Қайд рақами
Download 0.88 Mb.
|
Aerodrom. Kurs ishini bajarish uchun usl.ko'rsatma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 Ilovaning davomi
Mashinalar: Ishchilar:
1.Avtogreyder DZ-31 – 1 (0,68) 1. Yo‘l ishchilari – 4 2.Katok DU-31 – 2 (0,89) 2. Mashinistlar 6 r. – 3
Qumli asos qurilishida ixtisoslashgan maxsus oqimning tuzilishi.
Brigada tarkibi: Mashinalar Ishchilar: 1. Avtomobil-samosvallar MAZ-503 – 16 (1,04) 1. Xaydovchilar – 17 2.Avtogreyder D–265 – 1 (0,48) 2. Mashinistlar 5 r.–2 3.Suv sepish mashinasi PM-130 – 1 (0,62) 4.Katok DU – 29 4 Ilovaning davomiGruntsementli asos qurilishida ixtisoslashgan maxsus oqimning tuzilishi.
4 Ilovaning davomi Primikaniya qurilishida maxsus oqim tuzilishi
4 Ilovaning davomi
Na’muna Kirish Passajir, yuk, bagaj, pochta tashish, shuningdek boshqa maqsadlarda uchadigan havo kemalariga xizmat ko‘rsatish maqsadida aeroport va aerodromlar tashkil etiladi. Aeroport - havo kemalarini qabul qilish, jo‘natish va havoda tashishga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan inshootlar majmuasidir. Bunga aerodrom, texnik xizmat ko‘rsatish xududi, alohida inshootlar va aerodromga yondosh aerodrom oldi xududi kiradi. Aerodrom - aeroportni tashkil etuvchi bosh qismi. Aerodrom havo kemalarini uchishi, qo‘nishi, yurgizib borish, saqlash va xizmat ko‘rsatishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan inshoot va qurilmalar majmuasiga ega bo‘lgan maxsus tayyorlangan er uchastkasidir. Aerodromlarni shakli va o‘lchamlarining o‘zgarishi ko‘pgina omillarga bog‘liq, shulardan asosiylari: - uchish-qo‘nish tezligining o‘sishi; - havo kemalari qanoti kengligini ortishi; - shassi tavsifini o‘zgarishi.
Texnik xizmat ko‘rsatish xududi aerodrom chegarasida shahardan kelish tomonga joylashadi va uni asosiy muxandislik kommunikatsiyalar egallaydi. Texnik xizmat ko‘rsatish xududi chegarasi shu xudud perimetri bo‘yicha joylashgan imorat va inshootlarni loyihalashtiriladigan to‘siqlari chizitsi bo‘yicha qabul qilinadi, bunga aerodromga yondosh tomon kirmaydi. Alohida inshootlar aeroport er uchastkasining bir qismi bo‘lib, havo harakatini boshqarish, radionavigatsiya (kemalar harakatini radio to‘lqinlar bilan idora qilish), tozalash inshootlarining chiqishi, yonilsi moy materiallarining ko‘chib yuruvchi omborlari joylashishi uchun ko‘zda tutiladi. Aerodrom oldi xududi - bu aerodromga yondosh joy bo‘lib, uning tepasida, ya’ni havo bo‘shlitsida havo kemalari manyovr qilishni bajaradi. Havo aloqalari halqaro, magistral va mahalliyga bo‘linadi. Halkaro havo yo‘llariga halqaro avialiniyalarida uchishni bajarayotgan havo kemalarini qabul qilish, chiqarish va xizmat qilish uchun mo‘ljallangan aeroportlar kiradi. Ular chegara bojxona va karantin nazorati bo‘limlariga ega bo‘ladi. Bunday gurux aeroportlari uchun fuqaro aviatsiyasi halqaro tashkilotining (IKAO) qo‘shimcha talab va tavsiyalarini inobatga olish shartdir. Magistral - aeroportlar havo trassalari bo‘yicha tashishni asosiy hajmini amalga oshiradi, yirik ma’muriy va madaniy markazlarni birlashtiradi. Mahalliy aerodromlarga asosiy tashish hajmi viloyat markazlari, yirik aholi punktlarini tuman markazlari va alohida punktlar bilan botslovchi mahalliy havo liniyalari bo‘yicha amalga oshiriladigan aeroportlar kiradi. Ekspluatatsion vazifasi bo‘yicha aerodrom quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) trassali - passajir, yuk va pochtalarni tashuvchi havo kemalarini ekspluatatsiyasi uchun ko‘zda tutiladi; 2) zavodniki - aviazavodlar yoki tuzatish korxonalarida chiqariladigan havo kemalarini sinov uchishlari uchun muljallangan; 3) o‘quv - havo kemalarini o‘quv mashqlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan; 4) aviatsiyani halq xo‘jaligida qo‘llash - aviatsiya ishlarini halq xo‘jaligining turli tarmoqlarida bajarish uchun: qishloq xo‘jaligi, o‘rmon, aerofotos’emka, ekspluatatsiyaga xizmat qilish, aholiga meditsina yordami ko‘rsatish uchun va sanitar tadbirlarini o‘tkazish va boshqa ishlarda qo‘llash. Aerodromlar foydalanish muddati bo‘yicha quyidagicha bo‘linadi: - doimiy - doimiy ekspluatatsiya uchun jixozlangan, belgilangan tartibda qayd qilingan va qayd qilinganligi xaqida guvoxnomaga ega bo‘lgan;
Foydalanish vaqti bo‘yicha quyidagicha bo‘linadi: - kecha - kunduz surunkasiga ishlaydigan - kunning barcha vaqtida havo kemalarini xavfsiz va doimiy ekspluatatsiyasini ta’minlaydigan vositalar bilan ta’minlangan ; - kunduzgi - kunduzgi uchishlar uchun tayyorlangan. Aerodromlar XK lariga xizmat ko‘rsatish tavsifi, turi va joylashishi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi: ba’zali (asosiy) havo liniyalariga, havo liniyalar tizimiga, fuqaro aviatsiyasining maxsus yoki xududiy bo‘limlariga xizmat qiluvchi xavo kemalarini ba’zasi uchun zarur; zaxira - aerodromlar havo liniyalari bo‘yicha qatnaydigan havo kemalarining u yoki bu turga tasodifiy, ahyon-ahyonda xizmat ko‘rsatishi uchun mo‘ljallangan; oxirgi - bu havo liniyasining biror tomondagi oxirida, oraliq - xavo liniyasining oraliq uchastkasida joylashgan aeroportlardir. Aerodromlar oltita sinf (A, B, V, G, D, E) ga bo‘linadi. Bu standart sharoitda sun’iy qoplamali asosiy uchish - qo‘nish tasmasining uzunligiga bog‘liq. Fuqaro aviatsiyasida ekspluatatsiya sinovlari, kelajakdagi o‘zgarishni hisobga olib, havoda tashishni tashkil qilish va ta’minlashga asosan aeroportlar aviatashishini hajmi bo‘yicha besh (I,II,III,IV,V) sinfga turkumlanadi. Havo kemalari salonda passajirlarni sig‘ishi (joylashishi) va havo kemasi massasi bo‘yicha to‘rt guruxga bo‘linadi: samoletlar uchun vertoletlar uchun I uchish massasi-75t I-uchish massasi-10t II uchish massasi-30-75t II-uchish massasi-5-10t III uchish massasi-10-30t III-uchish massasi-2-5t IY uchish massasi-10t IY-uchish massasi-2t. Aeroportni transport ishlarining texnologik jarayoni turli xizmatlar bajaradigan bir qator ishlab chiqarish operatsiyalaridan iborat: harakat, tashishni tashkil etish, muxandislik aviatsiyasi, yonilsi moy materiallari, maxsus avtotransport va boshqalar. Texnologik jarayonni asosiy vazifasi havo kemalarini talab qilingan sonini xavfsiz va doimiy (jadval bo‘yicha) qabul qilish va uchishini ta’minlashdir. Aeroport ishini texnologik jarayoni, umuman, passajir va ularning bagajiga xizmat ko‘rsatish, yuk va pochtalarni tashish va havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha uch asosiy texnologiyani o‘z ichiga oladi. Passajirlarga xizmat ko‘rsatish o‘z ichiga havo kemasi bortida (uchish vaqtida), shuningdek uchishdan oldin va uchishdan keyingi vaqtda passajirlar aeroportda bo‘lganda, uchuvchi, uchib keluvchi, tranzit, shuningdek kuzatuvchi va kutib oluvchilarga bajariladigan barcha ishlar majmuasini oladi (xavo kemasi bortida passajirlarga ovqat, suv berish va madaniy - maishiy tadbirlar , aerovokzal binosida uchuvchi passajirlarga xizmat ko‘rsatish- chiptalarni qayd qilish, bogajlarni rasmiylashtirish, bogaj , yuk, pochta tashish). YUklarni qabul qilish va jo‘natish. YUklarni tashish ikki usulda amalga oshiriladi: maxsus yuk havo kemasi va passajir havo kemalarida. Bunday tashishlarni bajarish uchun yuk perroni, yuk hovlisi, yuk omborlari, alohida pochta tashish va boshqa yordamchi inshootlar zarur. YUk va passajir perronlarida ortish-tushirish ishlari bajariladi. YUk hovlisi yuklarni yuk jo‘natuvchilardan qabul qilish va yuk qabul qiluvchilarga berish uchun mo‘ljallangan. Havo kemalariga xizmat ko‘rsatish - havo kemalarini uchishga tayyorlash va uchishdan so‘ng qabul qilish, texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ba’zi operatsiyalarni bajarilishi ketma-ketligi va usullari reys turiga bog‘lab reglamentli ishlarni texnologik ko‘rsatmalarida shartlangan. Texnik xizmat ko‘rsatish - texnik va tashkiliy tadbirlar majmuasidir, ular havo kemalarini ekspluatatsiyasi jarayonida passajir va yuklarni tashishda transport ishini talab qilinadigan samaradorligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Texnik xizmat ko‘rsatish tizimida eng zarur ikki kichik chiziq tizimlarni ajratish mumkin: tadbir (profilaktika) va tuzatish. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling