Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi. Reja
Download 241.58 Kb.
|
Gruntga
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskavatorlar bilan grunt qazish.
Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi. Reja: 1.Bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskavatorlar bilan grunt qazish. 2.Yer qazuvchi –transport mashinalari bilan grunt qazish. 3.Gruntni zichlash va trambovka qilish. Gruntni zichlash. Gruntni trambovka qilish. Zokirov Omonjon 1.Bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskavatorlar bilan grunt qazish. Yer ishlarini bajarish asosiy usuli mexanizmlar bilan gruntni qayta ishlash munosib ishchi jihozlar bilan ta’minlangan, yer qaziydigan va qazib tashlangan mexanizmlar yordamidagrunt qaziladi, so’riladi, joylanadi, tekislanadi, zichlanadi. Mashinalarning soni turi va markasi yer inshootlarni fazoviy shakli va geometrik parametri, qurilish maydon gruntlari va gidrogeologik sharoiti, ishlarni bajarish loyiha muddatiga bog’liq. Yer ishlarini bajarish uch jarayondan iborat: o’yish, qazish, gruntni tashish, ko’tarmaga og’dirish, bunda asosiy jarayon qazish. Uymani qazish uchta asosiy usullar bilan bajariladi: kesib, oqim bilan yuvib va portlatish usuli bilan. Mexanik usulda turli mashinalarni ishchi grunt qazilganda organlarni grunt kesish yoki sindirish kuchi ta’sir qiladi. Buning natijasida gruntni ma’lum qismi massivdan ajraladi va so’rilishi oson bo’ladi. Kesim usuli bilan grunt ishlaganda yer qaziydigan qazib tashiydigan yerni planirovkalaydigan mashinalar qo’llanadi. Yer qazuvchi mashinalar–ekskovatorlar, ariq qazuvchilar cho’michpichig’i bilan gruntni ajratadi, tukmaga yoki yer qazuvchi mashinaga yaqin joylashgan transport bunkeriga to’kadi. Qazib tashuvchi mashinalar –skreperlar va buldozerlar qazilma qazish, va ko’tarmaga to’kish uchun belgilangan. Bu mashinalar yer ishlari jarayonini to’liq mexanizasiyalashni ta’minlaydi. Yerni planirovkalovchi mashinalar – ulama va o’zi yuradigan skreperlar, greyderlar va buldozerlar, gruntni qazish, surish va planirovkalash uchun belgilangan. Grunti suv oqimi bilan yuvib ishlash va suyultirilgan gruntni quvurlar orqali tashishda gidromonitlar, yer so’radigan moslamalar qo’llaniladi. Yer ishlarini bajarishni samador shakli kompleks mexanizasiyalashdir. Kompleks mexanizasiya’ni asosiy prinsipi shundan iboratki, jarayonni bajarishdagi hamma jarayonlar va operasiyalar va texnologik parametrlar bir-biriga mos kelishi kerak. Bunda mashinalar kompleksi tushunchasi kiritiladi, hamma ishlab chiqarish jarayoni yer ishlarini kompleks mexanizasiyalashgan texnologik jarayon deb ataladi. Bajarilayotgan texnologik jarayonlarga qarab yer ishlari uchun, mashinalarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: Ekskovatorlar; Yer qazib tashiydigan mashinalar; Ortuvchilar; Gruntni zichlovchi mashinalar; Muzlagan gruntlarni yumshatish va ishlash uchun mashina va jihozlar; Tayyorgarlik ishlari uchun mashina va jihozlar; Quduq burg’ulash uchun mashina va jihozlar; Grunt gidro mexanik ishlash uchun mashinalar; Gruntni tashish uchun mashinalar; Download 241.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling