O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTET
Xorazmshohlar malikasi Turkon Xotunning davlatr boshqaruvida tutgan o’rni tarixi yoritilgan asarlarning tahlili
KURS ISHI
Bajardi: Mamatmurodov O.
Qabul qildi: Botirov E.
Toshkent-2023
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….3
I BOB. XORAZMSHOHLAR MALIKASI TURKON XOTUN HAQIDA MA’LUMOT BERUVCHI ASOSIY TARIXIY MANBALAR……………….6
I.1. Shihobiddin Muhammad an-Nasaviyning “Siyrat as-Sulton Jalol ad-din Mankburni” asarida Turkon xotun shaxsiyati va siyosiy nufuzining yoritilishi…………………………………………………………………….6
I.2. Turkon Xotun faoliyati haqida Atomalik Juvayniyning “Tarixi Jahongusho” asarida kelgan ma’lumotlar…………………………………9
II BOB. MALIKA TURKON XOTUN FAOLIYATINING AKS ETTIRUVCHI TADQIQOTLAR………………………………………………12
II.1. Ziyo Buniyatovning “Anushtegin Xorazmshohlar davlati” asarida Turkon xotun haqidagi ma’lumotlar……………………………………….12
II.2. Turkon xotun shaxsiyati haqidagi ma’lumotlar Iso Jabborovning “Buyuk Xorazmshohlar davlati” asarida ……………………………………….......16
XULOSA…………………………………………………………………………20
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR…………………………21
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O`zbekistonning mustaqillik davri taraqqiyoti ijtimoiy-siyosiy hayotimzining barcha sohalarida bo`lgani kabi ilm-fan sohasida ham tarixiy o`zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Qadimiy merosimiz ildizlarini ko`rsatish, o’tmishdagi boy an’analarni, milliy qadriyat va manaviy boyliklarimizni yangi jamiyat qurilishiga tadbiq etish bugungi hayotimizning bosh vazifalaridan biriga aylandi. Tariximizda o`ziga xos iz qoldirgan shaxslardan biri, Turkon xotun haqidagi tarixshunoslik asarlarini tahlil qilish va ushbu ma’lumotlardan turli ilmiy ishlar, maqolalarda foydalanilishiga xissa qo`shish ushbu mavzuning dolzarb jixatlaridan biridir. XII-XIII asrlar O’rta Osiyo siyosiy tarixini qanday g’oya, mafkura va usullar yordamida yoritilganini tahlil va tadqiq etish tarixshunoslik fani uchun juda muhim ahamiyatga ega.Birinchi prezidentrimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Tarix xotirasi xalqning, millatning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy o’zlikni anglash, ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftihorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi”1. Mavzuning davriy chegarasi: Kurs ishi mavzusining davriy chegarasi Turkon xotun yashab o’tgan davr, ya’ni, XII asr o’rtalaridan XIII asrning 30-yillariga qadar bo’lgan tarixiy davrni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |