Xorazmshohlar malikasi Turkon Xotunning davlatr boshqaruvida tutgan o’rni tarixi yoritilgan asarlarning tahlili
Mavzuning o’rganilganlik darajasi
Download 0.49 Mb.
|
Mamatmurodov
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: XX asrdagi atoqli tarixchi olimlardan biri Ziyo Buniyodovning “Anushtagin Xorazmshohlar” asari Markaziy osiyo xalqlari tarixining 140 yillik davrini qamrab oladi. Ushbu asar Xorazmshohlar davlati tashkil topishining 900 yilligi munosabati bilan yaratilgan va u orqali Turkon xotun haqida ham ma’lumot olishimiz mumkin. Anushtegin-Xorazmshoxlar sulolasi va unga oid adabiyotlarda Turkon xotun shaxsining o’rganilishini arab manbalarida ham ko’rishimiz mumkin. Arab tilidagi manbalariga xorazmshohlar davrida yaratilgan manbalar va undan keyingi davrlarda yaratilgan manbalar kiradi. Mazkur manbalarda Xorazmshohlar davlatining iqtisodiy, siyosiy tuzumi, madaniy rivojlanishi, hukmdorlar tarixi, jumladan, Turkon xotun hayotiga oid qimmatli ma’lumotlar ham keladi. Jumladan: Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari, Izzuddin Al-asirning “Al-Komil fit-tarix” asari, Sadriddin Al-Husayniyning “Axbor ad-daulat as-Saljuqiyya” kabi manbalarni kiritishimiz mumkin. XIX asrdan boshlab Rossiya va G’arbiy Yevropalik olimlar, jumladan yurtimiz tadqiqotchilari tomonidan O’rta Osiyoning O’rta asrlar tarixiga oid qo’lyozma asarlarni o’rganishni boshlaganlar. Ular qatoriga: Bosvordning “Musulmon sulolalari tarixi”, “Turklar: O’rta Osiyo turkiy xalqlari tarixidan ma’ruzalar” va “Manbashunoslik bo’yicha tadqiqotlar”, B.B.Bartoldning2 “Mo’g’ullar istilosi davrida Turkiston”, H.Vamberining “Buxoro va Transaksayananing qadimgi davrdan xozirgacha bo’lgan tarixi”, V.V.Radlovning “Turkiy shevalar lug’ati”, V.P.Vasilevning “X-XIII asrlarda O’rta Osiyoning sharqiy qismi tarixi: kidanlar, jurjitlar va mo’g’ullar haqida Xitoy manbalari ma’lumotlari” va boshqalarni qo’shishimiz mumkin. V.V.Grigoryev3 ham bu borada katta ishlarni amalga oshirgan va tarixshunoslik sohasi rivojiga hissa qo’shgan qator tadqiqotlar muallifi hisoblanadi. Ushbu tadqiqotchilar o’z asarlari bilan O’rta Osiyo tarixshunosligiga katta xissa qo’shdilar. Bu tadqiqotchilarning bari sharq tillarini yaxshi bilganlar va ular asosan bir necha darajali manbalar ustida ish olib borganlar va ulardan ko’pchiligi bu sohada birinchilardan bo’lganlar.
Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling