Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet68/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

K я = (Qаичф: Qбаич ) x 100%
Bu yerda: K я - yangilanish koeffitsiyenti;
Qаичф - yil davomida kiritilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati; Qбаич - barcha asosiy ishlab chiqarish fondlari- ning yil oxiridagi qiymati.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining chiqish (chiqib ketish) koeffitsiyenti esa eskirgan ishlab chiqarish apparatining foydalanishdan chiqib ketish dinamikasini ifodalaydi va u quyidagicha aniqlanadi:
Q ч = (Qаичфл : Qаичфб ) x 100%
Bu yerda: Q ч - chiqish (chiqib ketish) koeffitsiyenti; Q аичфл - yil davomida tugatilgan (likvidatsiya qilingan) asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati; Q аичфб - asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati.
Shunday qilib, asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligi, ko‘p jihatdan, amortizatsiya ajratmalarining maqsadli foydalanilishini, ishlab chiqarish apparatining rivojlanishiga emission daromad va sof foydaning kerakli miqdorlarda reinvestitsiya qilinishini oldindan aniqlab beradi. Shu bilan birgalikda bu yerda, yangi texnologik tizimlardan
250
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok etadigan moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligi olingan samara va uni qo‘lga kiritish uchun sarf qilingan moliyaviy resurslar o‘rtasidagi nisbat orqali ifodalanadi. Shu munosabat bilan moliyaviy resurslardan foydalanishning sifat natijasini quyidagi formula orqali ko‘rsatish mumkin:
M с = (F : M р ) x 100%
Bu yerda: M сmoliyaviy samaradorlik; ∆F – foydaning o‘sgan qismi; M р – moliyaviy resurslar.
Asosiy kapitalning rivojlanishi va uning moliyaviy jihatdan ta’minlanishini boshqarishda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning samaradorligini baholash alohida ahamiyat kasb etadiki, uning juda ko‘p jihatlari mavjud.
Bu yerda, eng avvalo, davlat, mulkdorlar, boshqaruvchilar va xodim (ishchi)lar manfaatlarini birgalikda qarash jihati juda muhimdir. Davlat manfaatlari, bir tomondan, XYuSlarning soliq to‘lovlarini maksimallashtirish maqsadida balans foydaning maksimallashtirilishini ko‘zda tutadi. Ikkinchi tomondan esa, foydadan soliq to‘lovlari foydaning kengaytirilgan ilmtalab takror ishlab chiqarishga qayta investitsiya qilinishini hisobga olgan holda optimallashtirilmog‘i lozim.
Juda ko‘p hollarda mulkdorlar va boshqaruvchilar manfaatlari bir-biriga mos keladi. Mulkdorlar uchun ham, boshqaruvchilar uchun ham bir aksiyaga to‘g‘ri keluvchi foyda summasining o‘sishi orqali aksionerlar daromadlarini maksimallashtirish maqsadini amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etadi. Odatda, daromadlarni maksimallashtirish ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish hisobidan erishiladi. U rentabellik va mehnat unumdorligi, fond qaytimining oshishi, xarajatlarning qisqarishi, aylanma mablag‘lar aylanishining tezlashuvi, mahsulot sifatining oshishi, asosiy fondlarning yangilanishi, innovatsion texnologiyalar va boshqaruv metodlaridan foydalanish bilan bog‘liq.
Boshqaruv qarorlarida dividend siyosatini oqilona shakllantirish muhim ahamiyatga egaki, u sof foydani dividendlar to‘lashga va uni jamg‘arishga yo‘naltirishga oqilona taqsimlanishini nazarda tutadi.
XYuS xodim (ishchi)lari manfaatlari nuqtayi nazaridan faqatgina moliyaviy natija emas, balki o‘zining tarkibiga ish haqi va uning o‘sishi, ijtimoiy dasturlar va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan XYuS xarajatlari hisobidan vujudga keladigan moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sishini qamrab oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy samara ham muhimdir.
Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYuS moliya-xo‘jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi umumiy moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu yerda hal qiluvchi va aniqlovchi ko‘rsatkich sifatida ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi ko‘rsatkichidan foydalanish mumkin. U samaradorlikni baholashning me’zoni bo‘lib xizmat qiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling