Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


-BOB. MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA


Download 1.64 Mb.
bet25/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

5-BOB. MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA
SOLISH
5.1. Moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash
Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir31. Iqtisodiy adabiyotlarda, eng umumiy shaklda, rejalashtirish istiqbolga yo‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish bo‘yicha faoliyat deb talqin qilinadi.
“Rejalashtirish” tushunchasining ma’no va mazmunini yanada umumiyroq bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning obyektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanatlilik) va mutanosiblikka erishish bo‘yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorporsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi.
Bunda balanslilik (muvozanatlilik) davlatning ixtiyorida bo‘lgan moliyaviy resurslar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ixtiyorida qolgan daromadlar o‘rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proporsionallik (mutanosiblik) esa korxonalar, xo‘jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat subyektlari bo‘yicha daromadlarning soliq to‘languncha va soliq to‘langandan keyingi miqdorlari o‘rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag‘batlantirish yoki cheklab qo‘yishi mumkin.
Umumiy va oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni to‘lash kabilar aks ettiriladi. Sug‘urta fondini shakllantirish va undan foydalanishning rejasi mablag‘larning yanada samaraliroq foylanilishiga imkon beradi.
Moliyaviy rejalashtirishning umumdavlat va hududiy darajalariga istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalar, moliyaviy balanslar va shuningdek, aholi daromadlari va xarajatlari harakatining balansini ishlab chiqish va amalga oshirishlar kiradi.
Istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalashtirish iqtisodiy va sotsial taraqqiyot hamda moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek, ishlab chiqiladigan islohotlar, dasturlar va qonunlarning moliyaviy oqibatlarini kompleks tarzda bashoratlash, uzoq muddatli salbiy tendensiyalarni kuzatish va ularga nisbatan tegishli choralarni o‘z vaqtida qabul qilish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Odatda, istiqboldagi moliyaviy rejalar navbatdagi uch yil uchun ishlab chiqilib, uning birinchi yili uchun byudjet tuziladi, navbatdagi ikki yil reja davri hisoblanib, ular davomida e’lon qilingan iqtisodiy siyosatning haqiqiy natijalari kuzatiladi. Istiqboldagi moliyaviy rejalar mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari sotsial-iqtisodiy rivojlanishining aniqlashtirilgan o‘rta muddatli bashoratining ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda har yili o‘zgartirilishi (korrektirovka qilinishi) mumkin. Reja davri esa, bunda yana bir yil oldinga suriladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning proporsionalligi va balansliligini ta’minlashda, pul muomalasini tartibga solishda davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) va har bir ma’muriy-hududiy tuzilmalarning daromadlar va xarajatlar balansi muhim o‘rinni egallaydi. Davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) mamlakat, uning subyektlari, hududiy tuzilmalari va ma’lum hududda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning barcha daromadlari va xarajatlarining jamidan iboratdir. U o‘tgan yilgi davlatning hisobot yig‘ma moliyaviy balansi ( hisobot moliyaviy resurslar balansi) asosida va mamlakat sotsial-iqtisodiy taraqqiyotining bashorat ko‘rsatkichlariga muvofiq ravishda tuziladi hamda ular byudjet loyihalarini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
123
organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga yo‘naltiriladi. Moliyaviy tizim alohida bo‘g‘inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni o‘zida aks ettiruvchi moliyaviy rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi:

  • pul jamg‘arma (fond)larini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va usullarining o‘ziga xosligi;

  • moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash.

Moliyaviy rejalashtirishning bosh obyekti rejada o‘zining miqdoriy ifodasini oladigan moliyaning bo‘g‘inlari (moliyaviy munosabatlar) hisoblanadi. Konkret pul fondlari mablag‘larining harakati yagona tizimga birlashtirilgan tegishli moliyaviy rejalarda ifodalanadi va mustahkamlanadi.
Moliyaviy rejalar tizimining markazini byudjet rejasi egallaydiki, unda byudjet fondining harakati, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning shakllari va metodlari, daromad va xarajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi o‘zining miqdoriy ifodasini topadi.
Byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining harakati, mos ravishda, Pensiya fondi, Ijtimoiy sug‘urta fondi, Majburiy tibbiyot sug‘urtasi fondi, Yo‘l fondi, Aholi bandligi davlat fondi kabilarning moliyaviy rejalarida (smetalarida), ularning daromadlari va xarajatlarida aks ettiriladi. Ularning daromadlar qismida yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallari ifodalanadi. Sug‘urta badallarining miqdori mehnat haqiga nisbatan foizlarda o‘rnatiladi. Maxsus fondlarga qisman byudjet mablag‘lari tushishi, mablag‘lar yetishmaganda maxsus fondlar bir-birlaridan qarzga mablag‘lar olishi mumkin. Shunday qilib, davlat maxsus fondlari bir-biri va byudjet fondi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Sug‘urta fondi butun jamiyat, alohida mintaqalar, hududlar va fuqarolar masshtabidagi yo‘qotmalarni tiklash uchun kerak bo‘ladi. Barcha ho‘jalik yurituvchi subyektlarning ehtiyojlarini hisobga olish uchun sug‘urta fondi ham rejali tarzda shakllantiriladi va undan foydalaniladi. Bu yerdagi moliyaviy rejaning daromadlar qismida korxona, tashkilot va alohida fuqarolarning badallari, boshqa fondlardan (byudjet yo‘nalishidagi) mablag‘larning tushishi, xarajatlar qismida esa tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zararlarni qoplash, sug‘urtalanganlarga sug‘urta to‘lanmalari summasini
122
nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o‘zaro bog‘lash tizimi sifatida tushunish kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va shu asosda moliyaviy ko‘rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu subyekt faoliyat ko‘rsatishi moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak.
“Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish;

  • jalb qilingan mablag‘lar va vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni sarflash (joylashtirish) menejmenti;

  • firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi;

  • investitsion menejment;

  • kapitallar menejmenti;

  • faoliyatning boshqa ko‘rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).

Moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;

  • pul mablag‘laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo‘yicha ichki rezervlarni qidirib topish;

  • kapitalni samarali joylashtirish yo‘llarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash;

  • kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni

o‘rnatish;

  • korxonaning moliyaviy ahvoli, to‘lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat o‘rnatish.

Bozor munosabatlariga o‘tilganiga qadar moliyaviy rejalashtirishning mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun yyetarli darajada formal bo‘lgan korxonalarning besh yillik moliyaviy rejalaridagi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mo‘ljallangan rejalarning loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish kabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona moliyaviy xizmatlarining obro‘yiga obro‘ qo‘shmas, chunki ularga hech narsa bog‘liq emas edi. Bozor iqtisodiyotida moliyaviy xizmatlarning roli tubdan o‘zgaradi. Ular korxona rivojlanishini faol va ta’sirchan boshqaradi va bir vaqtning o‘zida, shu rivojlanishning yo‘nalishi va sifatini nazorat qiladi.
Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni oldindan ko‘zda tutishgina (ko‘ra bilishgina) emas. Bu tegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan har qanday kutilmagan holatlarni ko‘ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatidagi barcha tavakkalchiliklarga (risklarga) barham bera olmaydi. Lekin u ana shu risklarni oldindan samarali ko‘ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega.
Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy usullardan (metodlardan) foydalanish mumkin:

  • iqtisodiy tahlil usuli;

  • normativ usul;

  • balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari usuli;

  • ko‘p variantlilik usuli;

  • iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli;

  • va boshqa usullar.

Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining moliyaviy

natijalarini tadqiq etish;

  • operativ rejalarning o‘zgarishi asosida moliyaviy

hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish;

  • o‘z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy resurslarga bo‘lgan aniq

(konkret) ehtiyojlarini aniqlash;

  • moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o‘z va tashqi manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va uni qo‘llab-quvvatlash;

  • shakllantirilgan rejalarni operativ o‘zgartirish, tartibini (reglamentini) ishlab chiqish.

Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo‘lishi mumkin: • strategik moliyaviy rejalashtirish;

  • joriy moliyaviy rejalashtirish.

Strategik moliyaviy rejalashtirish o‘z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda o‘zgarayotgan xo‘jalik yuritish subyekti moliyaviy taraqqiyotining ko‘p variantli bashoratidan iboratdir.
Strategik moliyaviy reja, hech bo‘lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob bermog‘i lozim:

  • xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun talab qilinadigan kapitalning o‘lchami qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi?

  • bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?

  • o‘z kuchiga ishongan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt rivojlanishi mumkinmi? Agar yo‘q bo‘lsa, moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari qanday?

  • xo‘jalik yurituvchi subyekt pul mablag‘lari tushumi, ishlab chiqarishning rentabelligi va investitsiyalar daromadligining qanday darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda?

O‘z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

  • ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaviy va qidiruv faoliyatlarini hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarning hajmi va ularning manbalarini aniqlash;

  • mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va sotish

tannarxini rejalashtirish;

  • pul oqimlarini rejalashtirish;

  • butun xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida foydani

rejalashtirish (bashoratlash);

  • investitsiyalarning daromadliligini rejalashtirish.

Moliyaviy rejalashtirish mamlakat milliy xo‘jaligini rejalashtirishning tarkibiy qismi bo‘lib, sotsial-iqtisodiy rivojlanish rejasining ko‘rsatkichlariga tayanadi, moliyaviy tizim barcha
121
iqtisodiy-huquqiy harakatining kompleksli va maqsadga yo‘naltirilgan tizimidir.
Davlat moliyaviy nazoratning ahamiyati va o‘rnini obyektiv baholanishi uchun uni ikki jihatdan ko‘rib chiqish kerak: tor va keng ma’noda.
Keng ma’noda davlat moliyaviy nazorati – samarali davlat moliya siyosatini amalga oshirish uchun mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va davlat moliyaviy jarayonida davlat manfaatlarga rioya etilishini ta’minlaydigan tartibga solish choratadbirlarining yig‘indisidir.
Tor ma’noda davlat moliya nazorati esa mamlakatning samarali va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi maqsadida davlat va mahalliy hokimliklarning davlat pul fondlari mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonining qonuniy va maqsadga muvofiqligi ustidan davlat hokimiyat organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratdir.
Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Agar u umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo‘lsa, bu holda davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida, ham xususiy hamda korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Biroq iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ham qo‘shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan o‘rnatilgan pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi.
Nodavlat moliyaviy nazorati ikkiga bo‘linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik)32.
144
qilishi, ish haqi, pensiyalar, nafaqalarning minimal darajasini kafolatlashi, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam berishi, qat’iylashtirilgan (fiksatsiya qilingan) daromadlarning indeksatsiyasini amalga oshirishi zarur).
Rivojlangan har qanday davlat yirik mulkka, ya’ni mamlakat milliy boyligining katta qismiga ega. Bu mulk, asosan, moddiybuyumlashgan shaklda (tabiiy boyliklar, binolar, inshootlar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, muzeylar, qo‘riqxonalar, davolash manbalari, kutubxonalar, oltin zaxiralari va h.k.) mavjud bo‘lib, o‘zining mo‘ljallanganligiga ko‘ra ular davlat boshqaruvi va iqtisodiy tartibga solishda davlatning ishtirokiga oid joriy ehtiyojlarni “to‘lash”ga ishlatilmasligi kerak. Ma’lumki, hozirgi va kelajak avlod uchun milliy boylik, odatda, “yeyilmaydi” va, aksincha, u ko‘paytiriladi.
Shuning uchun ham davlatning (agar, albatta, davlat hududlar, aholi, an’analar va h.k.lar kompleksi sifatida emas, balki boshqaruv organi sifatida qaralsa) real (haqiqiy) boyligi uning markazlashtirilgan pul fondidan, ya’ni davlat moliyasining moddiy asosidan iborat ekanligi ma’lum bo‘ladi. Barcha zamonaviy iqtisodiy makon uchun turli-tuman pul oqimlarining harakati va ularning bir-birlari bilan qo‘shilib ketishi, o‘z miqdori bo‘yicha turlicha bo‘lgan pul fondlarini (shaxsiy, jamoa, kredit, rezerv, valyuta, sug‘urta, byudjet, markaziy, mintaqaviy, homiylik va boshqalar) shakllantirish va ulardan foydalanish xosdir. Ularning barchasi yagona real manba – mamlakat ichida va xorijda shu yilning o‘zida yaratilgan qo‘shilgan qiymat – hisobidan “oziqlanadi”. Bu fondlarni qayta taqsimlashning tarkibi va strukturasi (tarkibiy tuzilmasi), ya’ni davlat uning qancha qismini o‘ziga oladi va undan qanday foydalanadi, milliy xo‘jalik takror ishlab chiqarishining nisbatlari (proporsiyalari), ijtimoiy sohani ta’minlash, zaruriy rezervlarni yaratish, milliy xavfsizlikni ta’minlash imkoniyatlari va h.k.larni belgilab beradi.
Hozirgi paytda dunyoning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarida markazlashtirilgan pul fondlarining jami hajmi YaIMning o‘rtacha 30% dan 50% gachasini tashkil etadi. Shunday qilib, qolgan barcha pul oqimlari harakatini tartibga solishning potensial imkoniyati va boshqa har qanday pul fondlarini shakllantirish sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish zamonaviy davlat moliyasi miqdoriy xarakteristikasining o‘ziga borib taqaladi. Biroq, rivojlanayotgan dunyo, shuningdek, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar moliyasi uchun bu sifatlar, ularning bunday masshtabi xos emas, albatta. Bu mamlakatlarda tegishli raqamlar YaIMga nisbatan 11-17% atrofida tebranadi va aynan shu raqamlarning o‘zi davlat tomonidan bu jarayonga aralashuvning yyetarli darajada faol emasligidan dalolat beradi33.
Bu jarayonlarning yanada rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risida gapirilganda, qayd etish kerakki, bu yerda davlatning tartibga solish roli uzluksiz yuqoriga o‘sib boruvchi to‘g‘ri chiziq sifatida namoyon bo‘lmaydi. Chunki rivojlangan xorij mamlakatlarida xususiy subyektlar daromadlarini davlat daromadlariga “oqib o‘tishi”ning o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy chegarasiga (kritik nuqtasiga) erishilgan. Shunga muvofiq ravishda, G‘arbning nazariy bilimlari tegishli hukumatlarni davlat ta’sirini qisqartirishning barcha yo‘nalishlari tomon faol va muvaffaqiyatli tarzda yo‘naltirmoqda.
Aksincha, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar uchun esa kelajak boshqacharoqdir. Bu mamlakatlarda bozor tuzilmalari va institutlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi bilan parallel ravishda davlatning moliyaviy tartibga solishi ham ortib (kuchayib) borishi kerak va ularda tegishli iqtisodiy “chegara”ga (kritik nuqtaga) yetgunga qadar hali ancha bor.
Turli sotsial-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning rolini (moliyaviy tartibga solishning rolini) to‘liq idrok etish uchun tizimning shakllantiruvchi asoslarini – davlat xarajatlari va davlat daromadlarini - hamda ular har birining rolini atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim.
Dastlab, davlat xarajatlarining tavsifiga murojaat qilish kerak. Chunki aynan davlat xarajatlari davlat moliyasining ijtimoiy mo‘ljallanganligi nimadan iborat ekanligini aniq ko‘rsatadi. Shunga mos ravishda, aynan davlat xarajatlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va hajmi moliyaviy tizim faoliyatining natijalarini o‘zida aks ettiradi va bu tizim ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida o‘zining funksiyalarini bajarayaptimi yoki yo‘qmi, degan savolning javobini oldinroq aniqlashga imkon beradi.
samaradorligini ta’minlash davlatning moliyaviy siyosatiga bog‘liq ravishda muayyan vazifalarni hal qilish orqali amalga oshiriladi:

  • Davlat markazlashtirilgan va markazlashmagan pul mablag‘larini shakllantirishda davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;

  • Davlat daromadlarini shakllantirish va ulardan oqilona foydalanish ustidan tegishli nazoratni ta’minlash;

  • nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va takomillashtirish;

  • hokimiyat organlari tomonidan tegishli moliyaviy resurslarni to‘plash, taqsimlash va ulardan foydalanish funksiyalarini

bajarilishini nazorat qiladi;

  • tashkilotlar va jismoniy shaxslarning davlat organlari va tashkilotlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarning bajarilishini tekshirish;

  • Byudjetdan mablag‘ oluvchilarni byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishni tekshirish;

  • korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning moliyaviy

faoliyatini tekshirish;

  • subyektlar tomonidan naqd pul hisob-kitoblari va kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga amal qishlinishini tekshirish;

  • valyuta va valyuta operatsiyalarni o‘tkazish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;

  • moliya sohasida jinoyatlarning oldini olish va oldini olish.

Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo‘lib xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy subyektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.
Moliyaviy nazorat, bir tomondan, o‘zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, mustaqil bo‘lgan ikki sohaga bo‘linadi34:

  • davlat moliyaviy nazorati;

  • nodavlat moliyaviy nazorati.

Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv konkret organlari
143
harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi.
Moliyaviy nazorat nazorat qiluvchi faoliyatning boshqa sohalaridan ajralib turadigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, uning obyekti va predmeti, nazorat subyektlari (hokimiyat va agentlar) va boshqariladigan subyektlarning tarkibi, maqsadlari va vazifalari, shakllari va usullari mavjud.
Moliyaviy nazorat obyektlari bo‘lib iqtisodiyotdagi barcha subyektlarning pul jamg‘armalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish, shuningdek moddiy, mehnat va boshqa resurslarni jalb qilish jarayonidagi pul oqimlari yoki munosabatlari hisoblanadi.
Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat:

  • turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;

  • soliq to‘lovlarining hajmlari;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromadlari;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarning muomala xarajatlari;

  • tannarx va foyda;

  • uy xo‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari;

  • va boshqalar.

Moliyaviy nazoratning predmeti hisoblangan yuqoridagi ko‘rsatkichlarning ko‘plari hisobli ko‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, o‘z navbatida, ularning amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ravishda hisoblanishining to‘g‘riligi va ishonchliligini tekshirishni (nazorat qilishni) taqozo etadi.
Moliyaviy nazorat subyektlari bo‘lib vakolatli davlat organlari, shuningdek, moliyaviy qonunlarga rioya qilinishini tekshirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan nodavlat tashkilotlar va muassasalari hisoblanadi.
Nazorat ostida bo‘lgan subyektlarga davlat hokimiyati organlari, mahalliy boshqaruv organlari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va moliyaviy bitimlarni bajaruvchi jismoniy shaxslar kiradi.
Davlat moliyaviy nazoratining maqsadi davlat moliyaviy faoliyatining qonuniyligi va samaradorligini ta’minlash sifatida belgilanishi mumkin.
Davlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadini amalga oshirish (vipolneniya), ya’ni moliyaviy faoliyatning qonuniyligi va
142
Takror ishlab chiqarish jarayonida davlat moliyasining rolini aniqlab olish uchun ularni bir necha belgilar bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin.
Agar davlat xarajatlariga tovarlar yoki mehnatda ifodalangan xizmatlar qarama-qarshi turadigan bo‘lsa, u holda davlat pul mablag‘lari oqimlarining boshqa ne’matlarga o‘ziga xos tarzda transformatsiyalashuvi sodir bo‘ladi va shu munosabat bilan bunday xarajatlarni transformatsion xarajatlar tarkibiga kiritiladi. Ularning orasidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • davlat iste’moli (davlat sektori ishchilarining ish haqi, joriy ehtiyojlarni qoplash uchun davlat tomonidan sotib olingan tovarlar uchun to‘lovlar, ishlab chiqarishga dotatsiya berish; davlat qarziga xizmat ko‘rsatish, byudjetlararo subsidiyalar va shu yerda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan ssudalar);

  • davlat investitsiyalari (davlat korxonalari va tashkilotlarining asosiy kapitali va aylanma fondlarining o‘sgan qismiga investitsiyalar, davlat zaxiralarini yaratish, uzoq muddatli byudjet kreditlari).

Shunday qilib, iqtisodiyot resurslarining cheklanganligi sharoitida transformatsion xarajatlar nodavlat sektorida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning hajmini bevosita o‘zgartiradiki, bulardan boshqa bir vaziyatlarda jamiyat foydalanadi va bir vaqtning o‘zida jami taklifning tarkibiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Agar davlatning xarajatlari turli xildagi pensiyalarni (yosh bo‘yicha, nogironlik, boquvchisini yo‘qotganda, alohida xizmatlari uchun) va nafaqalarni (bolalarga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlik bo‘yicha) to‘lashga yo‘naltirilsa, u holda davlat tomonidan mablag‘larni berishning o‘ziga xos tarzda berilishi sodir bo‘lib, u transfert deb ataladi va bunda mablag‘lar soliq to‘lovchilardan shu to‘lanmalarni oluvchilarga beriladi va mazkur operatsiyada uchrashuvchan xizmatlarning taqdim etilishi sodir bo‘lmaydi. Bunday holda yangi qiymat yaratilmaydi va huquqni ushlab turuvchining tovarlar va xizmatlar iste’moli berilishi kuzatiladi. Bu transfert xarajatlar jamiyatning jami daromadini uning a’zolari o‘rtasida taqsimlanishini o‘zgartiradi (korrektirovka qiladi).
Davlatning xarajatlari yana joriy (davlat iste’moli va transfertlar) va kapital xarajatlarga (davlat investitsiyalari) bo‘linadiki, bunday bo‘linish takror ishlab chiqarish parametrlari dinamikasiga moliyaning ta’sirini baholashda juda muhimdir.
Shuningdek, davlatning xarajatlari insonlarga (shaxsiy daromadlar) va kapitalga (joriy qo‘yilmalar va investitsiyalar) xizmat qilishi mezoni bo‘yicha ham klassifikatsiya qilinishi mumkin. Bu narsa ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish va uni iste’mol qilishda ularning ulushlarini alohida hisobga olishga imkon beradi.
Davlat xarajatlarini guruhlarga ajratishda funksional prinsipdan foydalanish mamlakat taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati bilan o‘zaro munosabatlar orqali ifodalanadigan davlatning barcha funksiyalarini (ijtimoiy, iqtisodiy, tadqiqotchilik, boshqaruvchilik, tashqi siyosiy va boshqalar) namoyish qilishi mumkin. Shu narsaning o‘zi tizimlashtirilgan ko‘rinishda yo‘nalishlarning ustuvorligini aks ettirishga va davlat tomonidan tartibga solish jarayonining ta’sirchanligini baholashga imkon beradi. Masalan, davlatning ijtimoiy funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar aholi kam ta’minlangan qatlamlarining kvalifikatsiya, tibbiy xizmat, uy-joy, kafolatlangan minimal pensiya va nafaqalar olishga tegishli sharoitlarni yaratadi. Bu esa sotsial munosabatlarning barqarorligini qo‘llab-quvvatlab, jami talabning hajmi va tarkibiy tuzilmasiga keskin ta’sir ko‘rsatadi va bu ta’sir quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • ijtimoiy subsidiya oluvchilar aholining moddiy ne’matlar iste’moli qismiga nisbatan barqaror to‘lovga qobiliyatli talabning barqarorligini ta’minlaydi;

  • ijtimoiy-madaniy soha tashkilotlarini joriy saqlash uchun tovarlar va xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishi bozorning juda ko‘p segmentlarida talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi;

  • maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy ta’minot obyektlarining kengaytirilishi, uy-joy qurilishiga davlat dotatsiyalari bilan birgalikda, faqat qurilish materiallariga bo‘lgan talabni oshirib qolmasdan, balki qurilish industriyasi bilan bog‘liq bo‘lgan sanoatning boshqa alohida tarmoqlari uchun ham chuqur bozorni yaratadi, uzoq muddatli foydalanish xos bo‘lgan predmetlar uchun talabni oshiradi.

Bundan tashqari, davlatning ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari bu o‘ziga xos tarzda malakali ishchi kuchini tayyorlashga qilingan investitsiyalardan iboratdir. Bundan uning ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlashning strategik chorasi ekanligi ham yaqqol

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling