Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet31/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Yangi mumtoz nazariyalar. Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda yangi keynschilarning nazariyalari bilan bir qatorda davlat tomonidan tartibga solishni cheklash orqali erkin tadbirkorlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi yangi mumtoz nazariyalar ham yaratildi. Yangi mumtoz maktabning nazariyotchilari (AQShda R.Slou, J.Kenrik; Buyuk Britaniyada – A.Robbins, J.Mid) iqtisodiyotga davlatning aralashmasligi asosiy prinsipini himoya qilib, bir vaqtning o‘zida maorif va fanga sarf qilinadigan xarajatlar salmog‘ini oshirish orqali ularning tarkibiy tuzilmasini o‘zgartirib, davlat xarajatlari umumiy hajmining qisqartirilishini yoqlab chiqdilar. Shuningdek, “inson kapitaliga investitsiyalar”ga alohida e’tibor qaratildi. Bir vaqtning o‘zida, soliqlarning darajasini pasaytirish taklif etildi va defitsitsiz byudjetga erishilishi talab
qilindi.
Takror ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlashuvi va inflyatsion tendensiyalarning (oqimlarning) kuchayishi bilan iqtisodiy qiyinchiliklar uchun javobgarlik yuklatilgan keynschilik va yangi keynschilik qoidalarini tanqid qilish ham kuchaya bordi. Ana shunday murakkab iqtisodiy vaziyatda yangi mumtoz maktabdan “taklif iqtisodiyoti” nazariyasini ishlab chiqqan yangi konservativ yo‘nalish (AQShda – G.Steyn, M.Ueydenbaum; Buyuk Britaniyada – J.Xau, A.Uolters) ajralib chiqdi. Bu yo‘nalishning moliyaviy konsepsiyasi iqtisodiy o‘sishning jamg‘armalar va jamg‘arma bilan belgilanishiga asoslanadi. Davlat soliq tizimi orqali mamlakatda investitsiyalarning yetarliligini ta’minlash uchun jamg‘armalarni shakllantirishga zarur
192
hamda u bilan bog‘liq moliyaviy axborotni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir.
Amaliyotda auditorlik tekshiruvi 2 xil shaklda o‘tkaziladi, ya’ni majburiy auditorlik tekshiruvi va tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi shaklida.
O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq quyidagi subyektlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi kerakligi belgilab qo‘yilgan:

  • aksiyadorlik jamiyatlari;

  • banklar va boshqa kredit tashkilotlari;

  • sug‘urta tashkilotlari;

  • investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar;

  • manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‘lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;

  • mablag‘larining hosil bo‘lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo‘lmish byudjetdan tashqari fondlar;

  • ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari.

  • fond va tovar birjalari.

Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘ladi. Auditorlik tashkilotini tanlash xo‘jalik yurituvchi subyekt mulkdori, shuningdek‚ qatnashchilari
(aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishi bilan kelishib olinadi.
Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyekt oldingi yil uchun o‘z yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilining 1 mayigacha auditorlik tekshiruvidan o‘tkazadi va auditorlik tekshiruvi tamom bo‘lgandan keyin 15 kun mobaynida tegishli soliq organiga auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etishi kerak. Auditorlik xulosasi nusxasi soliq organiga belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyekt soliq organiga auditorlik xulosasi mavjud emasligining sababini aks ettiruvchi tushuntirishni yozma shaklda taqdim etishi kerak.
Hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha yillik moliyaviy hisobot auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilmasligi hamda auditorlik xulosasi mavjud emasligi xo‘jalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlashi deb e’tirof etiladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlash xo‘jalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanishiga olib keladi. Xo‘jalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin kalendar yil oxirigacha majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlash xo‘jalik subyektidan qonunchilikka muvofiq miqdorda jarima undirilishiga olib keladi.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki boshqa auditorlik tekshiruvi buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘tkazilishi mumkin.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining predmeti, muddatlari va boshqa shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuziladigan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishini qo‘zg‘atuvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt, uning mulkdori, shuningdek‚ ustav kapitalida qonun hujjatlarida belgilanganidan kam bo‘lmagan miqdordagi ulushga ega qatnashchilar va aksiyadorlar, nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlardir.
Auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko‘ra auditorlik tashkiloti va ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida o‘tkaziladi hamda unga mazkur shartnoma asosida haq to‘lanadi.
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha ishlarga haq to‘lash auditorlik tekshiruvini belgilagan organ hisobidan amalga oshiriladi.
Auditorlik tekshiruvining natijasida auditorlik hisoboti tuzilib, u auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoida buzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek‚ auditorlik tekshiruvini o‘tkazish natijasida S – soliqlar;
I – investitsiyalar;
Dx – davlat xarajatlari.
Shunday qilib, J.M.Keyns ishlab chiqarishning monopollashuvi sharoitida iqtisodiyotni tartibga solishga yo‘naltirilgan va prinsial jihatdan yangi bo‘lgan moliya nazariyasini ishlab chiqqan. 1970-yillarga qadar sanoati taraqqiy etgan ko‘pgina mamlakatlar moliyaviy siyosatining asosini tartibga solish keynscha nazariyaning boshlang‘ich holatlari (nuqtalari) tashkil etdi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling