Air jordan why drive when you can fly

Download 1.66 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1527982
Bog'liq
Ergashev Fazliddin

AIR JORDAN

Why drive when you can fly

Air Jordan – Nike kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan basketbol poyabzali va sport kiyimlari brendi sanaladi. U sobiq professional basketbolchi Maykl Jordan uchun maxsus ishlab chiqilgan va uning nomi berilgan. Asl Air Jordan I modeli 1984-yil boshida faqat Jordan uchun ishlangan va 1984-yilning oxiridagina keng ommaga sotilgan. Nike kompaniyasi poyafzal dizaynini yaratish uchun Piter Mur, Tinker Xetfild va Bryus Kilgorelarni taklif etadi. Nike raisi Fil Nayt 1984 yilda Milliy Basketbol Assotsiatsiyasida endigina o’ynay boshlagan yosh basketbolchi Maykl Jordan bilan shartnoma imzoladi.

Tinker Xetfildni Air Jordanning yagona dizayneri deb

aytishadi, ammo bu to’g’ri ma’lumot emas. Air Jordan I modeli

Piter Mur tomonidan ishlangan. Ilk bora ular 1985-yilda qizil va qora

rangda chiqarilgan.

Jordan II 1987-1988 yillarda ishlab chiqarilgan.

Jordan II 1987-1988 yillarda ishlab chiqarilgan.

Ushbu model birinchisiga qaraganda innovatsion

ko’rinishda edi. Ushbu modelni Bryus Kligore ishlab

chiqqan. 1988-yilda Jordan krossovkaning muvaffaqiyatini

ko’rgandan so’ng, Maykl Jordan krossovkalarning dizayni

bilan o’zi shug’ullanishga ahd qildi. Nike kompaniyasiga bu

fikr yoqmadi. Vaziyatdan chiqish uchun ular Jordanga

“yordamchi” sifatida dizayner Tinker Xetfildni berishdi.

Ular birgalikda poyafzalning yangi versiyasi ustida ishlashdi.

Aynan ular birgalikda ishlab chiqqan krossovkaning dizaynida

Ilk bor Jumpman logotipi qo’llanilgan. Bu Air Jordan III modeli

edi.

1993-yilda Air Jordan VIII modeli chiqarildi. Aynan ularni kiygan holatda Maykl Jordan

o’zining 20000 chi ochkosini qo’lga kiritdi va Chikago Bulls jamoasi tarkibida NBA

Chempionligi unvonini qo’lga kiritdi.

2008-yilda klassik Jordan krossovkasining dizayneri Tinker Xetfild Air Jordan brendining XXIII modelini loyihalashtirishga qaytdi. Krossovkalarning tashqi ko’rinishi o’zgardi, endi ularning yon tarafida g’ayrioddiy naqshi bor edi. Har ikki poy krossovkada bu naqshlar takrorlanmasdi. Krossovkaning tagida esa Maykl Jordanning barmoq izlari ko’rinishida surat bor edi.

E’tiboringiz uchun rahmat

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling