Ajdodlar merosi avlodlar xazinasi
Download 10.64 Kb.
|
Ajdodlar merosi-WPS Office
Ajdodlar merosi avlodlar xazinasi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida jamiyatimiz ma`naviy-ma`rifiy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz ma`naviyatini yanada yuksaltirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Bu milliy qadriyatlarimizni tiklash, noyob ilmiy, ma`naviy-madaniy merosimizni asrab-avaylash, yoshlar ongiga singdirish, jahon miqyosida keng targ`ib-tashviq etish borasida o`zining yorqin samaralarini berayotir. Aksariyat taniqli Gʻarb olimlarining e’tiroficha, hozirgi kunda butun jahon, ayniqsa, eng rivojlangan mamlakatlarda foydalanilayotgan ilg‘or texnologiyalardan tortib, kundalik zarur iste’mol buyumlarining yaratilishi zamirida ajdodlarimizning ilmiy kashfiyotlari yotibdi. Hozirgi zamon raqamli texnologiyalari al-Xorazmiyning algoritmlarisiz, zamonaviy tibbiyot buyuk Ibn Sinoning “Tib qonunlari”siz, arifmetika, matematika, astronomiya, ma’danshunoslik Beruniy dahosi yaratgan asarlarsiz, fazo astronomiyasi Farg‘oniy hamda Mirzo Ulug‘bekning mashaqqatli mehnatlarisiz hozirgi darajaga yetmagan, yeta olmagan bo‘lardi. Qolaversa, sovun, qalam, gul yog‘i, hammom, kanalizatsiya kabi oddiy va muhim ashyo, inshootlar ham ilk Musulmon renessansi paytida kashf qilindi hamda Ispaniya orqali tijorat yo‘li bilan Yevropa va dunyo mamlakatlariga tarqaldi. Tarixga nazar solsak òzbek xalqining naqadar buyukligini ifodalashga til ojiz. Bunga bir kichik misol keltisak uni tariflash uchun kitoblar yozsak ham kam. Ulardan : buyuk olim matematik, astronom, geograf, tarixchi. U tufayli matematika fanida "algoritm" va "algebra" terminlariga asos soldi. Bu buyuk bobomiz Al Xorazmiy. Shulardan yana bir buyuk ajdodimiz Al Beruniy — Xorazmning buyuk allomasi, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab fanlarda oid qomusiy asarlar muallifi. Beruniy O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan. Xorazmlik buyuk ajdodlarimizdan buyuk mard jasur matonatli bobomiz Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshohning toʻngʻich oʻgʻli Jaloliddin Manguberdi. Jaloliddin Manguberdi haqida uning shaxsiy kotibi, tarixchi Nasaviy shunday yozadi: "Jaloliddin qorachadan kelgan, oʻrta boʻyli, turk lafzli odam edi. Fors tilini ham yaxshi bilardi. Uning botirligiga kelganda shuni aytish kerakki, sulton arslonlar orasidagi eng kuchli sher edi. Bir soʻzli, kek saqlamaydigan, ochiq koʻngil, toʻgʻri odam edi. U jiddiy shaxs edi. Hech qachon kulmasdi. Juda nari borsa, jilmayib qoʻyardi. U adolatsizliklarni yomon koʻrardi. Jaloliddin oʻta qatʼiyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan favqulodda mard va botir sarkarda edi". Oʻzbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashda koʻrsatgan mislsiz jasorati, vatanga va oʻz xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida "Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida" qaror qabul qiddi (1998 yil). Qarorga koʻra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal oʻrnatildi, yirik koʻcha, maydon, jamoa korxonalari va boshqalarga uning nomi qoʻyildi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, doston, pyesa va boshqa yaratilgan. "Jaloliddin Manguberdi" ordeni taʼsis etilgan (2000 yil 30 avgust). Hozirgi kunga kelib, Jaloliddin, oʻzbek va turkman xalqlarining milliy qahramoniga aylangan. Unga atab bir necha doston va asarlar yaratilgan. O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida tasvirga olingan “Mendirman Jaloliddin” nomli teleserial namoyishi boshlandi. Bu biz uchun katta yutuq chunki bu serial orqali Buyuk ajdodlarimizni butun dunyoga tanitib kim bòlib òtganligi haqida bilib olishadi. Serial faqat tarix, urushdan emas, vatanparvarlik, mardlik, olijanoblik kabi xislatlarni qamrab oladi. Xalqimiz uchun foydali bo‘ladi, deb ishonaman. «Mendirman Jaloliddin» seriali Turkiyaning «Tirilish-Ertug‘rul» va «Qurilish-Usmon» kabi seriallari bilan mashhur bo‘lgan «Bozdag film» kompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda. Turkiyadagi 30 gektar maydonda barpo etilgan «Bozdag film» platosida O‘zbekistonning XIII asrga oid muhiti jonlantirilgan. 1200 nafar ishchi-xizmatchining mehnati bilan 3500 kvadrat maydonda balandligi 5,5 metr bo‘lgan ikki qavatli Xorazmshoh saroyi qad ko‘targan. Gurganj ko‘chalari, aholi yashaydigan uylar, katta bozor ham davrga uyg‘un tarzda bunyod etilgan. Istanbuldan 750 kilometr masofadagi Oqsaroy muzofotida sahro jang sahnalari suratga olingan. Liboslar ustida esa 200dan ortiq kishi mehnat qilgan. Xulosa qilib shuni aytishim mumkin kino bizning boy o‘tmishimiz, har qancha maqtansa arzigulik tariximiz va qahramonlarimiz borligini nafaqat o‘z xalqimizga, balki boshqalarga ham yana bir bor ko‘rsatish imkonini beribdi. Garchi serialdagi ko‘p voqealar badiiy to‘qimalarga asoslangan bo‘lsa ham, yoshlarimiz va ommani tariximizni, milliy qahramonlarimizni qaytadan kashf qilishga hamda shu bahona tariximizni yahshiroq o‘rganishga undashi aniq. Ikkinchidan, serialdagi voqealar yakuni, ya’ni Xorazmshohlar qismati, ulkan armiya, katta boylik va yuqori sivilizatsiyaga ega bo‘lishiga qaramay, mamlakatni Chingizxon boshchiligida ko‘chmanchilar armiyasi tomonidan bosib olinib, vayron etilishi bizga tariximizdagi "qora kunlar"dan, xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga chaqiradi. Uchinchidan, bu kabi seriallar orqali biz ona yurtimiz tuproqlarida tug‘ilgan buyuk ulamoyu-olimlar, sarkardalar, milliy qahrahmonlarga nafaqat o‘zimizda, balki jahon sahnasida ham ega chiqishga imkon bera⁷di. Chunki bir xalqning, davlatning madaniyati, shonli tarixi va qadriyatlarini dunyoga tanitishda kinodadan yaxshi propaganda vositasi yo‘q (Usmonlilar Imperiyasi haqidagi turk seriallari yoki dunyo tarixining katta sahnasida hech qancha o‘rni bo‘lmagan Koreya imperatorlari haqida olingan seriallar natijasi bunga yorqin misol) Qolaversa, buni tezroq amalga oshirmasak, tariximizdagi buyuk shaxslarni bitta-bitta boshqa xalq/davlatlarga berib qo‘yamiz (Masalan, qozoqlar To‘marisni o‘z qahramonlariga aylantirib bo‘lishdi, Ibn Sinoni esa G‘arbda ko‘pchilik eronlik, Al-Xorazmiyni esa arab hisoblaydi)”, Download 10.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling