Texnika xavfsizligi
Qurilishda texnika xavfsizligiga katta ahamiyat berilishi kerak bo‘ladi, chunki bu inson hayoti bilan bog‘liq. Qurilishda ish boshlanishidan oldin texnika havfsizligi bo‘yicha instruktaj o‘tilishi kerak.
Buldozer bilan ishlaganda
dvigatel batamom o‘chmaguncha traktor otvali oldida odam bo‘lmasligi kerak.
to‘xtash vaqtida otval erga tushirilgan bo‘lishi kerak
30%0 dan ortiq qiyaliklarda gruntni surmaslik kerak
qiyalikka gruntni surayotganda otvalni qiyalik qoshidan o‘tkazmaslik kerak
otval gruntga to‘lgan yoki erga qadalgan holatda buldozerni burish mumkin emas
otval tushirilgan holatda buldozerni orqaga yurgizish mumkin emas
yomg‘ir yog‘ayotganda loyli gruntlarda ishlash mumkin emas
buldozerning osma uskunalarini o‘rnatish va echib olish faqat bosh muhandis yordamida bajarilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |