Ajdodlar qilichi” tarixiy dramasida Turkon Xotun obrazi talqini


Download 53.5 Kb.
bet1/3
Sana21.02.2023
Hajmi53.5 Kb.
#1219272
  1   2   3
Bog'liq
3981-Article Text-7788-1-10-20220629


"SCIENCE AND EDUCATION" SCIENTIFIC JOURNAL / ISSN 2181-0842 JUNE 2022 / VOLUME 3 ISSUE 6

Ajdodlar qilichi” tarixiy dramasida Turkon Xotun obrazi talqini


Hulkaroy Umrbekovna Sharipova


UrDU
Annotatsiya: Ushbu maqolaning bosh maqsadi - Erkin Samandar qalamiga mansub “Ajdodlar qilichi” dramasi haqida bo‘lib, uning bosh maqsadi asardagi qahramon xarakterini ochish, xususan, tarixiy shaxs hisoblanuvchi Turkon xotun obrazini ham badiiy, ham tarixan tavsiflash, dramaturgning obraz tasviridagi badiiy to‘qima va tarixiy haqiqatni tasvirlash mahoratini tahlil qilishdir.




Kalit so‘zlar: drama, dramaturg, obraz, tarixiy shaxs, qahramon, xarakter
Interpretation of the image of Turkon Khotun in the historical drama “Sword of Ancestors”

Hulkaroy Umrbekovna Sharipova


UrSU
Abstract: The main purpose of this article is about the drama "Sword of Ancestors" by Erkin Samandar. is to analyze the art of depicting the cross and historical truth.




Keywords: drama, playwright, image, historical figure, hero, character
“Ajdodlar qilichi” dramasi bugungi avlodning ajdodlari, xususan, tarixda o‘z xususiyatlariga ko‘ra ma’lum vazifa bajargan, ijtimoiyatdan kelib chiqib, o‘z davrida qandaydir jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan shaxslar haqida hikoya qiluvchi asardir. Dramaturg Erkin Samandar ushbu asarda XIII asrda O‘rta Osiyoga bosqin uyushtirgan mo‘g‘ullar va ularga qarshi mardona kurashgan qahramonlar hayotini, shuningdek, shoh saroyida yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyatlarni tasvirlaydi. Tarixdan ma’lumki, mo‘g‘ullar O‘rta Osiyoga, xususan, Xorazmshohlar davlatiga Sulton Alouddin Muhammad Xorazmshoh hukmronligi davrida kirib kelgan. Bu davrda saroyda hokimiyatni idora qilish ikki shaxs tomonidan amalga oshirilgan. Birinchisi Muhammad Xorazmshoh bo‘lsa, ikkinchisi sultonning onasi Turkon xotundir. Qipchoq urug‘laridan biriga mansub malikalardan bo‘lgan Turkon (Terkan) Xotun saroyda tutgan mavqeyidan unumli foydalangan, ba’zi hollarda sulton maslahatisiz o‘zi qaror qabul qilganligi ham ma’lum. Tarixchi Nasaviyning “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mangburni” asarida keltirilishicha, saroyda Turkon Xotunning



WWW.OPENSCIENCE.UZ 1459



"SCIENCE AND EDUCATION" SCIENTIFIC JOURNAL / ISSN 2181-0842 JUNE 2022 / VOLUME 3 ISSUE 6

devoni ham faoliyat yuritib, Kengash malikaning o‘z urug‘iga mansub bo‘lgan amaldorlardan tarkib topgan. Mazkur kitobda bu haqda shunday yozilgan: “…u (Turkon Xotun) mamlakatda ikkinchi, ehtimol, birinchi shaxs bo‘lgan deyish mumkin. Chunki Muhammadning farmon yoki topshiriqlari onasi tomonidan muhokama qilinmasdan rad qilingan paytlari ham bo‘lgan. Uning o‘z shaxsiy “devon al-insho”si bo‘lganligi ham davlat miqyosidagi ishlarni, masalalarni mustaqil ravishda yechish imkoniga ega ekanligini ko‘rsatadi…”.1 Turkon Xotun o‘z qo‘li ostida deyarli butun hokimiyatni birlashtira olgan bo‘lsa-da, uni aql bilan emas, balki o‘z manfaatlariga bo‘ysundirgan holda idora qilgan. U o‘z urug‘i mavqeyini bosh o‘rinlarga chiqarish uchun shu qadar qattiq turib harakat qilganki, bu yo‘lda u na o‘z o‘g‘lini, va na xalqini ayamagan. Buning bir ko‘rinishini biz Chingiz bosqini arafasidagi mashvaratda ko‘rishimiz mumkin. Bu jarayonni dramaturg tasvirlashda sahna markaziga Muhammad Xorazmshoh, Jaloliddin, Ibn Umar, Turkon Totun, Nizomulmulk, Xo‘ja Badrinni olib chiqadi va ular o‘rtasidagi bahsli holatni ko‘rsatadi. Jaloliddin Manguberdi va olim Ibn Umar to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi, Turkon Xotun, Nizomulmulk, Xo‘ja Badriddin obrazlari davlatni tanazzulga eltuvchilar, Muhammad Xorazmshoh esa arosatda qolgan, ko‘zlari qo‘rquv va hokimiyat bilan bog‘langan shoh timsolida namoyon bo‘ladi. Bu munozara, shubhasiz, salbiy qahramonlar g‘alabasi bilan yakunlanadi (chunki tarixda aynan shunday). Mashvarat so‘ngida esa adib yovuzlik elchilarining qiyofasini ko‘rsatish maqsadida shunday izoh beradi: “Turkon-xotun, Nizomulmulk va Xo‘ja Badriddin bir-birlariga zimdan ma’noli qarashadi. Ibn Umar hayrat va iztirobda, u bir nima demoqchi bo‘ladi, lekin shoh gapirishga yo‘l bermaydi”.2


“Ajdodlar qilichi” tarixiy fojiasida Turkon Xotun obrazining asl qiyofasini ko‘rsatuvchi o‘rin malikaning Chingizga asir tushishi va u bilan bo‘lgan suhbatida namoyon bo‘ladi. Adib tomonidan Turkon Xotun shaxsiyatiga xos xususiyat Chingiz tilidan bayon qilinadi. Quyida asardan ushbu jihatlar yoritilgan parchani to‘liq ko‘rsatishga harakat qilamiz:





Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling