Xorazmshohlar malikasi Turkon Xotunning davlatr boshqaruvida tutgan o’rni tarixi yoritilgan asarlarning tahlili
II.2. Turkon xotun shaxsiyati haqidagi ma’lumotlar Iso Jabborovning “Buyuk Xorazmshohlar davlati” asarida
Download 0.49 Mb.
|
Mamatmurodov
II.2. Turkon xotun shaxsiyati haqidagi ma’lumotlar Iso Jabborovning “Buyuk Xorazmshohlar davlati” asarida
Har bir xalq o’zining o’tmishini bilishga intiladi, boy tarixiy merosi va unutilmas sanalari, buyuk siymolari va jasur sarkardalari bilan g’ururlanadi. Iso Jabborov yaratgan ushbu asar ham aynan shu tarixiy davr hamda uning mashxur siymolari va voqealarini o’zining Buyuk |Xorazmshohlar davlati-qadimiy tarix sahifalari asarida yoritib beradi. |Asar Sharq nashriyotida 1999-yilda nashr etilgan va undan quyidagi ma’lumotlarni kurs ishida keltirib o’tamiz: Hijriy 596-yil 20-shavvol (1200 yil 3 avgust)da Gurganj aholisi, davlat ayonlari va amirlari ishtirokida Xorazmshohlar davlati taxtiga Takish va Turkon Xotun o`g`li Qutbiddin Muhammad o`tirdi va u otasining Alouddin laqabini qabul qildi. Keyinroq esa Sanjar ikkinchi nomini oldi. Manbalarda asosan Turkon Xotun haqida quyidagicha tavsif qoldirgan: “Yuqorida aytib oʻtilgan Turkon Xotun Bayavut toifasidan bo`lib, yemak urug`ining shoxobchasidandir. Qachonki, uning mavqei mustahkamlangandan so`ng «Xudovandi Jahon”, yaʼni butun dunyo hukmdori laqabini olgan edi. U turkiy hukmdorlardan Jonkishining qizi bo`lib, El-Arslonning o`g`li Takish unga uylanadi. Takish o`lgandan so`ng davlat tepasiga kelgan o`g`li Alouddin Muhammad Xorazmshoh davrida onasi Turkon Xotunning obrusi ko`tarilib, davlat ishlarini ham boshqargan”. Hatto Xorazmshoh Muhammad mastligida onasi Turkon Xotunning xiyonati tufayli shayx Najmiddin Kubroning shogirdi shayx Majididdin Bag`dodiyni qatl qilish haqida farmon ham beradi. Bag`dodiyning qatl qildirilishi din ulamolarini Muhammaddan ixlosini qaytargan edi. Turkon Xotunning bunday nodonligi Xorazmshohlar davlatiga sonsiz kulfatlar keltirdi19. Nasaviyning guvohlik berishicha, makkor Turkon Xotun o`g`liga shu daraja o`z ta`sirini o`tkazganki, natijada Xorazmshoh Muhammad mamlakat ichkarisidagina emas, balki xalqaro maydonda ham Xorazmning yagona hukmdori sifatidagi rolini boy berdi. Bundan tashqari, katta qudratga ega bo`lgan sarkardalarining ko`pchiligi qipchoqlardan bo`lgani bois, hukmdor onasiga yon berishga majbur edi. “Agar malikadan va sultondan bir ish haqida ikkita ko`rsatma kelsa, u holda ularning sanasiga qarar edilar va barcha mamlakatlarda keyingi sanaga amal qilardilar...”. Turkon Xotun “Jahon hokimi” laqabiga ham ega edi, uning farmonlaridagi shaxsiy muhri — tug`risida: “Ismat ud-dunyo vad-din Ulug` Turkon malika niso al-olamiyn” (Dunyo va uning pokdomoni, Ulug` Turkon, olam ayollarining malikasi) deb bitilgan edi. U “Iʼtasamtu billahi” - “Faqat Allohdan himoya kutaman” deyilgan soʻzlarni bosh shior qilib olgan. U o`z shiorini o`g`li shiorining yoniga qo`yar edi20. Xorazmshohlar davlatida mo`g`ullar bosqini arafasida bir mamlakatda ikkita paytaxt - Gurganj va Samarqand, ikkita hukmdor - Turkon Xotun va Xorazmshoh Alouddin Muhammad bor edi.Gurganj shahrida Turkon Xotunning qarindoshlaridan sultonning turkiy qo`shiniga tegishli nufuzli ayonlargina boshliq oʻrnida edilar, jumladan, Xumor Ag`u - hojib sipohsolor (lashkarboshi), Buka Pahlavon, Ali Margʻini va boshqalar. Xorazmshoh 1216 yilda onasining shayxini qatl qildirgandi. Ona-oʻgʻil raqobati davlatni ich-ichidan nuratmoqda edi. Sultonning xalifa nomini xutbada zikr etmaslik toʻgʻrisidagi farmoniga faqat Marv, Balx, Buxoro va Saraxsda amal qilinar, Samarqand, Hirot va Xorazmda esa aksincha edi21. Mahalliy anʼanalarning kuchli ekanligi, Turkon Xotunning va uning taʼsiri ostidagi xonlar va ulamolarning Sulton Muhammad hukmronligi davrida davlatchiliqda oʻziga xos ikki hokimiyatchilikning yuzaga kelishida saljuqiylarning bosh vaziri mashhur Nizomul-mulk (1018-1092) ishora etganidek, “Qachonki podshohlik ishi ayollar va goʻdaklar qoʻliga oʻtsa, bilginki, podshohlik oʻsha xonadonni tark etgay”22. Amirlar, harbiylar iloji boricha oʻz mavqelarini qanday boʻlmasin mustahkamlab borishga harakat qilganlar. Xorazm poytaxtini qamal etgan Chingizxon lash-karlari turli nayranglar bilan shohning onasi Turkon Xotunni taslim boʻlishini talab qilishgan. Urganjdagi qoʻshin va aholisi mudofaa kuchiga ega boʻlsa-da, Turkon Xotun Vatanni dushmanga. tashlab qochgan o`g`li Muhammaddan keyin vahimaga tushadi. Samarqand taslim bo`lgandan so`ng, Chingizxon Xorazmshohning qo`shin to`plab, qarshilik ko`rsatishiga yo`l bermaslik va o`zini qoʻlga tushirish maqsadida, sarkardalari Jebe noʻyon va Subedey noʻyonni taxminan 20 minglik qoʻshin bilan Sulton ketidan joʻnatdi. Moʻgʻullarning taʼqibiga uchragan Xorazmshoh Xuroson va Eron orqali oʻtib Kaspiy dengazidagi orollardan biriga kelib qoladi. Bor-budidan mosuvo boʻlib, gʻam-alam ostida ogʻir kasallikka chalingan Sulton Alouddin onasi Turkon Xotunning moʻgʻullarga asir tushganini eshitib valiahd tayinlash borasida burungi farmonini bekor qilib, Jaloliddinni taxt vorisi deb eʼlon qilgan edi23. 1220 yili Xorazm moʻgʻullar tomonidan istilo qilingach, Sulton Alouddin Xazar dengizidagi Abiskin orollaridan biriga qochishga majbur boʻldi. Shoh xotinlari va farzandlari xazinadagi boyliklar va boshqa qimmatbaho buyumlarini olib shaharni tark etadi. Berahm malika esa shaharda qolgan barcha sultonlar, hokimlar va ularning oʻgʻillarini, jami 26 kishini qatl qildirgan, yaʼni Amudaryoga choʻktirgan. Bunday sharmandalik Turkon Xotundan koʻp tarafdorlarini yuz oʻgirtirgan. U faqat oʻz xizmatkorlari, vazir Muhammad Solih hamda yoʻl koʻrsatuvchi Umarxon hamrohligida qochib ketgan. Noshukr malika Ilol shahri Mozandaronga yetgach, yoʻlboshlovchini ham qatl qildiradi. Chingiz lashkarlari Turkon Xotun izidan borib, Ilol shahrini qamal qilib, koʻp oʻtmay uni ham bosib oladi. Malika Xorazmshohning butun harami, bolalari bilan asirga tushadi. Moʻgʻullar shoh bolalarini oʻldirib, haram ayollarini xotin qilib oladilar, Turkon Xotun esa Chingizxon qarorgohiga joʻnatiladi. Turkon Xotunning asirlikdagi ahvoli juda ayanchli edi, u Chingizxonning dasturxonida qolgan sarqiti bilan ovqatlanardi. Bir paytlar har qanday farmoyishi darhol bajarilgan malikai jahon Turkon Xotun 1233 yili xoru zorlikda vafot etadi. Xorazmshoh Takashning eng katta xatolaridan biri bu o’z xotini mansub bo’lgan qipchoqlar urug’iga katta erkinliklar bergani edi.Ularni doim hukmdor sifatida qo’llab-quvvatladi.Natijada, Turkon xotunning mamlakat ichki ishlariga aralashuvi Xorazmshohlar davlatida ichki nizo va inqirozli holatni yanada kuchaytirgan omilllardan biri bo’ldi. Takashning o’limidan keyin taxtga uning o’g’li Alovuddin Muhammad o’tiradi (1200-1220).1203-yilda Alovuddin Muhammad qoraxitoylar ko’magi bilan Xurosonni to’liq egallab oldi.Qator katta-katta hududlarda o’z hokimyatini o’rnatishda davom etdi.Natijada, Alovuddin Muhammad davrida Xorazmshohlar saltanati hududi benihoya kattalashdi24. Sulton onasi bo’lmish, o’ziga “Xudovandayi-jahon, dunyo va din sahovatpeshvosi Ulug’ Turkon-ikki dunyo ayollari malikasi (Ismat ad-dunyo va ad-din Ulug’ Turkon) kabi unvonlarni qabul qilib olgan Turkon Xotun qipchoq xoni Jonkishning qizi edi va davlatdagi siyosiy nufuzidan kelib chiqib, o’g’li Alovuddin Muhammadning harbiy yurishlari zafarli bo’lishini ta’minlab turdi.Xorazmshoh Turkon xotun qo’llab-quvvatlashi va harbiy ko’magi natijasida o’z hokimyatini mustahkamlab olishga, zafarli yurishlar qilishga muvaffaq bo’lgan. Misol tariqasida:1203-yilda G’ur davlati, 1204-yilda Hirot, 1207-yilda Buxoro hududlarini qo’lga kiritgan25. Xulosa Xorazmshohlar davlati tarixiga oid yozma meroslarda o’zbek xalqining davlatchiligi tarixi masalalari keng yoritilgani bizga ma’lum.Uch ming yillik davlatchilik an’analariga ega bo’lgan xalqimiz o’tmishini turli til va davrlarda bitilgan yozma manbalar orqali o’rganilishi manbashunos olimlar va tarixchilarning muhim ilmiy yo’nalishlarini tashkil qiladi. Xorazmda bitilgan tarixiy yozma manbalar o’rta asrlar va yangi davrda yaratilgan bo’lib, ular fors, arab va turkiy tillarda bizgacha yetib kelgan. Davr o’tishi bilan ko’pgina manbalar yo’qolib ketgani ham ma’lum. Shu davrlarda yozilgan manbalar 1097-yildan, ya’ni Xorazmshoh - Anushteginlar davlatining tashkil topishidan to 1231-yilgacha bo’lgan davrni, yani Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi vafotigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Mazkur tadqiqotda Xorazm vohasida yaratilgan shu yozma manbalardagi faqat Xorazmshoh-Anushteginlar davlatida yuksak siyosiy nufuzga ega bo’lgan ayollardan biri malika Turkon Xotun masalasiga ahamiyat berildi. Mavzuning tarixshunosligi va manbashunosligiga bag’ishlangan adabiyotlar va tadqiqotlar mingdan ham ko’pdir. Ushbu kurs ishida esa Xorazm tarixi Anushteginiylar malikasi Turkon Xotun mavzusi doirasida atroflicha o’rganildi hamda shaxsiy fikr-mulohazalar ham berib borildi.Kurs ishi mavzusini tarixiy manba va tarixshunoslik asarlaridan foydalangan holda yoritar ekanmiz, xulosa sifatida aytishimiz kerak bo’lgan jihatlardan eng avvalgisi bu, Turkon Xotun xorazmshohlar davlat boshqaruvi va davlat tarixiga oid manba va asarlarning katta qismida asosan, davlatning inqirozi bosh sababchilaridan biri sifatida qarab kelingan. Turkon Xotun aralashuvi natijasida Xorazmshoh Alovuddin Muhammad va undan keyin anushteginiylar sulolasi shahzodalari orasiga o’zaro nizo tushadi deya yoritiladi manbalarda. Ammo masalaning yana boshqa tomoni ham borki, malika Turkon xotun o’z navbatida davlat rivoji va sarhadlari kengayishiga ham xissa qo’shganini inkor qilib bo’lmaydi. O’z siyosiy nufuzi orqali hamda onalik mehri bilan o’g’lining ko’nglidan ijobiy o’rin egallab turgani, Xorazmshoh o’z onasini nihoyatta hurmat qilgani haqida ma’lumotlarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling