalar kiradi? Davlat byudjetining ijtimoiy ehtiyojlarga mo‘ljallangan xarajatlari qanday guruhlarga bo‘linadi? Ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlari qanday prinsip asosida aniqlanadi? Davlat byudjeti me’yorlari (normalari) tushunchasining mazmuni nimada? Davlat byudjeti tashkiloti smetasining xarajatlari tarkibini aytib bering. Amaliyotda pulli me’yorlar (normalar)ning qanday turlaridan foydalaniladi? O‘zining murakkablik darajasiga qarab davlat byudjeti me’yor (norma)lari qanday guruhlarga bo‘linadi? Kombinatsiyalashtirilgan yoki yiriklashtirilgan me’yor (norma) larning afzalliklarini aytib bering. Davlat byudjeti me’yor (norma)lari qanday omillar ta’siri ostida o‘zgarib turishi mumkin? Xarajatlar smetasi nima va u qanday qismga ega emas? Moliya organlari smeta asosida ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlarning hajmini aniqlayotgan va u joriy yilning byudjeti tarkibiga kiritilayotganda qanday holatlarga alohida e’tibor berilishi kerak? Mudofaa xarajatlarining umumiy miqdori va darajasi qanday ichki va tashqi omillarga bog‘liq? Davlat (byudjeti) krediti nima va u qanday afzalliklarga ega? Hozirda davlat byudjeti xarajatlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni aytib bering. Davlat byudjeti xarajatlari bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni bilasizmi? 443 Davlat byudjetining kapital xarajatlari va ularning tarkibini aytib bering. Davlat byudjetining joriy xarajatlari va ularning tarkibini tushuntirib bering. Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari qanday guruhlarga bo‘linadi? Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha guruhlarga ajratishning asosida nima yotadi? Ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha davlat byudjeti xarajatlari qanday guruhlardan tashkil topgan? Davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlarini aytib bering. Davlat byudjeti xarajatlari tashkiliy jihatdan qanday guruhlarga ajratiladi? Davlat byudjeti xarajatlari hududiy belgisiga muvofiq qanday guruhlardan tashkil topadi? Faqat Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan xarajatlarni aytib bering. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog‘langanmi? Hozirgi sharoitda davlat byudjeti xarajatlarining konkret tarkibi nimalardan iborat va ularning tuzilmasi qanday? “Davlat byudjeti xarajatlari” va “Davlat xarajatlari” iboralari bir xil ma’noni anglatadimi? Byudjetdan moliyalashtirish deganda nimani tushunasiz? Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy prinsiplarini bilasizmi? Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy tamoyillar bilan birgalikda yana qanday xususiy prinsiplardan foydalaniladi? Byudjetdan moliyalashtirishning qanday usullaridan foydalanish mumkin? “Netto-byudjet” tizimi bo‘yicha moliyalashtirishni bilasizmi? “Brutto-byudjet” tizimi bo‘yicha moliyalashtirish qanday korxona va tashkilotlar uchun qo‘llaniladi? Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirishning qanday shakllaridan foydalanilmoqda? Byudjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtayi nazardan, qanday ikki ko‘rinishda amalga oshiriladi? 442 huquq-tartibot organlari, sudlar va prokuratura organlarini saqlash xarajatlari; davlat hokimiyat organlarini saqlash xarajatlari. Prezdent Devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Konstitutsiyaviy sud, vazirliklar, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, diplomatik muassasalar va boshqa idoralarni saqlash xarajatlari; saylovlar va referendumlarni o‘tkazish xarajatlari. Bular deputatlar, Prezident, mahalla oqsoqollarini saylash, referendumlar o‘tkazish xarajatlaridan iborat. Boshqaruv xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish ijtimoiy ehtiyoj xarajatlari bilan bir xil tartibda amalga oshiriladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling