Aholining turmush darajasi reja: Turmush darajasi tushunchasi va uning ko’rsatgichlari tuzishi. Aholi daromadlari va ularning turlari


Download 116.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana11.01.2023
Hajmi116.98 Kb.
#1088724
  1   2   3   4
Bog'liq
stat



AHOLINING TURMUSH DARAJASI
Reja:
1.Turmush darajasi tushunchasi va uning ko’rsatgichlari tuzishi.
2.Aholi daromadlari va ularning turlari.
3.Yashash minimum iva istemol savati.
Tayanch iboralaralar:
turmush darajasi; umumiy va xususiy ko’rsatkichlar; iqtisodiy va
ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar; obyektiv va subyektiv ko’rsatgichlar;
qiymat va natural ko’rsatgichlar; mutlaq va nisbiy qashshoqlik; aholi
daromadlar; pul daromadlari;ish haqi; vaqtbay va ishbay haqi; ishhaqiga
talab va uning taklifi; mehnat unumdorligi; pensiya; nafaqa; stipendiya;
foyda; divident; foiz; renta; natural daromad; shaxsiy daromad; firma
daromadi; davlat daromadi; istemol savati; oziq-ovqat savati.
Turmush darajasi tushunchasi va uning ko’rsatgichlari tuzishi.
Turmush darajasi-bu jismoniy, manaviy va ijtimoiy ehtiyojlarning
rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqiyosi va ularing qondirish uchun
yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy
kategoriyadir.


Turmush darajasi to’g’risida to’liqroq malumot olish uchun aholi
daromadlari va ehtiyojlari, istemol darajasi va tarkibi, uy-joy, mol-mulk,
madaniy-maishiy buyumlar va boshqalar bilan tabminlanganlik darajasini
chuqurroq o’rganish lozim bo’ladi.
Turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar turli-tuman bo’lib, ular
quyidagi turkumlarga ajratiladi:
-umumiy va xususiy;
-iqtisodiy va ijtimoiy-demografik;
-obyektiv va subyektiv;
-qiymat va natural;
-miqdor va sifat;
-istemol proportsiyasi va tarkibi ko’rsatgichlari;
-statistik va boshqa ko’rsatkichlar.
Umumiy ko’rsatgichlarga:
1.Milliy dvromad
2.Istemol fondi
3.Milliy boyliklar iste’mol fondi kabilarning aholi jon boshiga to’g’ri
keladigan ulushi kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotining umumiy darajasini ifodalaydi.
Xususiy ko’rsatkichlardan:


1.Iste’mol darajasi va usullari.
2.Mehnat sharoitlari.
3.Turar-joy taminoti va maishiy qulayliklar.
4.Ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish darajasi
5.Bolalarni tarbiyalash sharoitlari.
6.Ijtimoiy taminot va boshqalarni keltirib o’tish mumkin.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar inson va jamiyat hayotining iqtisodiy
imkoniyatlarini ifodalaydi. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti va har bir
insonning farovonligi (va ha-iqiy daromadlar, ish bilan bandlik va
boshqalar)
darajasini
aks
ettiruvchi
ko’rsatkichlarni
iqtisodiy
ko’rsotkichlar sirasiga kiritiladi.
Ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar aholining yoshi, jinsi,
kasbiy-malakaviy tarkibini, ishchi kuchini jismoniy takror ishlab
chiqarishni ifodalaydi.
Obyektiv ko’rsatkichlar obnktiv (iqtisodiy, texnik va hokazo)
bazaga,ega bo’lsa, subyektiv ko’rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida
shaxslarning mehnat,oilaviy munosabatlar, daromadlar,ish, turmush tarzi
vash u kabilardan qoniqish bo’yicha hisobga olinadi.
Qiymat ko’rsatkichlari barcha daromad ko’rsatkichlari va pul
ko’rinishidagi
boshqa
ko’rsatkichlarni
(tovar
aylanishi, xizmatlar,
tashishlar, pul jamg’armalari va qo’yilmalari va hokazolarni hajmi) o’z
ichiga oladi. Natural ko’rsatkichlar natural birliklarda (dona,kvm, kubm va
hokazolar)
o’lchanadigan
muayyan
moddiy
nematlar
va
xizmatlar-oziq-ovqat
mahsulotlari,
energiya
istemoli,
mol-mulk,
turar-joylar, madaniy–maishiy tovarlar taminotining hajmini ifodalaydi.


Miqdor ko’rsatkichlari muayyan moddiy nematlar va xizmatlar
istemol hajmini aniqlaydi. Sifat ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat
ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat jihatdan baholash imkonini
beradi.
Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor
iqtisodiyoti sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko’rsatkichlar
tizimi taklif etiladi:
1)umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar;
2)aholi daromadlari;
3)aholi iste’moli va harajatlari;
4)aholining pul jamg’armalari;
5)jamg’arilgan mol-mulklar va turar-joylar;
6)aholining ijtimoiy tabaqalanishi;
7)aholining kam ta’minlangan tabaqalari.
Turmush darajasini ifodalash uchun mutlaq va nisbiy qashshoqlik
ko’rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Mutlaq qashshoqlik-daromadning
umuman yo’qligi yoki shaxs (oila)ning minimal turmush ehtiyojlarini
qondirish uchun zarur daromadining yo’qligi. Mutlaq qashshoqlik ko’proq
daydilar, boshpanasizlar va shu kabilar orasida uchraydi.
O’zbekistonda nisbiy qashshoqlik yashash minimummidan kam
bo’lgan daromad miqdori bilan aniqlanadi. Jahon amaliyotida esa bu
ko’rsatkich mamlakat bo’yicha o’rtacha daromadning 40-60 foizidan kam
bo’lgan daromadlarga nisbatan qo’llaniladi.
Aholi daromadlari va ularning turlari.



Download 116.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling