Ajdodlar qilichi” tarixiy dramasida Turkon Xotun obrazi talqini
Download 53.5 Kb.
|
3981-Article Text-7788-1-10-20220629
Chingizxon
…Sen o‘zingni dunyodagi barcha xotinlar Orasida eng oqila, eng ko‘hli o‘ylab, Erkak zoti bo‘lsin, ayol bo‘lsin - borini Olib tashlagan bir tirnog‘ingcha ko‘rmading. Aslida sen bir ajuza erding takabbur, Sening kibr to‘la ko‘ngling hatto o‘z o‘g‘ling - Shohni badarg‘a etmoqqa ko‘rguzgach mayl, Shahobiddin Muhammad an-Nasaviy.Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mangburni/Matyoqubov tarjimasi.T.: “O‘zbekiston” - “Yozuvchi”, 1999, 92-bet Самандар Э.Жалолиддин Мангуберди.Т.:1999, 35-бет
"SCIENCE AND EDUCATION" SCIENTIFIC JOURNAL / ISSN 2181-0842 JUNE 2022 / VOLUME 3 ISSUE 6 Ko‘rolmagach o‘z burningdan narini ko‘zing, Seni ayollarning zo‘ri debmas, sho‘ri deb, Eng tubani, eng pastkashi deb aytmoq darkor. (Sukut) Sening ila so‘zlashurdin tilim or etur, Bir savolga javob ber: shoh ganji qayondur? Xazinani qayga yashirgansen?3 Ushbu voqea jarayonida dramaturg o‘z yaqinlari halokatiga sababchi bo‘lgan ayol qismatini yaqqol berish uchun bir epizodni keltirib o‘tadi. Bu voqea tarix silsilasida haqiqatan sodir bo‘lgan holat sifatida aytib o‘tilgan. Erkin Samandar esa ushbu voqelikni mohirona tasvirlab, Turkon Xotun yo‘l qo‘ygan zalolatni yanada badiiylashtiradi: Chingizxon Uni itlarga Yediramen! Yo‘q, it undan hazar etgusi. Jajji nabirangning murg‘ak yuragin yulib, It oldiga tashlatamen. ... Turkon Xotun Yolg‘on so‘ylasam, Mayli, meni o‘ldiraqol. Chingizxon Yo‘q, sen o‘lgansen, Tirik bir murdasen nochor, senga pichoq hayf. (navkarlarga) Olib kiring qochoq shohning kenja o‘g’lini! …
Qo‘g‘irchoqday kiyintirilgan yeti-sakkiz yashar bolani - Komronni olib kiradilar. Turkon-xotunning bag‘riga otiladi. Chingizxon Jallod! (jallod kiradi) Bola ko‘ksini yor, bug‘li yuragin It oldiga tashla! Turkon Xotun Falak, mening ko‘ksim yor! Komron Qumrilarga ayting, buvi, tezda kelaman. Самандар Э.Жалолиддин Мангуберди.Т.:1999, 106-бет
"SCIENCE AND EDUCATION" SCIENTIFIC JOURNAL / ISSN 2181-0842 JUNE 2022 / VOLUME 3 ISSUE 6 Jallod bolani ko‘tarib olib chiqadi. Turkon-xotun behush yiqiladi. Uni sudrab olib chiqadilar. Bolaning qattiq yig‘lagani eshitiladi. Beixtiyor Chingiz seskanadi.4 Tarixchilarning yozishicha, oilani, davlatni tanazzulga yetaklagan Turkon Xotun umrining so’nggi lahzalarini xor-zorlikda, misli ko‘rilmagan xo‘rliklarda o‘tkazadi: “Uning asirlikdagi ahvoli nihoyatda og‘ir edi, u Chingizxonning tushlik dasturxoniga bir necha marta borib, nimadir olar, bu ovqat unga bir necha kunga yetib ortardi. Bungacha u qanday edi, uning bir og‘iz so‘zi barcha viloyatlarda so‘zsiz ijro qilinmasmidi! Endi-chi?..”5 “Ajdodlar qilichi” dramasi g‘oyaviy-badiiy jihatdan qimmatli asardir. Uning tub zaminiga, g‘oyaviy yo‘nalishiga diqqat qaratadigan bo‘lsak, unda bir necha liniyani ko‘rishimiz mumkin. Bundan dastlabkisi qadriyatlarning, xususan, oilaviy munosabatlarning nomustahkam bo‘lishi, insoniylik, avvalambor, kichik jamiyatdan - oiladan boshlanmog‘ini, buning aksi bo‘lgan holda bu kichik xato butun millatning, davlatning parchalanib ketishiga olib kelishi mumkinligining ko‘rsatilganidir. Boshqa bir g‘oyasi esa xoinlik, xiyonatkorlik, xudbinlik, boylikka mukkasidan ketish va bir-birini ko‘ra olmaslik oqibatida yuzaga kelgan vaziyatning naqadar ayanchli ekanligi, butun bir xalqni qo‘l ostida jamlab, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi, himoya qilishi kerak bo‘lgan hukmdorning kalta fikrli, uzoqni ko‘ra olmas bo‘lishi yurtni parokanda qilishi tasvirlab berilganidir. Bu asar, ayni shu holat yuzasidan fikr bildirgan adabiyotshunos olim No‘mon Rahimjonov o‘zining adib Erkin Samandar bilan qilgan suhbatida shunday ta’kidlagan edi: “…Shu ma’noda, “Ajdodlar qilichi” da millat boqiyligini ta’minlagan bosh ma’no imon salomatligi, e’tiqod butunligidir. U Vatanga, oilaga bo‘lgan sadoqat-u oqibat singari qirralari bilan jilolanadi. Yurt bo‘linishi mumkin, lekin millat bo‘linmasin. Qaddi-bastlar bukilishi mumkin, lekin qadriyatlar bukilmasin. Qilichlar sinishi mumkin, lekin imon, shaxsiyatlar sinmasin. Bu fojeiy asarning qirralaridir”.6 Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling