Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishining maqsadi Turkon Xotun va u yashagan davr tarixshunosligini tarixshunoslik fanining eng samarali va so’ngi usullar yordamida ochib berish, bu davr siyosiy hayotiga nisbatan turli davrlarda yashab ijod etgan tarixchilar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tahlil va tadqiq etish vas hu orqali tarixshunoslik fanining rivojiga yanada xissa qo’shishdan iborat. XII-XIII asrlardagi Anushteginiylar tarixning tarixshunosligini yoritib berishda biroz e’tibordan chetda qolgan muammolarni topish va uni tarixchilar e’tiborigahavola etish ishning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Kurs ishining vazifasi: Anushteginiylar, jumladan Turkon xotun hayoti va faoliyatini turli tuzum va jamiyatlar nuqtai-nazaridan yoritilganini o’rganish, turli g’oya va mafkuralarning tarix fani taraqqiyotiga ijobiy va salbiy ta’sirini o’rganish, bu davr tarixshunosligiga katta xissa qo’shgan tadqiqotchilar ishlarini tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: Kurs ishining nazariy ahamiyati shundan iboratki, Turkon Xotun yashagan davr O’rta Osiyo tarixining turli davrlarda turlicha nazariyalarga tayanib yaratilgan tadqiqot ishlarini tahlil qilish orqali tarixshunoslik fani rivojiga oz bo’lsada hissa qo’shish. Kurs ishi mavzusi keying kichik tadqioqtlar, jumladan maqolalar va tezislar uchun muhim nazariy ahamiyatga ega. Amaliy ahamiyati shundan iboratki, tadqiqotlarda qo’lga kiritilgan yutuqlardan oliy o’quv yurtlarining tarixshunoslik va manbashunoslik yo’nalishi talabalari uchun qo’shimcha ma’lumot sifatida xizmat qiladi.
Tadqiqot obyekti va predmeti: Tadqiqotning obektiga O’rta Osiyoning XII-XIII asrlarda yani, Turkon xotun hayotini aks ettirgan barcha birinchi darajali manbalar hamda shu ushbu davrda yashagan tarixchilarning voqea va hodisaga yondoshuvlari, mavzuga oid turli hududlar va turlicha davrlarda yaratilgan barcha tadqiqot ishlari.
Tadqiqot metodlari: Mavzu tadqiqotini olib borishda tarixiy voqea-hodisaga obektivlik, tarixiylik, mantiqiylik, analiz va sintezlash, xronologik, milliylik hamda umuminsoniylik tamoyillari, milliy istiqlol g’oyasiga tayanishga alohida e’tibor berildi. Innovatsion ta‘lim metodlari, hamkorlikda o’qitish, loyihalash, muammoli ta‘lim, o’yin texnologiyalaridan hamda ular tarkibida qo’llaniladigan interaktiv metodlardan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |