Xorazmshohlar malikasi Turkon Xotunning davlatr boshqaruvida tutgan o’rni tarixi yoritilgan asarlarning tahlili


II.1. Ziyo Buniyatovning Anushtegin Xorazmshohlar davlati asarida Turkon xotun haqidagi ma’lumotlar


Download 0.49 Mb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1535348
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mamatmurodov

II.1. Ziyo Buniyatovning Anushtegin Xorazmshohlar davlati asarida Turkon xotun haqidagi ma’lumotlar
XX asrdagi atoqli tarixchi olimlardan biri, akademik Ziyo Buniyodovning qalamiga mansub ushbu kitob Markaziy Osiyo xalqlari tarixining 140 yillik davrini ya’ni, 1097-1231-yillarni qamrab oladi. Movoraunnahrda vujudga kelib, Buyuk Saljuqiylar davlatini va Bag’dod xalifaligini larzaga solgan, bosqinchi qoraxitoylar davlatini tor-mor keltirgan, so’ngi g’aznaviylarni ham o’ziga bo’ysundirgan, markazi Xorazm bo’lgan qudratli davlatimiz tarixi, siyosiy-iqtisodiy tuzumi, yuksak madaniyati bu kitobda ishonchli, asl manbalar asosida yoritib beriladi. MAzkur noyob kitob bizning tariximiz haqida bo’lib, uni o’zbekchada nashr ettirish vatanparvar ziyolilar va yoshlarning orzusi bo’lib kelgan edi. Va bu kitob Xorazmshohlar davlati tashkil topganining 900 yilligi munosabati bilan nashr ettirilgan11.
“Alovuddin Muhammad qoraxitoylar bilan muvaffaqiyatli kurashib, g`alaba qozongandan so`ng, o`zini “Ikkinchi Iskandar” deb e’lon qiladi. Ayrim ma’lumotlarga ko`ra, shohga tobe bo`lgan yigirma yettida mamlakatning hokimlari yoki bu mamlakatlarning garov tarzida yuborilgan o`g`illari Muhammadning saroyi qoshida tilla nog`ora chalganlar. Shunday bo`lsada, feodal monarxiyaga xos ichki ziddiyatlar, ayniqsa, saroydagi va uning atrofidagi nizolar bu yerda ham mavjud edi. Mo`g`ullar istilosi arafasida Xorazmda aslida ikki hokimyatchilik ya’ni diarxiya hukm surayotgan edi. Butun mamlakatda hukmdor sulton Alovuddin Muhammad hisoblansada, ichki va tashqi siyosatni olib borishda ikkinchi hokim shohning onasi Turkon xotun hisoblangan. Aslida Xorazmshoh onasining to’liq itoatida edi”12.
Xorazmshoh hattoki ayrim masalalarni hal qilishda birinchi bo`lgan, sultonning bazi farmon va buyruqlarini inkor etgan va o`z nomidan farmonlar chiqarib, istagan masalani hal qilish qudratiga ega bo`lgan. Shoh hech vaqt e’tiroz bildirmagan, chunki bir tomondan ona hurmati, ikkinchitomondan Turkon xotun tarafdorlari uning urug`idan chiqqan turk amirlari ko`pchilikni tashkil etgan. Zamondoshlarining ta’rificha, Turkon xotun “Xudovandi-jahon”, yani “Jahon hokimi”, deb nom qozongan, farmon chiqara olgan, o`zining tug`rusi-muxriga ega bo`lgan. Uni “Ismat ad-dunyo va ad-din ulug` Turkon Malika niso al-alamiyn”, yani “Ulug` Turkon dunyo va dinning homiysi, ikki dunyodagiayollarning malikasi”, deb ulug`laganlar. U o`ziga “Faqat Alloh mening madadkorim”, degan so`zlarni shior qilib olgan. Turkon xotun poytaxy Urganchda istiqomat qilgan, o`zining maxsus ko`shki va ikkita mulkiga ega bo`lgan, shoh o`g`li esa Samarqandga ko`chib, shu yerda istiqomat qilgan. Malika faqatgina sulton ustidan hukmronlik qilibgina qolmay, balki moliya masalalariga ham aralashib xo`jayinlik qilgan, oliy amirlar va amaldorlarga hukmini o`tkazgan. Turkon xotun xatto taxt merosxo`rini ham o`zi belgilagan. Bunday holatlar, shubhasiz, Xorazm davlatini kuchsizlantirib, uni inqirozli vaziyatga olib kirgan13.
Xorazm hukmdorining katta xatosi Chingizxon tomonidan savdo-sotiq masalalarida ittifoq uchun cho`zilgan qo`lni rad qilishi edi. U mo`g`ul podshosi bilan dastlabki paytlarda yaxshi munosabatda bo`lib, o`zaro elchi va savdogarlar, qiymati yuqori sovg`a salomlar almashishgan. Ammo 1218-yilning oxirlaridan boshlab aloqalar buzila boshlaydi, Xorazm lashkarlari va mo`g`ul otryadlari orasida birinchi harbiy to`qnashuv yuz beradi. Merkitlargaqarshi urushga chiqqan Chingizning o`g`li Jo`ji lashkarlar. Turkon xotun asli “qang`li” nomi berilgan turk qabilasidan edi. Bu qabilaga mansublar Turkon tomonidan doimo himoya qilinar va boshqaruvda so‘z sohibi edilar. “Ajamiylar” ham deyilgan bu odamlar qo`pol tabiatli va marhamatsiz edilar. Ular qayerga borsalar, o`sha yerni xarob qilardilar, xalq ularni ko`rgan paytda qochishga yo`l izlardi. Ularning xalqqa ravo ko`rganlari bu aziyat va zulm, Sulton davlati asoslarini shiddatli tarzda larzaga keltirgan muhim omillardan biri edi14.
Sulton Muhammadning farmoni onasi tomonidan muhokama qilinmasdan rad etilgan paytlar ham ko`p bo‘lgan. Uning o’z shaxsiy “devon al-insho”si bo`lgan va mamlakat ishlarini mustaqil hal qilgan. Juvayniyning aytishicha, Turkon Xotun Gurganch (Urganch)ni o`ziga poytaxt qilib tanlagan edi. Uning o`z saroyi, o`z mulki bor edi. Turkon xotunning alohida bir saroyi, o`g`liga bog`liq bir davlat arkoni, o`ziga xos mol-mulk va yerlari bor edi. Bulardan tashqari, uning so`zi Sulton va uning yaqinlari tomonidan tinglanar, Sulton xazinasini u xohlaganicha sarflay olardi. Turkon xotunning tez-tez yashirin vaqtichog`lik ziyofatlar tashkil qilganligini aytadilar. Shu bilan birga, u davlat sohibi bo`lgan bir qancha xonadonga mansub shaxslarni yo`q qildirgan edi. Yangi bir mamlakat fath etilganidan so`ng u yerning boshqaruvchilari garov sifatida Xorazmga keltirilgan paytda Turkon xotun ulardan o`g`liga biror aziyat yetmasin, deb ularning hammasini o`ldirtirib, daryoga otib yuboradi. Sulton onasi va haramini Mozandaronga olib ketib (mo`g`ullar hujumi davri haqida gap ketmoqda), u yerning qal’asiga bekitish uchun Xorazmga odamlarini yubordi15.
Turkon xotun o`g`lining buyrug`iga ko`ra harakat qildi. Sulton oilasi va haramini olib ketayotganida askarlarni Xorazmda qoldirishdi. Harakat paytida asir qilib olingan turli mamlakatlarning podshohlarini buyruq bilan, Jayhun daryosiga cho`ktirib yuborganidan so`ng bolalari, nevaralari, yaqinlari va xazinasi bilan vazir Nosiriddinning kuzatuvida Dehiston ustidan Mozandaronga tomon harakat qildi. Mozandaronga kelgan Sulton u yerni ham ishonchli deb hisoblamay Turkon va boshqa haram a’zolarini Lorijon (Tehrondan 50 mil shimoli sharqdagi nohiya) va Ilol (Tejen irmog‘idagi hudud) qal’asiga yubordi. Sulton ketidan ta’qib qilib Mozandaronga kelgan Subutoy eslatilgan qal’alarni qamal qilish uchun askar chaqirdi. Taqdirni qarangki, yomg‘ir bulutlari o‘z yuklarini ustiga to`kkan va o`sha paytgacha hech kim suv tanqisligini ko`rmagan Ilol qal’asi qurshovga olingan vaqtda yomg`ir ham ularga dushmanlik qilib, yog`may qo`ydi. O`n besh kundan so`ng suv tugagach, og`ir ahvolda qolgan Turkon xotun boshqa haram a’zolari bilan va vazir Nosiriddin bilan pastga tushdi. Ular qal’aning tubiga borgan vaqtda ob-havo yuzini norozi ohangda bujmaytirib, qovog`ini osib, yashin ustiga yashin chaqib yig`lay boshladi. Mo`g`ul askarlari Turkon xotunni o`g`illari, qizlari va Nosiriddin bilan birga Toliqonda turgan Chingizxon yoniga olib bordilar.1221–1222-yili Chingizxon buyrug`iga ko`ra, Nosiriddinni qiynab o`ldirdilar16. Sultonning o`g`il farzandlaridan birontasini ham tirik qoldirmadi. Tirik qolgan Turkon, Sultonning qizlari, singillari va ayollariga Chingizxon buyrug`i bilan Sultondan va uning mamlakatidan ayrilgani uchun dod-faryod qilib, yig`latdilar. Chingizxonning “Yasoq” qonunida ayollarni o`ldirish taqiqlangan, chunki ular kim bo`lishidan qat`iy nazar, insoniyatni davom ettiruvchilar, deb hisoblangan. Qoraqurum (Chingizxon davlati poytaxti) ga olib ketilgan Turkon xotun u yerda bir necha yil baxtsiz hayot kechirdi va 1233-yilda vafot etdi. Chingizxon uning qizlaridan ikkitasini Chig`atoyga taqdim qildi. Chig`atoy ularning birini o`zining cho`risi qilib, boshqa birini esa vaziri Qutbiddin Habash Amidga berdi. Boshqa shahzodalar chekiga tushgan qizlaridan birini Amid hojibga berdilar17.
Turkon xotun 1220-yili Ilol qalʼasida mo`g`ullarga asir tushadi va xizmatkorlari bilan birgalikda Toliqonda turgan Chingizxon huzuriga yetkaziladi. Asirlar safida bo`lgan vazir Malik Nosiruddin Hazoraspiy qattiq qiynoklarga solinadi va sultonning farzandlari qatori qatl etiladi. Mo`g`uliston tomon otlangan Chingizxon bir necha kun Samarqandda to`xtashga qaror qiladi hamda Turkon xotun va sultonning omon qolgan xotinlariga xorazmshoxlar saltanati uchun aza ochish, ya`ni mo`g`ul askarlari oldiga chiqib baland ovoz bilan yig`lashni buyuradi. Chingizxon ko`rsatmasiga binoan, Qoraqurumga keltirilgan Turkon xotun qashshoqlikda umr kechiradi va shu yerda vafot etadi18.
Anushteginiy Xorazmshohlar davlati (1097-1231) nafaqat Xorazm, balki Dashti Qipchoqning janubi, Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo, Yaqin va O`rta Sharq davlatlarini birlashtirgan buyuk saltanat bo`lgan. Xorazmshoh Takesh qipchoqlar bilan ittifoqqa kirib, ularni o`ziga ogʻdirish niyatida qipchoq xoni Jonkishining qizi Turkon Xotunga uylanadi. Bayot urug`idan boʻlgan Turkon Xotun Xorazmga turk qabilalari (uraniylar, qarluqlar, ug`roqlar, xalaj qabilalari)ni olib keladi va ularning qudratli homiysiga aylanadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling